Ишлаб чиқариш устама харажатлари ҳисоби ва уларни маҳсулот (иш, хизмат) таннархига киритиш усуллари
Download 66.67 Kb.
|
Ишлаб чи ариш устама харажатлари исоби ва уларни ма сулот (иш,
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish ustama xarajat turi Taksimlash uchun baza
3.ISHLAB CHIQARISH USTAMA XARAJATLARNI MAHSULOT (ISH, XIZMAT)LAR TANNARXIGA KIRITISH USULLARIIshlab chiqarish ustama xarajatlarini mahsulot (ish, zizmat)lar tannarxiga kiritish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi. 1.Hisob ma’lumotlari bo‘yicha jami ishlab chiqarish ustama xarajatlari summasi aniqlanadi. 2.Ishlab chiqarish ustama xarajatlari taqsimot bazasi aniqlanadi. Taqsimot bazasi sifatida barcha ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat) turlari uchun umumiy hisoblangan kriteriy (mezon) yoki har bir ishlab chiqarish ustama xarajatlari uchun alohida belgilangan kriteriy (mezon) olinadi. Umumiy kriteriy (mezon) bo‘lib, ko‘pincha, quyidagilar hisoblanadi: •ishlab chiqarish xodimlari (ishchilar)ning ishlagan ish vaqti ishlab chiqarish jihozlarining ish vaqti asosiy ishlab chiqarish xodimlari mehnat haqi xarajatlari ishlab chiqarilgan mahsulot birligi. Alohida ishlab chiqarish ustama xarajatlari uchun taqsimot bazasi sifatida quyidagilar ham olinishi mumkin:
3.Ishlab chiqarish ustama xarajatlarini taqsimlash stavkasi aniqlanadi. Ushbu stavka jami ishlab chiqarish xarajatlar summasini taqsimot baza sifati tanlab olingan umumiy kriteriy (mezon, belgi, ko‘rsatkich)ning umumiy miqdori (summasi)ga bo‘lish orqali topiladi, ya’ni: Jami ishlab chiqarish ustama xarajatlarini St =-------------------------------------------------------------------------------- Taqsimot bazasi miqdori (summasi) Ishlab chiqarish ustama xarajatlarini taqsimlash stavkasi, o‘z navbatida, ikki xil bo‘lishi mumkin: (1) Umumiy (umumzavod) va (2) xususiy (sexlararo). Ishlab chiqarish ustama xarajatlarini taqsimlashning umumiy (umumzavod) stavkasi jami korxona bo‘yicha yaxlit tarzda ishlatiladi. Masalan, ma’lum hisobot davrida ishlab chiqarish ustama xarajatlari jami 100000000 so‘m, asosiy ishlab chiqarish xodimlari ishlagan vakt jami 100000 soatni tashkil etgan bo‘lsa, u holda ishlab chiqarish ustama xarajatlari taksimoti stavkasi o‘rtacha 1000 so‘m/kishi-soatni (100000000/100000)ni tashkil qiladi. Va aynan shu stavka bo‘yicha ishlab chiqarish ustama xarajatlari barcha mahsulot turlari o‘rtasida taqsimlanadi. Agar A mahsulot ishlab chiqarishga asosiy mehnat sarfi 30000 kishi-soatni tashkil etgan bo‘lsa, u xolda ushbu mahsulot tannarxiga jami 30 000000 so‘mlik (30000*1000) ishlab chiqarish ustama xarajatlari kiritiladi. Agar ishlab chiqarish jarayoni alohida-alohida bo‘limlar orqali amalga oshirilsa, u holda ishlab chiqarish ustama xarajatlarini taksimlashining xususiy (sexlararo) stavkasini qo‘llash maksadga muvofiq bo‘ladi.
Agar X mahsulotni ishlab chiqarishga ketadigan asosiy mehnat sarfi A sexda 10000 kishi/soatni, B sexda 5000 kishi/soatni, V sexda 15000 kishi/soatni tashkil etgan bo‘lsa, bu holda ushbu mahsulot tannarxiga olib borilgan ishlab chiqarish ustama xarajatlari 36 750 000 so‘mni (10000*625+5000*4000+15000*700) so‘mni tashkil etadi) Biroq ishlab chiqarish ustama xarajatlari ularning haqiqiy miqdori asosida hisob-kitob qilish turli muammolarni tug‘diradi. Chunonchi: •ishlab chiqarish ustama xarajatlari va ishlab chiqarish hajmini oldindan aniqlash imkoni bo‘lmaganligi sababli buyurtma tannarxini hisobot davri oxirigacha aniqlab bo‘lmaydi; • ishlab chiqarish ustama xarajatlari va ishlab chiqarish faoliyatini oydan-oyga o‘zgarib turishi ishlab chiqarish ustama xarajatlari taqsimot stavkasida ko‘plab o‘zgarishlarga olib keladi. Yuqoridagilar sababli amaliyotda hisobot davri maboynida ishlab chiqarish ustama xarajatlarini taqsimlashning rejali stavkasi keng qo‘llaniladi. Ishlab chiqarish ustama xarajatlarini taqsimlashning rejali stavkasini hisob- kitob qilish o‘z ichiga quyidagi qadamlarni oladi: Ishlab chiqarish ustama xarajatlarini prognoz hajmi aniqlanadi. Ishlab chiqarish ustama xarajatlarini taqsimlash bazasi tanlanadi. 3.Prognozlashtirilgan ishlab chiqarish ustama xarajatlari prognozlashtirilgan taqsimot bazasi miqdoriga bo‘lish orqali uning prognozli stavkasi belgilanadi 4. Ishlab chiqarish ustama xarajatlarini taqsimlashning aniqlangan prognozli stavkasi asosida ushbu xarajatlar mahsulot turlari o‘rtasida taqsimlanadi. Ishlab chiqarish ustama xarajatlarini taqsimlashning rejali stavka bo‘yicha taksimlashda hisobot oyi oxirida haqiqiy ishlab chiqarish ustama xarajatlari aniqlangandan so‘ng reja stavkadagi va haqiqiy ustama xarajatlar o‘rtasidagi farq aniklanadi. Ushbu farq ikki xil bo‘lishi mumkin: 1.To‘liq taqsimlanmasdan qolgan ishlab chiqarish ustama xarajatlari; 2.Ortig‘i bilan taksimlab yuborilgan ishlab chiqarish ustama xarajatlari. To‘liq taqsimlanmasdan qolgan yoki ortig‘i bilan taksimlangan ishlab chiqarish ustama xarajatlarini hisobdan chiqarish quyidagi ikkita usulda hisobdan chiqarilishi mumkin 1.Agar mahsulotlar to‘liq sotib yuborilgan bo‘lsa, u holda rejali va haqiqiy ishlab chiqarish ustama xarajatlari o‘rtasidagi farq summasiga «Sotilgan mahsulot tannarxi» schyotining debeti yoki kreditida tuzatish qilinadi. 2.Agar mahsulotlar to‘liq sotib yuborilmagan bo‘lsa, u holda rejali va haqiqiy ishlab chiqarish ustama xarajatlari o‘rtasidagi farq summasi «Tugallanmagan ishlab chiqarish», «Tayyor mahsulot» va «Sotilgan mahsulot tannarxi» schyotlari qoldiqlari ulushiga qarab mutanosib ravishda ular o‘rtasida taqsimlanadi. Misol:aytaylik, jami ishlab chiqarish ustama xarajatlari summasi prognoz bo‘yicha 100 000 000 so‘m, rejadagi asosiy xodimlar mehnat miqdori 100000 kishi/soat. U holda ishlab chiqarish ustama xarajatlarining taqsimlash reja stavkasi 1000 so‘mni (100000000/100000) tashkil etadi. Amalda xodimlar mehnat miqdori haqiqatda 110000 kishi/soatni, haqiqatda ketgan ishlab chiqarish ustama xarajatlari 120 000 00 so‘mni, reja stavka bo‘yicha sotilgan mahsulot tannarxiga olib borilgan ishlab chiqarish ustama xarajatlar summasi 110000000 so‘mni tashkil etgan. Bu holda ishlab chiqarish ustama xarajatlari va ular taqsimoti hisobini aks ettiruvchi schyotlarda quyidagicha yozuvlar qilinadi. Agar, yuqorida keltirilgan 110 000 000 so‘mlik ishlab chiqarish ustama xarajatlari reja stavka bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan bo‘lsa- «Tugallanmagan ishlab chiqarish» schyotiga 11 000 000 so‘m yoki 10%) , «Tayyor mahsulot» schyotiga 33 000 000 so‘m yoki 30 % va «Sotilgan mahsulot tannarxi» schyotiga 66 000 000 so‘m yoki 60 %, u holda haqiqiy va reja stavkada taqsimlangan ishlab chiqarish ustama xarajatlari summalari o‘rtasidagi farq (bizning misolimizda u 10 000 000 so‘m kam miqdorda taqsimlangan) yuqoridagi schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi: Ishlab chiqarish ustama xarajatlari Sotilgan tayyor mahsulot tannarxi Download 66.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling