Ishlab chiqarashni tayyorlash va tashkiliy masalalari


Download 31.72 Kb.
bet1/2
Sana23.02.2023
Hajmi31.72 Kb.
#1225069
  1   2
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)


Ishlab chiqarashni tayyorlash va tashkiliy masalalari


1.Ishlab chiqarish
2 Texnologik jarayonning asosiy masalalari


Mexanika sexlarini loyihalashda hal qilinishi kerak bo'lgan asosiy masalalarning eng murakkabi mahsulot detallarini tayyor­lash uchun texnologik jarayonni loyihalash va bu jarayonlarni bajarilishmi tashkil qilish shaklini ishlab chiqishdir.
Texnologik jarayon deganda materialni yoki yarimfabrikatni ketma-ket shakli, o'lchami va material xususiyatining detal yoki mahsulot olish maqsadida o‘zgarishi tushuniladi.
Ishlab chiqarish jarayoni deganda material va yarimfabrikat- lardan tayyor mashina olish uchun bajariladigan barcha jarayon- lar yig‘indisi tushuniladi.
Ishlab chiqarish jarayoniga faqatgina detal olish va mashina yig'ish uchun asosiy jarayonlar kiribgina qolmay, balki asosiy jarayonlarning bajarilishini ta’minlovchi yordamchi jarayonlar ham kiradi (masalan, material va detallarni tnshish, nazorat qilish, moslama va asboblar tayyorlash, asboblarni charxlash).
Ishlab chiqarish jarayoni quyidagi bosqichlarga bolinadi:
Detallar zagotovkasini tayyorlash, quyish, bolg'alash, shtampovkalash yoki prokat materiallarga dastlabki ishlov berish.
Kerakli o'lchamli va shakldagi tayyor detal olish uchun zago- tovkalarga metall kesish dastgohlarida mexanik ishlov berish.
Uzellar va agregatlarni yig'ish, ya’ni alohida detallarni uzellarga, uzellarni agregatlarga biriktirish, yakka tartibli ishlab chiqarish sharoitida chilangarlik ishlov berish va detallarni yig'ish joyiga tashish ishlari bajariladi, ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarish sharoitlarida qo'llanilmaydi. Ushbu ishlab chi- qarishlarda metall kesish dastgohlarida detallarga ishlov ben- ganda chegaraviy kalibrlar qo'llanilib, detallarni o'zaro alma- shuvchanligiga erishiladi.
Yaxlit mashinani umumiy yig'ish.
Mashinani sozlash va sinash.
Mashinani bo'yash. Bo'yash ishlari bir nechta jarayondan ibo­rat bo'lib, texnologik jarayonning turli bosqichlarida bajariladi, ma­salan, shpaklyovka, gruntovka, birlamchi bo'yash, ishlov berilgan de- tallami bo'yash va yaxlit mashinani yakunlovchi bo'yash ishlari.
Texnologik jarayonning asosiy masalalari
Mexanik ishlov berish texnologik jarayonini loyihalash quyi­dagi asosiy masalalar asosida olib boriladi:
Mashina detallanga mexanik ishlov berish uchun ishlab chiqarish turi va texnologik jarayonni bajarishning tashkiliy shakli aniqlanadi.
Ishlab chiqarishga qo'yiladigan detallar partiyasi o'lcha- mini (seriyali ishlab chiqarish uchun) va oqim bo'yicha ishlab chiqarish uchun tayyorlash taktini aniqlash.
Zagotovka turi va o'lchamlarini aniqlash.
Detallarni yuzalariga mexanik ishlov berish usuli va re- jasini (texnologik jarayon, ketma-ketligi ko'rsatilgan holda) ish­lab chiqish.
Dastgohlar, moslamalar, kesuvchi va o'lchash asboblari turi va tavsifini aniqlash hamda ishlov bensh uchun sonini aniq-lash.
Detallarning ishlov beriladigan sirtlari o'lchamini aniqlash.
Tanlangan dastgoh uchun har bir jarayonga kesish reji- mini aniqlash.
Har bir jarayon uchun vaqt me’yorini aniqlash.
Ish malakasini aniqlash.
Loyihalangan texnologik jarayonning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini belgilash.
Texnologik jarayon hujjatlarini rasmiylashtirish.
Seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlar uchun alohida detal-
larga ishlov berish texnologik jarayoni mukammal ishlanadi.



Download 31.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling