Operatsion sistemani tashkil etuvchi dasturlar va qobiq-dasturlar


Download 276 Kb.
bet1/6
Sana28.12.2022
Hajmi276 Kb.
#1070221
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8 11-dars

  • Informatika-8
  • Operatsion sistemalar kompyuter dasturlari orasida eng murakkabi bo‘libgina qolmay, ular kompyuterni nafaqat amalda ish bajarishga, balki o‘zi bajarayotgan ishlarni ham nazorat qi­lishga majbur etadi. Mazkur dasturlar bizning vazifalarimizni bajarish uchun emas, balki biz­ning ko‘rsatmalarimizni bajarishda kompyuter qurilmalarida biror kamchilik yoki muammo yuzaga kelmasligi uchun ishlab chiqariladi va qo‘llaniladi.
  • Operatsion sistema tarkibi, asosan, quyidagi 3 guruhdan iborat:
  • vazifalarni rejalashtiruvchi qismni, qurilmalar drayverlarini, xotirani va fayl sistemasini boshqarish dasturini o’z ichiga olgan operatsion sistema o’zagi (rus. ядро, ing. kernel);
  • sistema kutubxonasi;
  • utilitlar qobig’i.
  • Kompyuterdagi jarayonlar bilan bog’liq barcha amallar operatsion sistemaning o’zagi boshqaruvida bajariladi. Shu sababli o’zak uchun tezkor xotirada doimo joy ajratiladi va har qanday boshqa ma’lumotlardan ustunlikka egadir. Operatsion sistemaning kichik bir qismini tashkil etgan o’zak doimiy ish holatida bo’ladi va shuning uchun doimo tezkor xotirada saqlanadi. Operatsion sistemaning boshqa qismlari va har qanday boshqa ma’lumotlar esa kerak bo’lganda tezkor xotiraga yuklanadi va ish tugagach asosiy xotiraga o’tkaziladi.
  • Operatsion sistemaning o’zagi, asosan, quyidagi dasturlardan iborat bo’ladi:
    • uzilishlarni tahlil qilish moduli;
    • jarayonlarni hosil qilish va o’chirish;
    • jarayonlarni bir holatdan boshqasiga o’tkazish;
    • jarayonlarni muvofiqlashtirish;
    • kiritish-chiqarish amallarini boshqarish;
    • xotirani taqsimlash va qayta taqsimlash;
    • fayl sistemasi ishini boshqarish;
    • ishlarni hisobga olish va boshqalar.
  • O’zakning eng asosiy vazifalaridan biri uzilishlarni tahlil etish hisoblanadi. Biror vazifa bajarilish jarayonida turlicha uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Masalan, printerga chop etish buyrug’i berilganda printer ishida uzilish bo’lsa, u holda printer ishining to’xtash sababini aniqlash, agar uzilish vazifa to’liq bajarilganligi sababli bo’lsa printerni to’xtatish va u bilan aloqani uzish, agar qo’g’oz qolmagan bo’lsa chop etishni to’xtatish va bu haqida foydalanuvchiga xabar berish, agar rang kukuni tugagan bo’lsa chop etishni to’xtatish va bu haqida foydalanuv-chiga xabar berish, agar qog’oz tiqilib qolgan bo’lsa chop etishni to’xtatish va bu haqida foydalanuvchiga xabar berish, agar printer ulanmagan bo’lsa bu haqida foydalanuvchiga xabar be-rish, va hokazo. Har bir uzilish o’z kodiga ega va u protsessor tomonidan o’zakka yuboriladi. Shu uzilish mazmuniga mos ravishda foydalanuvchiga axborot yuboriladi.
  • Operatsion sistemaning o’zagi turlicha arxitekturada tashkil etilgan bo’lishi mumkin: monolit, modulli, mikroo’zak, nanoo’zak, gibrid va boshqalar.
  • Operatsion sistemani yuklanishi, masalan, Windows naqllarida, quyidagicha amalga oshadi:

  • Download 276 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling