Texnik kuvvatlash guruxi
|
Texnik xodimlarni sizning kompyuteringizga ulanish imkonini beradi.
|
12. Barcha
|
Kompyuterdan foydalanish huquqi bo’lgan barcha foydalanuvchilarni, shuningdek, boshqa domendagi mehmon va foydalanuvchilarni o’z ichiga oluvchi guruh.
|
13. Tizim egasi
|
Guruh a’zolari qo’shimcha huquqlarni berish uchun ishlatiladigan guruh.
|
14. Yaratuvchi
|
Guruh a’zolari qo’shimcha huquqlarni berish uchun ishlatiladigan guruh.
|
15. Yashirin (Anonim) kirish
|
Guruh a’zolari tarmoqdan kompyuterga yashirin kirish huquqi bo’lgan guruh.
|
Ma’mur guruhi a’zolari quyidagi imkoniyatlarga ega:
foydalanuvchilar qayd yozuvi va xavfsizlik guruhlarini xosil qilish, o’zgartirish va o’chirib tashlash;
dasturlarni o’rnatish;
papkalarga umumiy foydalanish huquqini berish;
ruxsatlarni o’rnatish;
barcha fayllardan foydalanish imkonini berish;
fayllardan monopol foydalanish huquqiga ega bo’lish;
qayd yozuvlvriga boshqa foydalanuvchi va xavfsizlik guruhlari huquqlarini berish, shuningdek, o’zi uchun zaruriy huquqlarni xosil qilish;
apparat qurilmalarini o’rtatish yoki o’chirish;
xavfsiz rejimda (Safe Mode) ro’yxatdan olinish.
Malakali foydalanuvchilar guruhi a’zolari ma’mur guruh a’zolari kabi huquqlarga ega, lekin ularni huquqi quyidagilarda cheklangan:
fayllarga monopol egalik qilish;
fayllarni tiklash/zaxiraviy nusxa olish;
qurilmalar drayverlarini o’rnatish va o’chirish;
xavfsizlik choralarini o’zgartirish;
audit jurnallarini bajarish.
Oddiy foydalanuvchilardan farqli ravishda malakali foydalanuvchilar quyidagi imtiyozga ega:
umumiy foydalanish huquqi rejimida jildlar (papkalar) bilan ishlash;
lokal printerlarni yaratish, boshqarish, o’chirish va birgalikda ishlatish;
lokal foydalanuvchilar va guruhlarni yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |