Амалий машгулот. Qurilish mashinalari haqida umumiy ma’lumotlar.
Ишдан мақсад: Қурилиш машиналари синфланиши, Қурилиш машиналарига қуйиладиган талаблар ва қурилиш машиналарининг иш унумдорлигини хисоблашни урганиш.
1. Qurilish mashinalarini tasniflash.
Vazifasiga ko‘ra qurilish mashinalari quyidagi sinflarga bo‘linadi.
Gorizontal relssiz transport mashinalar;
YUk ko‘tarish mashinalari;
Uzluksiz transport mashinalari;
YUklash – tushirish mashinalari;
Tayyorlash va yordamchi ishlar uchun mashinalar;
Er qazish – nakliyot mashinalari;
Ғ
Tuproqni shibbalaydigan (zichlaydigan) mashinalar;
Gidromexanizatsiya uchun mashinalar;
Burg‘ilash ishlari uchun mashinalar;
Ustunqoziq qoqish ishlari uchun mashinalar;
Tosh materiallarini maydalash uchun mashinalar;
Tosh materiallarini yuvish va xillash uchun mashinalar;
Beton aralashmasi va qorishmalarni tayyorlash uchun mashinalar;
Beton aralashmasi va qorishmalarni tashish uchun mashinalar;
Pardozlash uchun mashinalar;
Qurilish uchun mexanizatsiyalashtirilgan asboblar.
Mashinalarning xar bir sinfi guruxlarga bo‘linadi (masalan: yuk ko‘tarish mashinalari domkratlar, chig‘irlar, tallar, ko‘targichlar va kranlarga bo‘linadi). O‘z navbatida xar bir gurux guruxchalar va turlarga bo‘linadi (masalan, domkratlar reykali, vintli va gidravlikka domkratlarga bo‘linadi). Xar bir mashina turi tur – o‘lchamlar (modellar) qatoriga ega bo‘lib, ular tuzilishi bo‘yicha o‘xshash, ammo ayrim ko‘rsatgichlari bilan bir – biridan farq qiladi (sig‘imi, yuk ko‘taruvchanligi, o‘lchamlari va massasi, ish unumi, quvvati va x.) bir tur – o‘lcham qatoridagi mashinalar ishlab chiqarishda standart detallar va bir xillashtirilgan yig‘ish birliklaridan keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |