Mavzu: Unix oilasiga qarashli operatsion tizimlar xususiyatlari unix
Download 67.03 Kb.
|
Linux mustaqqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- UNIX asoschilari Ken Tomson va Denis Ritchi
- Tizimdan foydalanish
Mavzu: Unix oilasiga qarashli operatsion tizimlar xususiyatlari UNIX (talaffuzi: yuniks; UNIX — The Open Group kompaniyasining roʻyxatdan oʻtgan savdo belgisidir) — portativ, koʻp vazifali va koʻp foydalanuvchili operatsion tizimlar oilasi boʻlib, ular 1970-yillarda Ken Tompson, Dennis Richi va boshqalar tomonidan Bell labaratoriyasi da ishlab chiqilgan original AT&T Unix loyihasi gʻoyalariga asoslangan. Unix tizimining yuzaga kelishida Multics operatsion tasiri katta bolgan UNIX asoschilari Ken Tomson va Denis Ritchi Unixʼning ikkinchi ulkan afzalligi uning koʻp platformaliligidir. Tizimning yadrosi deyarli har qanday mikroprotsessorga osongina moslasha oladigan tarzda tuzilgan. Unix boshqa muhim xususiyatlarga ega: tizimni sozlash va boshqarish uchun oddiy matnli fayllardan foydalanish; buyruq satridan ishga tushirilgan yordamchi dasturlardan keng foydalanish; virtual qurilma — terminal orqali foydalanuvchi bilan oʻzaro aloqani taʼminlash; jismiy va virtual qurilmalarni va jarayonlararo aloqaning ayrim vositalarini fayllar shaklida taqdim etish; har biri bitta vazifani bajaradigan bir nechta dastur konveyerlarini qoʻllash. Tizimdan foydalanish Hozirgi vaqtda Unix tizimlari asosan serverlar, shuningdek, turli qurilmalar, jumladan smartfonlar uchun oʻrnatilgan tizimlar orasida keng tarqalgan. Unix tizimlari superkompyuterlarda ham qoʻllanilmoqda, xususan, Linux TOP500 superkompyuterlarida 100 foiz Unix tizimida ishlamoqda. Ish stantsiyalari va uyda foydalanish uchun operatsion tizimlar orasida Unix va Unixʼsimon operatsion tizimlar Microsoft Windowsʼdan keyin ikkinchi (Mac OS), uchinchi (GNU/Linux)dan keyingi oʻrinlarda turadi Tarixi 1957-yilda Bell laboratoriyasida ichki ehtiyojlar uchun operatsion tizim yaratish boʻyicha ish boshlandi. BESYS tizimi Viktor Visotskiy boshchiligida yaratilgan. Keyinchalik u Multics loyihasiga rahbarlik qildi, keyin esa Bell Labs axborot boʻlimi rahbari boʻldi. 1964-yilda uchinchi avlod kompyuterlari paydo boʻldi, ular uchun BESYS imkoniyatlari endi mos emas edi. Visotskiy va uning hamkasblari oʻzlarining yangi operatsion tizimini ishlab chiqishga emas, balki General Electric va MITning qoʻshma loyihasi Multicsʼga eʼtibor qaratishga qaror qilishdi. Bell Labsʼni oʻz ichiga olgan telekommunikatsiya giganti AT&T loyihani sezilarli darajada qoʻllab-quvvatladi, biroq 1969-yilda loyihadan moliyaviy foyda keltirmagani uchun undan voz kechdi. Download 67.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling