Operatsion sistemaning ichki va tashqi buyruqlari. Foydalanuvchi va kompyuter orasidagi muloqot foydalanuvchi tomonidan operatsion sistemaga ketma-ket beriladigan buyruqlar va ko‘rsatmalar asosida tashkil etiladi. Bu buyruqlar operatsion sistema tushunadigan til va shaklda bo‘lishi kerak. Har bir buyruq o‘z nomiga ega. Buyruqlar nomlaridan tashqari turli o‘lchamlar hamda kalitlarga ega bo‘lishi mumkin. Buyruq nomini klaviatura yordamida yozib, ENTER tugmasini bosish bilan buyruqni kompyuter tomonidan bajarilishiga uzatish ishi tugallanadi. Operatsion sistema buyruqlari disklarni ishga tayyorlash, magnit disklaridagi axborotlarni ko‘chirish, o‘chirish, monitorning ishlash holatini o‘zgartirish, matnlarni displeyga yoki chop etish qurilmasiga yuborish kabi vazifalarni bajaradi. Ular ichki va tashqi buyruqlarga bo‘linadi. COMMAND.COM dasturida mujassamlashgan buyruqlar ichki buyruqlar deb atalsa, tashqi buyruqlar operatsion sistema bilan birgalikda ishlatiladigan boshqa dasturlarning buyruqlaridan iborat. - Ma’lumki, foydalanuvchi bilan kompyuter o‘rtasidagi muloqotni operatsion sistema ta’minlaydi. Shu bois, operatsion sistemaning interfeysi qancha qulay bo‘lsa, foydalanuvchining kompyuter bilan ishlashi shuncha oson va samarali bo‘ladi.
- Operatsion sistemalar endi ishlab chiqarilgan vaqtda inson bilan kompyuter orasida vositachi vazifasini o‘tab, kompyuter resurslaridan foydalanishni osonlashtirgandi. Ammo, o’sha davrlarda operatsion sistemalar matnli interfeysga ega edi. Keyinchalik operatsion sistemalar rivojlanish natijasida haddan ziyod ko‘p buyruqlar bilan to‘lib-toshib ketdiki, bu foydalanuvchi interfeysini murakkablashishiga olib keldi. Shunday qilib, foydalanuvchi bilan kompyuter o‘rtasida yangi vositachi ishlab chiqish ehtiyoji tug`ildi va natijada operatsion sistemaning qobiq-dasturlari yaratildi.
- Qobiq-dastur – operatsion sistema boshqaruvida ishga tushiriladigan va foydalanuvchiga shu operatsion sistema bilan ishlashga ko‘maklashadigan dasturdir. Eng birinchi ommalashgan qobiq-dasturlardan biri
Do'stlaringiz bilan baham: |