Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig'I


Download 1.17 Mb.
bet17/89
Sana09.01.2022
Hajmi1.17 Mb.
#260254
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   89
Bog'liq
ISHLAB-CHIQARISH-IMKONIYATLARI-CHIZIGI

1 kg piyozning narxi

(so'm)

Haftalik talab miqdori

(kg)

Haftalik taklif miqdori

(kg)

500

2 000

12 000

400

4 000

10 000

300

8 000

8 000

200

11 000

4 000

100

16 000

1 000


A
S
na shu jadval ma'lumotlari asosida quyidagi grafikni yasaymiz:




10-rasm.Muvozanat narx
Bozorda piyoz qaysi narxda sotiladi? Piyozning 1 kg 500 so'm bo'lsa,bu narx bozor narxi bo'la oladimi? "Yo'q",chunki bu narxda sotuvchilar 12 000 kg piyoz taklif qilsalarda,xaridorlar bu narxda faqat 2000 kg sotib oladilar.Natijada 10 000 kg piyoz sotilmay qoladi.Bu narx bozorda uzoq vaqt turmaydi.Endi piyoz narxi 400 so'mga tushadi.Vaziyat o'zgardi.Narxning pasayishi xaridorlar talabini bir oz oshirdi.Ortiqcha taklif endi 6000 kg piyozni tashkil etdi.Biroq ortiqcha tovar,sotuvchilar o'rtasida raqobatni kuchaytiradi,natijada piyozning narxi yana tushadi.Endi grafikning quyi qismiga e'tibor beraylik.Piyozning 1 kg narxi 100 so'm bo'lsa,xaridorlar 1600 kg piyozni sotib olish imkoniyatlariga ega bo'ladilar.Ammo bu narxda sotuvchilar faqat 1000 kg piyoz taklif qilishlari mumkin.natijada tovar taqchilligi yuzaga keladi.Piyozning 1 kg narxi 200 so'm bo'lganda xaridorlar 11 000 kg piyoz talab qilsa,sotuvchilar 4 000 kg piyoz taklif qilishi mumkin.Bunda ham tovar taqchilligi yuzaga keladi va bu taqchillik 7 000 kg piyozni tashkil qiladi.

1 kg piyozning narxi 300 so'm bo'lganda talab qilingan tovar yoki xizmat miqdori taklif qilinayotgan tovarlar miqdoriga teng bo'lib qoladi.Bozorda taqchillik yoki ortiqcha tovar yoki xizmat ko'rsatish bo'lmaydi.Grafikdagi yo'naltirgichlarga ( ) e'tibor bering: ortiqcha taklif narxni tushiradi,taqchillik esa narxni oshirib yuboradi.

M nuqtadagi narxni iqtisodchilar bozor narxi (bozor klringi) deb atashadi.Bozor natxini muvozanat narx deb ham ataydilar.Bozorda muvozanat narxning uzoq muddatda saqlanib qolinishi iqtisodiy barqarorlikni ta'minlab boradi.



Talab va taklifning o'zgarishi.Yuqorida ko'rib o'tganimizdek,talab ham,taklif ham ba'zi omillar tufayli o'zgarishi mumkin.Bunday o'zgarishlar muvozanat narxni ham o'zgarishiga olib keladi.

Talabning o'zgarishi.Muvozanat narx grafigida taklif o'zgarmaganda talabning o'zgarishini tahlil qilib ko'raylik.(11-rasm va 12-rasm).



11-rasm.Taklif o'zgarmaganda talabining ortishi muvozanat narxning ortishiga olib keladi.

Bozor narxi 300 so'm bo'lgan vaziyatda 8000 kg piyoz sotilar edi.Aytaylik keyingi haftada xaridorlar yana qo'shimcha 2000 kg piyoz sotib olishni talab qildilar.Bunga aholi sonining ortishi,turli xarajat sarf qiluvchi marosimlarning ko'payishi kabi omillar ta'sirida talab ortib, piyozning 1 kg ning narxi endi 400 so'mga ortadi(11-rasm).Demak,taklif o'zgarmaganda talabning ortishi muvozanat narxning ortishiga olib keladi va grafikda talab chizig'i o'ng tomonga siljiydi..

P

500
400


300
200
100


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling