Ishdan maqsad: Ma’lumotlar bazasining infologik va mantiqiy modelini, er diagrammalarini yaratishni o‘rganish. Topshiriqlar
Download 1.49 Mb.
|
2 5375303174699622638
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- 5 - laboratoriya ishi
SQLning INNER JOIN operatoridan foydalanib, kitob va avtor jadvallarini bog‘lab, har bir kitob avtorlarini aniqlaymiz: SELECT * FROM Authors INNER JOIN Books ON Authors.AuthorID = Books.BookID Natijaviy ko‘rinish quyidagicha bo‘ladi (ikkala jadvaldagi o‘zaro mos kelgan yozuvlar olinadi, mos kelmaganlari natijaviy jadvalga kiritilmaydi):
SQLning LEFT OUTER JOIN operatoridan quyidagi algoritm asosida bajariladi: Ikkala jadval ma’lumotlari INNER JOIN asosida yig‘iladi; Natijaviy jadvalga ichki jadvalga bog‘lanishda qatnashmagan chap jadvaldagi ma’lumotlar qo‘shiladi. O‘ng jadvaldagi ma’lumotlar esa NULL qiymatlari bilan to‘ldiriladi. Misol: Autor jadvalidagi barcha avtorlar qaysi kitoblarni yozgan so‘rovi. SELECT * FROM Authors LEFT JOIN Books ON Authors.AuthorID = Books.BookID Natijaviy ko‘rinish quyidagicha bo‘ladi:
Nazorat savollariBir nechta jadvalga so‘rov yaratish usullari qanday? Bir nechta jadvalning turli maydonlariga so‘rovlar yaratish? Tashqi va ichki so‘rovlar qanday? Tashqi chap va o‘ng bog‘lanish so‘rovlari va ularning farqlari nimada? 5 - laboratoriya ishiSQL tili yordamida so‘rovlar yaratish. Agregat (jamlovchi) funksiyalardan foydalanish. Guruhlash operatorlaridan foydalanish. Ishdan maqsad: SQL tili yordamida avvaldan yaratilgan jadvalga so‘rovlar yaratish hamda natijalar olish Topshiriqlar: “Talabalar” jadvalini oching; Eng ko‘p o‘qiladigan soatga ega fanni aniqlang; Talabalar soni 10 tadan kam barcha guruhlar haqidagi ma’lumotlarni olish; Biror mutaxassislikdagi har bir guruhlarning talabalar sonini aniqlang; Quyida keltirilgan variantlarni ishlab chiqing: “SQL tili yordamida so‘rovlar yaratish. Agregat (jamlovchi) funksiyalardan foydalanish. “Guruhlash” nomli hisobot tayyorlang. Nazorat savollariga javob berib, laboratoriya ishini himoya qiling; 1-variant Berilgan fakultetning talabalar sonini aniqlang; Eng katta ball olingan fan nomini aniqlang; 2-variant 72 soatdan ko‘p o‘qitiladigan fanlarning jami sonini aniqlang; “Informatika” fanidan eng ko‘p ball to‘plagan talaba familiyasini aniqlang; 3-variant Biror fakultetning barcha guruhlari sonini aniqlang; Eng ko‘p besh baho olingan fan nomini aniqlang; 4-variant “Qoniqarsiz” baho olgan talabalar umumiy sonini aniqlang; O‘rtacha bali eng ko‘p bo‘lgan talaba familiyasini aniqlang; 5-variant Biror shaharning talabalar sonini aniqlang; Eng ko‘p ikki baho olingan fan nomini aniqlang; 6-variant Biror fandan “a’lo” baho olgan talabalar sonini aniqlang; Qoniqarli baholari qoniqarsiz baholaridan kam talabalar familiyalarini aniqlang; 7-variant Biror kursning barcha talabalari umumiy sonini aniqlang; Qoniqarsiz baholari al’o baholardan ko‘p fan nomini aniqlang; 8-variant Biror mutaxassislikdagi barcha guruhlari sonini aniqlang; “Chet tilidan” eng kam ball to‘plagan talaba familiyasini aniqlang; 9-variant A’lochi talabalarning umumiy sonini aniqlang; Eng kam ball top’langan fan nomini aniqlang; 10-variant Biror mutaxassislikning barcha talabalari umumiy sonini aniqlang; O‘rtacha bali eng kam talaba familiyasini aniqlang; Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling