Мой компьютер” (Mening kompyuterim) sistema katalogi, ikkinchisi “Проводник” (yo’lboshlovchi) deb atalgan. Ular bilan keyinroq batafsil tanishtiramiz. Qiziqarli ma’lumotlar. Bell laboratoriyasi xodimlari Denis Ritchi va Ken Tompsonlar tomonidan ishlab chiqilgan UNIX operatsion tizimi dunyo dasturchilari tan olgan juda kuchli operatsion sistemalardan biri hisoblanadi. Lekin, UNIX operatsion sistemasining va uning muhitida ishlatiladigan dasturlarning birlamchi kodlari yopiq bo’lib, sir saqlanadi. Shunga qaramay UNIX operatsion sistemasi qisqa vaqt ichida juda tez rivojlandi va foydalanuvchilar orasida keng tarqaldi. XX asrning 80-yillariga kelib UNIX operatsion sistemasi va uning muhitida ishlatiladigan dasturiy mahsulotlar qimmatbaho tijorat mahsulotiga aylandi.TUX Lekin, dasturiy ta’minotning hammabop va tez rivojlanishi uchun ba’zi dasturchilar “barcha ma’lumotlar erkin va ochiq bo’lishi kerak” degan fikrda edilarnday. Shu fikr tarafdorlaridan amerikalik Richard Stolmen 1983 yil 27 sentabrda GNU nomli loyihasini e’lon qildi. GNU “GNU – Not UNIX”, ya’ni “GNU – UNIX emas” degan mazmunni beradi. Loyihaning asosiy maqsadi barcha dasturlarga xos ma’lumotlar erkin va ochiq kodli bo’lishiga yo’naltrilgandir. GNU loyihasi asosida turli dasturlar, masalan, matn muharrirlari, sozlovchilar, muloqot qobiqlari ishlab chiqilgan. - Lekin Finlandiyalik Linus Benedikt Torvaldsning 1991 yilda ishlab chiqqan dasturi GNU loyihasi rivojiga keskin va katta ta’sir ko’rsatdi. Uning dasturi yangi operatsion sistemaning o’zagi bo’lib xizmat qildi va shu o’zak asosida Linux (o’qilishi: Linuks) nomli operatsion tizim ishlab chiqildi.
- Bir necha yil ichida ochiq kodli Linux operatsion sistemasi butun dunyoga tarqalib ketdi va shundan keyin minglab dasturchilar bu operatsion sistemani yaxshilashga va rivojlanishiga yordam bera boshladi.
- Linux operatsion sistemasining emblemasi sifatida Tux (o’qilishi: Tuks) nomli pingvincha qabul qilingan. Ko’plab mamlakatlardagi dasturchilar Linux operatsion sistemasi o’zagi asosida o’z operatsion tizimlarini ishlab chiqmoqdalar. Shu qatori 2007 yildan boshlab O’zbekistondagi “
Do'stlaringiz bilan baham: |