Ishdan maqsad: Ma’lumotlar bazasining infologik va mantiqiy modelini, er diagrammalarini yaratishni o‘rganish. Topshiriqlar
Download 1.49 Mb.
|
2 5375303174699622638
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 - laboratoriya ishi
KirishHozirgi kunda inson faoliyatida ma’lumotlar bazasi (MB) kerakli axborotlarni to‘plash, saqlash va qayta ishlashda muhim o‘rin tutmoqda. Jamiyatning barcha sohalarida ma’lumotlar bilan ishlashni avtomatlashtirish bugungi kun talabi hisoblanadi. Shuning uchun ham MB bilan muloqot qilish axborot almashinuv texnologiyasining eng dolzarb muammolaridan biriga aylanib borishi tabiiy jarayon hisoblanadi. Axborot texnologiyalarning taraqqiyoti va axborot oqimlarining tobora ortib borishi insoniyatni ma’lumotlarni o‘z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi uslublarini qidirib topishga majbur qilmoqda. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish, so‘ngra undan oqilona foydalanish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Ushbu uslubiy qo‘llanmada ma’lumotlar bazasini loyihalash, SQL tili asoslari, bitta va bir nechta jadvallarga so‘rovlar yaratish, SQLning agregat funksiyalari bilan ishlash, SQLda ostki so‘rovlar yaratish, ko‘rinishlar bilan ishlash, ORACLE ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi bilan ishlash asoslari, PL/SQL tili asoslari, PL/SQL da anonim bloklar yaratish, PL/SQL tilida saqlanuvchi protsedura va funksiyalar bilan ishlash, paketlar hamda triggerlar yaratish, ORACLE MBBT da ilovalar yaratish mavzulari yoritilgan. Har bir laboratoriya ishi topshiriqlar, nazariy ma’lumotlar hamda nazorat savollaridan tashkil topgan. Ushbu uslubiy qo‘llanma talabalarning ma’ruza mashg‘ulotlarida olgan nazariy bilimlarini hamda laboratoriya mashg‘ulotlari topshiriqlarni bajarish orqali o‘z bilimlarini oshirib borishlariga yordam beradi. 1 - laboratoriya ishiMa’lumotlar bazasini loyihalashIshdan maqsad: Ma’lumotlar bazasining infologik va mantiqiy modelini, ER diagrammalarini yaratishni o‘rganish. Topshiriqlar: 1. “Talabalar” ma’lumotlar bazasi infologik modelini yarating: Talabalar ro‘yxati; Ota-onalar haqidagi ma’lumotlar; Fakultetlar; Mutaxassisliklar; Fanlar; Baholar; Yuqorida keltirilgan obyektlar xossalarini aniqlang, MBning ER diagrammasini quring ; ER diagramma asosida MB ning relyatsion modelini tuzing; Birlamchi va tashqi kalitlarni o‘rnating; Jadvallarni 3-normal formaga keltiring; Ma’lumotlar uchun cheklovlarni o‘rnating; Birlamchi va tashqi kalitlar orasidagi bog‘lanishlarni o‘rnating Yuqoridagi savollarga javob berib, “Ma’lumotlar bazasini loyihalash” nomli hisobot tayyorlang. Nazorat savollariga javob berib, laboratoriya ishini himoya qiling Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling