Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad Rezonans hodisasi bilan amalda tanishish
Download 46.13 Kb.
|
tajriba
5.1–jadval
5.2–jadval
Hisobot tuzish tartibi a) Rezonans sharti uchun vektor diagramma quriladi (5.2-rasm). Ixtiyoriy 0 nuqtadan I tokining vektorini quyamiz. Yana shu nuqtadan bu vektorga parallel qilib (ustma-ust qilib) induktiv g‘altakdagi aktiv kuchlanish UaL = Iрез R ning tushuviga teng bo‘lgan, tarmoq kuchlanishi U ning vektori o‘tkaziladi. So‘ngra 900 ga qoluvchan burchak ostida kondensatordagi kuchlanish tushuvi vektori UC qo‘yiladi. Induktiv g‘altakdagi kuchlanish UL g‘altakdagi aktiv UaL va induktiv UxL kuchlanishlar tushuvining geometrik yig‘indisiga teng bo‘lishi kerak. So‘ngra UaL vektorining oxiridan yuqoriga perpendikulyar chiqarib, ana shu perpendikulyarga 0 nuqtadan turib UL vektoriga teng radius bilan yoy chiziladi. UaL va UL vektorlarining oxirlarini birlashtiruvchi kesma kuchlanishning induktiv tushuvi UxL ga teng bo‘ladi. Bu vektorni 0 nuqtaga ko‘chirib, pastga yo‘naltirilganda u UC vektoriga teng bo‘lib chiqishi kerak. b) Grafiklar quriladi. UL=f1(C), UC=f2(C) va I=f3(C) bog‘lanishlarning egri chizig‘ini bir grafikda chizish kerak. Tok I maksimal qiymatiga erishgan nuqta kuchlanish rezonansiga to‘g‘ri keladi. Tok I maksimal qiymatga erishgan nuqtadan ordinata o‘qiga parallel to‘g‘ri chiziq o‘tkazilsa, bu to‘g‘ri chiziq kuchlanish rezonansida UL, UC va C larning qiymatini aniqlovchi nuqtalarda tegishli egri chiziqlarni kesib o‘tadi. Grafikdan olingan qiymatlar 5.2–jadvalga yoziladi. Tekshiruv savollari 1. Qanday elektr zanjirlarida kuchlanish rezonansi sodir bo‘lishi mumkin? 2. Kuchlanish rezonansi hosil bo‘lishining shartlari qanday? 3. Elektr zanjiridagi kuchlanish rezonansida qanday hodisalar kuzatiladi? 4. Kuchlanishlar rezonansi nima bilan xavfli? 5. Kuchlanishlar rezonansida tok va kuchlanishlarning vektor diagrammasi qanday quriladi? 6. Qanday miqdorlarni o‘zgartirish bilan kuchlanish rezonansiga erishish mumkin? Download 46.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling