Ishlab chiqarish faoliyati Tovar birjasining maqsadi. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati
Korxonaning boshqaruv tarkibi deganda
Download 23.67 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruv bo‘g‘ini
Korxonaning boshqaruv tarkibi deganda, boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va vazifalarini bajaruvchi, o‘zaro bog‘langan turli boshqaruv organlari va bo‘g‘inlarining majmui tushuniladi.
Boshqaruv tarkibi ishlab chiqarish tarkibi deb ham yuritiladi. Bunda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi. U o‘zaro bog‘langan asosiy, yordamchi hamda xizmat ko‘rsatuvchi jarayonlardan iborat bo‘lib, bu jarayonlar bo‘limlar va xodimlar o‘rtasida mehnat taqsimotini talab etadi. Shu maqsadda ishlab chiqarish bo‘limlari va ularga xos boshqaruv apparati tuziladi. Bo‘linmalar yig‘indisi, ularninng tarkibi va o‘zaro aloqa shakllari korxonalarning ishlab chiqarish tarkibini tashkil etadi. Boshqaruvning maqsadi, vazifasi, ob’ekti va organlari uning tashkiliy tarkibini belgilab beradi. Tashkiliy tarkiblarni hosil qiladigan boshqaruv organlari boshqaruv bo‘g‘inlari va boshqaruv bosqichlari shaklida bo‘ladi. Boshqaruv bo‘g‘ini boshqaruvning ayrim yoki qator vazifalarini bajaruvchi mustaqil bo‘limlardir. Bu bo‘limlar o‘rtasidagi bog‘lanish va aloqalar gorizontal xarakterga ega bo‘ladi. Boshqaruv bosqichi ierarxiyaning muayyan darajasida amal qiladigan bo‘g‘indir. Masalan: Vazirlik → birlashma → korxona → tsex → uchastka Boshqaruv bosqichlari bir boshqaruv bo‘g‘inining ikkinchisiga, odatda, quyi bo‘g‘inning yuqori bo‘g‘iniga izchillik bilan bo‘ysunishini ko‘rsatadi. Bu vertikal bo‘yicha bo‘linishdir. Barcha bo‘g‘in hamda bosqichlarning tarkibi, ularning o‘zaro bo‘ysunish tartibi, har bir boshqaruv organi va bo‘g‘inining huquq hamda burchlari, ular o‘rtasidagi munosabatlar boshqaruv tizimini tashkil etadi. Boshqaruv tizimini turli jabhalarga bo‘lish mumkin: butun tarmoqni boshqarish; har bir tarmoq tasarrufidagi korxonalarni boshqarish; korxonalar ichidagi bo‘limlarni boshqarish va h.k. Download 23.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling