Ishlab chiqarish binolarini yoritish va nurlanishlar
Download 15 Kb.
|
Ishlab chiqarish binolarini yoritish va nurlanishlar
Ishlab chiqarish binolarini yoritish va nurlanishlar. Reja: 7.1. Ishlab chiqarish binolari va ish joylariniyoritishga kuyilgan umumiy talablar. 7.2. Tabiiy yoritish. 7.3. Sun’iy yoritish. 7.4. Yorug‘lik manbalari va yoritish uskunalari. 7.5. Ultrabinafsha va infrakizilnurlar, elektromagnit maydon va ularning inson organizmiga salbiy ta’siri. Tayanch iboralari: yoritilganlik, yorug‘lik tezligi, tulkin uzunligi, yoritilganlik koeffisienti, yorug‘lik okimi, ravshanlilik, ultrabinafsha va infrakizil nurlari, elektromagnit maydoni. Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini yoritishga kuyilgan umumiy talablar. Ishlab chiqarish xonalarining va ish joylarining yoritilganligi, mexnat gigienasining muxim kursatkichlaridan biri xisoblanib, mexnatni ilmiy asosda tashkil etishning va ishlab chiqarish madaniyatining ajralmas kismi xisoblanadi. Yoritilganlik insonning tashki muxit bilan bog‘lanishini aniqlovchi va inson miyasiga keluvchi tashki dunyo tugrisidagi ma'lumotlarning sifatini ifodalovchi asosiy kursatkichlaridan biridir. Tugri va normal mikdordagi yoritganlik ish kurollari va jixozlarning rangini, ulchamlarini tezda aniqlashga imkon beradi va ishchining mexnat kobiliyatini uzok muddatgacha saklanib kolishiga, mexnat unumdorligini oshishiga, ishlab chikilgan maxsulotning sifatli bo‘lishiga sharoit yaratib, mexnat xavfsizligini oshiradi Tabiiy yoritish. Tabiiy yoritish yorug‘lik utkazish yullariga bog‘lik xolda yon tomonlama, yukori tomonlama va kombinasiyalashgan, ya'ni xam yon, xam yukori tomonlama bo‘lishi mumkin. Tabiiy yoritish darajasi kunning vaktiga va iqlimiy sharoitlarga bog‘lik xolda ish vakti davomida uzgarishi xisobli, ish joyining yoritganlik bilan emas, balki tabiiy yoritganlik koeffisienti orkali me’yorlashtiriladi. Tabiiy yoritganlik koeffisienti deb xona ichidagi biror nuktaning yoritganligini shu vaktda tashki muxit yoriganligiga nisbatining foizdagi ifodasiga aytiladi: bu yerda Yeu – xona ichining biror nuktasidagi yoritganlik, Lk; Yet – tashki muxitdagi ochik maydondagi yoritganlik, Lk. Tabiiy yoritganlik koeffisienti (e) yon tomonlama yoritganlikda eur ≥ 80% yen ; yukori tomonlama va kombinasiyalashgan yoritganlikda eur ≥ 60% yen bulsa yaxshi xisoblanadi. Tabiiy yoritganlik koeffisienti yorug‘likning iqlimiy koeffisientiga bog‘lik bulib, uning mikdori ishning kurish buyicha razryadiga, farklash ob'ektining eng kichik ulchamiga xamda iklimning yorug‘lik poyasiga bog‘lik xolda maxsus jadvallardan tanlab olinadi va shu asosida binolarga urnatilishi lozim bulgan derazalar xamda fonarlar (yukori tomonlama yoritganlikda) soni aniqlanadi. Sun’iy yoritish. Sun’iy yoritish umumiy yoki kombinasiyalash bo‘lishi mumkin. Kombinasiyalashgan yoritishda umumiy va maxalliy yoritish birgalikda kullaniladi. Umumiy yoritishda xona ichi umumiy chiroklar yordamida yoritilsa, maxalliy yoritishda esa chiroklar bevosita ish joyiga yoki ish jixozi oldiga urnatiladi, masalan, ish stoli ustida urnatilgan kuchma chiroklar, stanoklar yoki boshka ish kurilmalarida urnatilgan chiroklar va boshkalar. Umumiy yoritish va ish jixozi va ish joyining joylashishiga bog‘lik xolda tekis yoki lokal kurinishda buladi. Bundan tashkari, Sun’iy yoritish ishchi yoki avariyaga oid bo‘lishi mumkin. Ishchi yoritishdan normal ish rejimini ta'minlash maksadida tabiiy yoritish bulmagan yoki yetarli. darajada emas joylarda foydalaniladi. Avariyaga oid yoritishdan asosiy yoritish uchib kolgan vaktlarda yongin, portlash, ishchilarni zaxarlanishi, jaroxatlanish xavfi, texnologik jarayonni uzok tuxtab kolishi yoki buzilishi, alokani uzilishi, suv, gaz ta'minoti tuxtab kolish extimoli bor bulgan joylarda xamda namgarchilik postlarida, turli xil sistemalarning punktlarida foydalaniladi. Yoritilganlikni me’yorlashni yengillatish maksadida barcha ishlar aniqlik darajasiga kura 6 razryadga bulingan: uta yukori aniqlikdagi ishlar- 1-razryad; juda yukori aniqlikdagi ishlar- II-razryad; yukori aniqlikdagi ishlar-III-razryad; uta aniqlikdagi ishlar- IV-razryad; kam aniqlikdagi ishlar- V-razryad; dagal ishlar-VI-razryad. Eng yukori yoritilganlik 1 razryaddagi ishlar uchun belgilangan bulib 5000 Lk.ni tashkil etadi, kichik yoritilganlik esa V-razryaddagi ishlar uchun- 75 Lk. kilib belgilangan. Tashki muxitda bajariladigan ishlarda ish razryadiga bog‘lik xolda yoritilganlik 2 dan 50 Lk.gacha buladi. Masalan, MTA larida mashinalarning old kismidagi yoritilganlik 5 Lk, ishchi a'zolardagi yoritilganlik 10 Lk bo‘lishi mumkin. Download 15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling