Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning o`ziga xos xususiyatlari


Download 0.58 Mb.
bet41/42
Sana03.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1153692
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
makro yakuniy javoblar

Bozor infrastrukturasi
Infrastruktura (lot. infra — quyi, asos, structura — tuzilish, o’zaro joylashuv), milliy
xo’jalik ishlab chiqarish tarmoqlari va sotsial sferaning umumiy sharoitini ta’minlash uchun
xizmat qiladigan sohalar kompleksini ifodalaydi.
Bozor infrastrukturasi: milliy xo’jalik infrastrukturasining muhim qismi bo’lib, o’ziga
xos xususiyatlarga ega. Bozor infrastrukturasi turli-tuman bozor sub’ektlari o’rtasida
ayirboshlash munosabatlarini normal amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Bozor infrastrukturasi ham murakkab tuzilishga ega. Ayrim soha, tuzilma, muassasalar,
tashkilot va xizmatlar faqatgina alohida turdagi bozorlarda ayirboshlashni normal bo’lishini
ta’minlashga xizmat qilsa (masalan, tovar birjalari, savdo uylari, auktsion kabilar tovarlar bozori
uchun mehnat birjalari mehnat bozori, fond birjalari qimmatbaho qog’ozlar bozoriga), boshqalari
barcha bozorlar turiga (chunonchi, reklama va boshqalar) xizmat qiladi.
Uchinchi turdagilari ishlab chiqarish, sotsial va qishloq xo’jaligi infrastrukturasiga ham
taalluqli. Bularga umumiy tarzda xizmat qiluvchi sektorlar (yo’l, transport, energetika, suv
ta’minoti, aloqa tizimi va boshqalar) kiradi.
Bozor infrastrukturasi — inson aql-zakovati bilan sinab ko’rishlar va xatoliklar usuli
orqali dunyoga keltirilgan, muttasil rivojlanib boradigan va o’zining murakkabligi bilan olimlar,
davlat arboblari va amaldorlar, tadbirkorlar va barcha fuqarolarning favqulodda e’tiboriga
muhtoj bo’ladigan ulkan tizimdirki, u inson mahsulot va xizmatlar iste’molchisi sifatida duch
keladigan deyarli barcha sohalarni qamrab oladi. Har birimiz iste’molchilar sifatida bu sohalarni
yaxshilanishidan manfaaatdormiz.
Bozor infrastrukturasi tovarlar va xizmatlar harakatini tartibga solishda qatnashadi.
Bozor infrastrukturasi turli tuzilmalar orqali kishilarning vaqtini tejaydi. Bozor
iqtisodiyotida «Vaqt-pul» bo’ladiki, o’zi shug’ullanib vaqtini ketkazmaslik uchun yakka tartibda
ko’rsatiladigan xizmatdan foydalanishni afzal biladilar.
Infrastrukturaning maqsadi — to’lovga qobil talab qilingan sharoitlarda o’zaro yon
berishlar asosida savdo-sotiq ishtirokchilari foydasini kuchaytirishdan iborat.
Infrastruktura «hazrati oliylari» — talabga bo’ysunadi, unga har tomonlama monand
bo’lishga intiladi.
Iste’mol ehtiyojining cheklanishi infrastruktura bo’g’inlarini bozor qoidalariga binoan
«raqsga tushishga» majbur qiladi, raqobatni kuchaytiradi, unga madaniy tus bag’ishlaydi.
Infrastruktura qanchalik rivojlangan bo’lsa, bozor o’yini qoidalarini buzish qiyinroq bo’la
boradi.
Albatta, infrastruktura tuzilmalari turli xizmatlar ko’rsatgani uchun xarajatlarni qoplashi,
foyda olish, soliqlar to’lashi kerak. Bu so’zsiz tovarlar va xizmatlar narxini ortishiga sabab
bo’ladi. Lekin o’z maqsadlariga erishish uchun:
— o’z ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirib boradi;
— bozordagi vaziyatdan kelib chiqib, ishlab chiqarishga bozor talabini etkazish orqali
ishlab chiqarish qoidalarini joriy tartibga solinishi ta’minlanadi;
— tovarlarni bozor narxini belgilaydi, shu maqsadda birja mexanizmidan foydalaniladi;
— tovarlar va xizmatlar bozorida marketing asosida buyurtmachi rolini bajarib, barcha
iste’molchilar nomidan ish olib boriladi.
Infrastrukturaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1.Qishloq xo’jaligi mahsulotlari bo’yicha: qabul qilish, yuvib-tozalash, quritish, saralash,
ajratish, qadoqlash, o’rash, paketlash, konteynerlash, saqlash, to’plash, sovitish va
iste’molchilarga bir maromda etkazib berish.
2.Sanoat mahsuloti bo’yicha: qabul qilish, o’rash, paketlash, saqlash, talabga binoan
iste’mol uchun etkazib berish.
3.Barcha turdagi mahsulotlar bo’yicha ulgurji iste’molchilarga etkazib berish uchun
tovarlarni to’plash va aksincha, katta turkumdagi tovarni chakana iste’molchilarga talabga
binoan etkazib berish uchun kichik turkumlarga bo’lish.
4.Qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtiruvchilar va qishloq xo’jalik xom ashyosini qayta
ishlovchilarning avans olishlarini ta’minlovchi f’yuchers va forvard bitishuvlari asosida
mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish.
5.Umumdavlat va regional miqyosda ishchi kuchiga talab va taklifni o’rganish va ishchi
kuchini qayta tayyorlash, ishsizlik nafaqalarini berish.
6.Tadbirkorlarni o’qitish, ishsizlarni, xususiy biznes shart-nomalarini ro’yxatga olish.
7.Tadbirkorlik faoliyatini kreditlash.
8.Tadbirkorlik — tavakkalchilikni (xatarni) sug’urtalash.
9.Tovar tashishni ta’minlash.
10.Tadbirkorlar manfaatini huquqiy himoyalash.
11.Tadbirkorlar ehtiyojiga konsalting, injiniring, auditor, loyiha-smeta va boshqa
xizmatlarni ko’rsatish va boshqalar.
Infrastruktura tarkibiga: chakana va ulgurji savdoni ta’minlovchi savdo shoxobchalari,
auktsion, tijorat do’konlari, dehqon bozorlari, tijorat-vositachi markazlari, savdo-sanoat
palatalari, savdo uylari, yarmarka pavilonlari ko’rgazmalari, tovar birjalari va boshqalar kiradi.
Bundan tashqari, davlat tashkilotlari: davlat soliq inspektsiyalari, davlat kontrakt sistemasi
antimonopol qo’mitasi, baholarni nazorat qiluvchi inspektsiya, davlat sug’urta xizmati va
boshqalar kiradi.


  1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat byudjeti


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling