Ishlab chiqarilishi mahalliylashtirilishi lozim bo’lgan bo’lgan avariya-qutqaruv jihozlari va asbob-uskunalari ro’yxati
QARORI FAVQULODDA VAZIYATLAR TUZILMALARINING FAOLIYATINI
Download 167.33 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqIshlab chiqarilishi mahalliylashtirilishi lozim bo’lgan bo’lgan avariya-qutqaruv jihozlari va asbob-uskunalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. MIRZIYOYEV
QARORI
FAVQULODDA VAZIYATLAR TUZILMALARINING FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH BO’YICHA TASHKILIY CHORA- TADBIRLAR TO’G’RISIDA O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi «O’zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yong’in xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to’g’risida»gi PF- 5706-son Farmoniga muvofiq hamda favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida: 1. Quyidagilar: O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to’g’risidagi nizom 1- ilovaga muvofiq; 2019 ― 2021- yillarda O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha «Yo’l xaritasi» 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Respublika vazirlik va idoralari rahbarlari zimmasiga «Yo’l xaritasi»da belgilangan tadbirlarni o’z vaqtida va samarali amalga oshirish bo’yicha shaxsiy javobgarlik yuklatilsin. 3. Quyidagilar saqlab qolinsin: 2019 moliya yilida YOng’in xavfsizligi bosh boshqarmasi va YOng’in xavfsizligi instituti uchun ko’zda tutilgan moliyalashtirish, shahodatlangan xodimlarga pul ta’minotini to’lab berish, maxsus unvonga ega bo’lmagan shaxslar mehnatiga haq to’lashning amaldagi tartibi va hajmi; Yong’in xavfsizligi bosh boshqarmasi va Yong’in xavfsizligi institutining shahodatlangan xodimlari uchun mazkur qaror kuchga kirgunga qadar O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ixtisoslashtirilgan uy-joy fondining yashash xonalaridan foydalanish bo’yicha mavjud bo’lgan huquqi. 4 4. Belgilansinki: a) 2020 yil 1 yanvardan: O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yagona tashkiliy- shtat tuzilmasi joriy etiladi; Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga Yong’in xavfsizligi bosh boshqarmasi va Yong’in xavfsizligi institutidan o’tkazilgan shahodatlangan xodimlar uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilariga nazarda tutilgan shartnoma bo’yicha harbiy xizmatni o’tash va pul ta’minoti tartibi hamda ichki ishlar organlari xodimlarining maxsus unvonlari bo’yicha oylik maosh miqdori, kiyim-kechak bilan ta’minlash hamda tibbiy xizmat ko’rsatish me’yorlari va tartibi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida nazarda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar va pensiya kafolatlari saqlanib qoladi; professional yong’in bo’linmalarining ishchi-xizmatchilari qutqaruvchi maqomiga ega bo’lganidan so’ng, ularga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida nazarda tutilgan mehnatga haq to’lash tartibi ko’llaniladi; b) 2021 yil 1 yanvardan: Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga o’tkazilgan Yong’in xavfsizligi bosh boshqarmasi va Yong’in xavfsizligi institutining shahodatlangan xodimlariga O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilarining tegishli toifalari uchun nazarda tutilgan harbiy unvonlar bo’yicha oylik maoshi miqdori, kiyim-kechak va tibbiy ta’minot tartibi hamda boshqa ta’minot me’yorlari, xizmat davrini hisoblash, ijtimoiy imtiyozlarni va pensiya kafolatlarini ko’llash joriy etiladi; Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga o’tkazilgan Yong’in xavfsizligi bosh boshqarmasi va Yong’in xavfsizligi institutining shahodatlangan xodimlariga pensiya hisoblanganda, ularning harbiy xizmat davriga oldingi xizmat joyi bo’yicha xizmat davri, shuningdek, maxsus ofitser unvonlari berilgan holda ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilingan ofitserlar tarkibi uchun ularning oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi shaklida o’qigan bir oy o’qish davri bir oy xizmat davriga tenglashtirilgan holda kiritiladi. 5 5. Belgilansinki: O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqaruv organlari va tuzilmalarining, shartnomalar tuzish asosida tashkil etiladigan bo’linmalardan tashqari, moliyalashtirish manbalari O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari hamda qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi; O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tashkilotlar bilan tuzgan shartnomalari asosida tashkil etilgan bo’linmalari mazkur tashkilotlar mablag’lari hisobidan ta’minlanadi; O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga berilayotgan hamda yangidan tashkil etilgan tuzilmalar yong’in xavfsizligi va ushbu sohadagi ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash masalalarini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinishiga qadar amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga amal qiladi. 6. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda yangi tashkil etilayotgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqaruv organlari va tuzilmalarining xususiyat va maqsadlarini inobatga olgan holda to’laqonli faoliyatini ta’minlash yuzasidan ularni joylashtirish, jihozlash va boshqa tashkiliy masalalarni hal etish bo’yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin. 7. Respublika vazirlik va idoralari bo’ysunuvidagi ob’yektlarda O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmalari bilan shartnoma asosida faoliyat ko’rsatayotgan yong’in xavfsizligi bo’linmalarining to’laqonli faoliyatini ta’minlasin. 8. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni profilaktika qilish va bartaraf etish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, shu jumladan YAgona navbatchi-dispetcherlik xizmatini tashkil etish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 9. O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi: a) O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda: 2020- yil 1- yanvar’ holatiga ko’ra berilayotgan tuzilmalarning balansidagi bino, 6 inshootlar va ularga tutash hududlarni, maxsus va boshqa moddiy vositalarni, mulklarni, maxsus va avtomobil’ texnikalarini, Yong’in xavfsizligi bosh boshqarma va Yong’in xavfsizligi instituti xodimlariga biriktirilgan ixtisoslashtirilgan uy-joy fondining yashash xonalarini, qurol-yaroq va o’q-dorilarni, safarbarlik zaxirasi omborlarini operativ boshqaruv asosida beg’araz topshirish-qabul qilishni amalga oshirsin; O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining boshqa tarkibiy tuzilmalariga berilishiga yo’l qo’ymagan holda, Yong’in xavfsizligi bosh boshqarma va Yong’in xavfsizligi institutining binolari, inshootlari, maxsus va avtomobil’ texnikalari, uskunalari, asbob-anjomlari va boshqa mol-mulkining saqlanishini ta’minlash bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilsin; tashkiliy-shtat o’zgarishlarini amalga oshirish davomida berilayotgan tuzilmalarning doimiy jangovar tayyorgarligi, yuqori darajadagi intizomi va uyushqoqligini ta’minlasin; O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yuklatilayotgan yangi vazifalar mazmun-mohiyatini barcha shaxsiy tarkibga yetkazish bo’yicha kompleks choralarni ko’rsin; ikki oy muddatda barcha darajadagi ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazishda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmalarining ichki ishlar organlari bilan hamkorlikdagi harakatlari bo’yicha yo’riqnoma ishlab chiqsin va tasdiqlasin; b) O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa sanoati davlat qo’mitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda berilayotgan tuzilmalarni maxsus yong’in-texnik va tadqiqot uskunalari, aloqa vositalari va maxsus kiyim-bosh bilan bosqichma-bosqich ta’minlash, shuningdek, yong’in xavfsizligi tuzilmalarning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashni nazarda tutuvchi avval qabul qilingan kompleks dasturlar ijrosini ta’minlasin; v) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019- yil yakuniga qadar, yuklatilgan vazifalarni bajarish xususiyatlari va xalqaro standartlarni inobatga olgan holda, favqulodda vaziyatlar tuzilmalari harbiy xizmatchi va qutqaruvchilari uchun tubdan yangi xizmat va maxsus kiyimlarni, atributikalarni, farqlash belgilarini joriy etish bo’yicha takliflarni ishlab chiqsin va kiritsin; 7 g) Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi qoshida Ixtisoslashtirilgan litseyni tashkil etish, joylashtirish va faoliyatini yo’lga qo’yish bo’yicha takliflarni ishlab chiqsin va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; d) Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqaruv organlari va tuzilmalarning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, shaxsiy tarkibini rag’batlantirish uchun tushgan mablag’larni taqsimlash va maqsadli yo’naltirish bo’yicha amaldagi tartibni saqlab qolgan holda yuridik va jismoniy shaxslarga pullik xizmat ko’rsatish bo’yicha tasdiqlangan ro’yxatga tegishli qo’shimchalar kiritsin; e) O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o’zgartirish va qo’shimchalarning belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin. 10. Moliya vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligining xarajatlar smetalariga mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda tegishli o’zgartirishlar kiritsin, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblari bo’yicha byudjetdan qo’shimcha mablag’lar ajratsin. 11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2019- yil 10- aprel’, PQ-4276-son Download 167.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling