Ишдан мақсад: Қурилиш машиналари синфланиши, Қурилиш машиналарига қуйиладиган талаблар ва қурилиш машиналарининг иш унумдорлигини хисоблашни урганиш. Qurilish mashinalarini tasniflash
Qurilish mashinalariga qo‘yiladigan talablar
Download 31.78 Kb.
|
1. Амалий машгулот
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3. Qurilish mashinalarining ish unumdorligi
3.2. Qurilish mashinalariga qo‘yiladigan talablar:
Qurilish mashinasi o‘z vazifasiga monand bo‘lishi kerak xamda mumkin bo‘lgan maksimal ish unumi va maxsulotning minimal qiymatini ta’minlashi lozim. Mashina yuqori ishonchlilikka va uzliksiz chidamlilikka ega bo‘lishi, texnikaviy xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash oson bo‘lishi, yig‘ish, qismlarga ajratish va ko‘chirishda quylay, tashqi kuchlar ta’sirida otilib ketishga qarshi turg‘un, xavfsiz ish sharoitini ta’minlashi, almashinuvchi ishchi jixozlarni keng qo‘llash imkoniyatini ishda qulayligi va xizmat ko‘rsatayotgan xodimlarning kam toliqishi ta’minlashi lozim. Mashinaning tashqi ko‘irinishi texnikaviy estetika talabalariga javob berishi kerak. Atrof muxitni ifloslantirishi eng oz bo‘lishi lozim. O‘zi yurar mashinalar chaqqon xarakat qiluvchi va yuqori o‘ta olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Qurilish ishlab chiqarishning asosiy jixati, uyg‘un birlikda mexanizatsiyalashtirilishi, mexanika bilan ta’minlanganlik va energiya bilan ta’minlanganlik ishlarini mexanizatsiyalashtirish darajasi xisoblanadi. Uyg‘un birlikda mexanizatsiyalashtirish darajasi uyg‘un birlikda mexanizatsiyalashtirish usuli bilan bajariladigan qurilish yig‘ish ishlar xajmining qurilish maydonida tabiiy tarzda bajarilgan qurilish yig‘ish ishlarida umumiy xajmiga foiziy nisbati orqali ifodalanadi. Qurilishning mexanika bilan ta’minlanganligi – qurilish tashkiloti mashina parki baxosining bir yil davomida bajarilgan qurilish yig‘ish ishlari baxosiga foiziy nisbati orqali ifodalanadi. Energiya bilan ta’minlanganlik – qurilish mashina saroyi dvigatelari quvvatlarining (kVt), shu qurilishda banda bo‘lgan ishchilarning o‘rtacha ro‘yxati soniga nisbati. 3.3. Qurilish mashinalarining ish unumdorligi: Ish unumdorligi vaqt birligi ichida (soat, smena, oy, yil) mashina ishlab chiqargan, ma’lum o‘lcham birliklarida (t.m3,m2,m) ifodalangan maxsulotmiqdori bilan aniqlanadi. Ish unumdorligi uch toifaga ajratiladi: xisob – konstruktorlik, texnikaviy va foydalanish, xisoyu – konstruktiv ish unumdorligi Pr mashina uzluksiz 1 soatda, sharoiti ishchi xarakat tezliklari va ishchi organlaridagi yuklanishlar xisoblash sharoitidagi ishdagi bo‘lgandagi eng ko‘p mumkin bo‘lgan maxsulni xarakterlaydi. Davriy ishlaydigan mashinalar uchun bu erda: siklda mashina orqali ishlab chiqilgan (uzatilgan) maxsulot; minutdagi sikllar soni; bu erda: siklning davom etish muddati, s. Qurilish uchun (masalan, sochiladigan materiallarni) uzluksiz ishlaydigan mashinalarda: bu erda: material oqimining kesimi, m2. oqim xarakatining tezligi. Xisob – konstruktiv ish unumdorligi asosan bir xil texnologik jarayonni bajarish uchun mo‘ljallangan. Loyixalashtirilayotgan mashina variantlarni dastaval taqqoslash uchun ishlatiladi. Unda ishlab chiqarish sharoiti, ishdagi turli uzilishlar (texnologik, tashkiliy, meterologik, tasodifiy) xisobga olinmaydi. Texnik ish unumdorligi Pt ishlab chiqarish ishlarining muayyan sharoitini xisobga olgan xolda, mashinaning uzluksiz 1 soatda eng yuqori ishlab chiqarish maxsuli kabi aniqlanadi. bu erda: Ku- mashinaning muayyan ish sharoitini xisobga oladigan koeffitsient (masalan, bir cho‘michli ekskavator ishida bu sharoitlar qozib olinayotgan tuproq mustaxkamligi to‘kishida ekskavatorning burilish burchagi, cho‘michning to‘lish darajasi va sh.k. bo‘ladi). Soatbay texnikaviy unumdorlik mashinaning texnikaviy pasportida va uni ishlatish bo‘yicha qo‘llanmada ko‘rsatiladi. Foydalanishdagi ish unumdorligi Pf ishdagi muqarar uzilishlari xisobga olgan xolda (texnologik, tashkiliy, meterologik va b.) texnikaviy unumdorlik asosida aniqlanadi. U soatlik, oylik, yillik bo‘lishi mumkin. Masalan, ko‘pincha ishlatiladigan foydalanishdagi smenalik ish unumdorligi tubandagi formula aniqlanadi. bu erda: T-smenaning davom etish muddati, soat; Kв-smena davomida vaqt bo‘yicha mashinani ishlatish koeffitsienti. bu erda: mashinaning aslida ishlash vaqti, soat. Ko‘pchilik qurilish mashinalari uchun Nazorat savollari: Qurilish mashinalari qanday asoslarga asosan sinflarga bo‘linadi? Qurilish mashinalariga qanday talablar qo‘yiladi? Iqtisodiy talab nima? Konstuktiv talab nima? Ijtimoiy talab nima? Foydalaniish talab nima? Qurilish mashinalarining ish unumdorligi qanday aniqlanadi? Download 31.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling