Swot tahlili Mavzu: Bozor segmentatsiyasi S
Download 15.28 Kb.
|
Swot tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- W(weaknesses-zaif tomoni)
- O(opportunities-imkoniyati)
- T(threats-xavflar)
Swot tahlili Mavzu: Bozor segmentatsiyasi S(strengths-kuchli tomoni) – bozor segmentlashtirish ya’ni katta bozorni iste’molchilarning ayrim umumiy tavsifga, o’zini tutish turiga, so’rovlar va ehtiyojlarga ega bo’lgan o’ziga xos xususiyatli maydaroq, individual yoki institutsional guruhlarga bo’lib o’rganish natijasida ishlab chiqaruvchining tovarlarni sotish jarayonlari tezlashib, kompanya daromadlari oshadi. Segmentlashtirish jarayonida bozor segmentlari orasidan qaysi guruhlarning talabi qanchalik yuqori yoki qaysi guruhning talabi serdaromad bo’lishi mumkinligini aniqlashga xizmat qiladi. Bu orqali ishlab chiqaruvchi kompanya o’zi uchun maqbul bo’lgan guruh yoki bir nechta segmentlarning talabini qondirishni yo’lga q’yib oladi W(weaknesses-zaif tomoni) – yuqorida aytilganidek bozorni ayrim guruhlarga bo’lib o’rganish natijasida serdaromad yoki talabi yuqoriroq guruhlarni talabini qondirishga katta e’tibor berilib yuborilishi yoki raqobatdosh kompanyalarning barchasi ayni bir yoki bir nechta guruhlarga e’tibor qaratishi natijasida qolgan gurhlardagi istemolchilar talablari qondirilmay qolishi mumkin. Bora bora bu sohaga davlatning aralashuvi taqazo qilinadi. Davlat esa bu sohani qo’llab quvvatlash uchun ijtimoiy dasturlar, imtiyozli kreditlar yoki soliq imtiyozlarini berishga majbur bo’ladi. O(opportunities-imkoniyati) – ishlab chiqaruvchi kompanyalarga segmentlashtirish jarayoni marketing jarayonini puxta olib borishga xizmat qiladi. Kompayaga faqatgina ishlab chiqarilgan maxsulotlarni kimga va qanday qilib sotishni emas, balki kim uchun qanday turdagi maxsulotlarni ishlab chiqarish zarur, kimning nimaga ehtiyoji bor degan masalani ham yechishga yordam beradi. Shuningdek endi bozorga kirib kelayotgan ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi subektlar uchun segmentlashtirish jarayoni eng foydali bo’lgan joylashuvni tanlashga yordam beradi. Bu esa ishlab chiqaruvchiga yetkazib berish yoki tashish bilan bogliq xarajatlarni kamaytirishi va natijada daromadlarni oshirib olishiga xizmat qiladi. T(threats-xavflar) – bozorni o’rganayotgan ishlab chiqarish subektlarining barchasi serdaromad bo’lgan segmentlarga e’tiborini qaratish tabiiy hol albatta. Biroq serdaromad bo’lgan guruhlar yoki aholi qatlamlari uchun kurash ya’ni ularning talabidagi maxsulotlarni ishlab chiqarishga haddan ziyod e’tibor qaratilishi natijasida qolgan turdagi maxsulotlar ishlab chiqarilishi qisqarishi yoki butunlay toxtab qolishi mumkin. Bu esa ishlab chiqarish kompanyasiga serdaromad tuyulmagan aholi qatlamlarining talablari qondirilmay qolishiga olib keladi. Bundan tashqari raqobatdosh kompanyalarning segmenlashtirish jarayonida bir turdagi guruh uchun kurash avjiga chiqib ketishi natijasida o’sha guruhning talabidagi maxsulotlar narxida pasayish kuzatilishi mumkin. Bunga sabab o’sha turdagi maxsulotning ko’payib ketishi yoki raqobatning o’z ta’sirini o’tkazishidir. O’z navbatida narxlarda pasayishning kuzatilishi kompanya daromadlarining kutilganidan kamayishiga olib keladi yoki raqobatda yengib chiqolmagan kompanyalarning inqirozi ham kuzatilishi mumkin. Download 15.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling