Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini yoritish. Yoritilganlik haqida umumiy ma’lumotlar


Yoritilganlikning pulsatsiya koeffitsienti


Download 14.24 Kb.
bet3/4
Sana01.11.2023
Hajmi14.24 Kb.
#1738718
1   2   3   4
Bog'liq
Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini yoritish. Yoritilganl-fayllar.org

Yoritilganlikning pulsatsiya koeffitsienti (Kn) – o‘zgaruvchan tok bilan ishlovchi gazorazryadli chiroqlarda yorug‘likning o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan yoritilganlik tebranishining nisbiy chuqurligi orqali baholanadi va u quyidagicha aniqlanadi:

, (4.27)
bu erda Emax, Emin, Eo’r – tebranish davridagi maksimal, minimal va o‘rtacha yoritilganlik.
Yoritilganlik pulsatsiya koeffitsienti (KPK) 10…20% bo‘lishi lozim.

Yoritilganlikning notekistlik koeffitsienti (KNK) – ishchi yuzadagi minimal va maksimal yoritilganliklarning nisbati orqali ifodalanadi:

KNK = Emin / Emax, (4.28)
Yoritish tabiiy va sun’iy usullarda bo‘ladi. Agar tabiiy yoritish to‘g‘ri loyihalashtirilsa va me’yor darajasida bo‘lsa inson uchun eng qulay ish sharoiti yaratiladi.


Tabiiy yoritish. Tabiiy yoritish yorug‘lik o‘tkazish yo‘llariga bog‘liq holda yon tomonlama, yuqori tomonlama va kombinatsiyalashgan, ya’ni ham yon ham yuqori tomonlama bo‘lishi mumkin.
Tabiiy yoritish darajasi kunning vaqtiga va iqlimiy sharoitlarga bog‘liq holda ish vaqti davomida o‘zgarishi hisobli, ish joyining yoritilganligi bilan emas, balki tabiiy yoritilganlik koeffitsienti orqali me’yorlashtiriladi.
Tabiiy yoritilganlik koeffitsienti deb xona ichidagi biror nuqtaning yoritilganligini shu vaqtdagi tashqi muhit yoritilganligiga nisbatining foizdagi ifodasiga aytiladi:

, (4.29)
bu erda Eichki – xona ichining biror nuqtasidagi yoritilganlik, lk; Etashqi – tashqi muhitdagi ochiq maydondagi yoritilganlik, lk.
Tabiiy yoritilganlik koeffitsienti (e) n tomonlama yoritilganlikda eo’rtacha80% en; yuqori tomonlama va kombinatsiyalashgan yoritilganlikda eo’rtacha60% en bo‘lsa yaxshi hisoblanadi. Tabiiy yoritilganlik koeffitsienti yorug‘likning iqlimiy koeffitsientiga bog‘liq bo‘ladi. Uning miqdori ish razryadiga, farqlash ob’ektining eng kichik o‘lchamiga hamda iqlimning yorug‘lik poyasiga bog‘liq holda maxsus jadvallardan tanlab olinadi va shu asosida binolarga o‘rnatilishi lozim bo‘lgan derazalar hamda fonarlar (yuqori tomonlama yoritilganlikda) soni hisoblanadi. Tabiiy yoritilganlikni me’yor darajasida ta’minlash uchun yorug‘lik o‘tish yo‘llari (derazalar maydoni va soni) ish turiga bog‘liq holda o‘rnatilgan yoritilganlik me’yori asosida hisob yo‘li bilan aniqlanadi.


Download 14.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling