Fevral oyi oxirida narx: 1,06*(1+0,15) = 1,219
Mart oyi oxirida narx: 1,219*(1+0,1) = 1,341
aprel oyi oxirida narx: 1,341*(1+0,05) = 1,408
Agar 10 mayga narxlar 5% (15/3)ga ortgan deb tasavvur qilsak,unda bu kunga kelib 10 yanvar oyi bilan taqqoslaganimizda narx darajasi 1,408*(1+0,05) = 1,478 ni tashkil etadi.
Sunday qilib 10 yanvar – 10 may oarlig’ida narxlar 1,478 ga o’sgan.
Masala shartiga ko’ra nominal daromad 30% ga (1,3) ortgan.
Real daromad 10 yanvarga nisbatan 88% ni tashkil etgan:
1,3/1,478 = 0,88
Real daromad 12% ga kamaygan.
Javob: 10 yanvar – 10 may mobaynida o’qituvchining real daromadi 12% ga kamaygan.
Mustaqil yechish uchun masalalar:
13. 2006 yil 1 martida Gazli shahrida konchilar o’tgan yilning noyabr oyi ish haqini 400 ming so’m miqdorda olishgan.Agar narx darajasining o’sishi 8% ni tashkil etsa,Mart oyining 1-kunida 400 ming so’m ga sotib olingan tovar va xizmatlar 2005 yil 1 dekabrda qancha turishini aniqlang.
14.Nilufar bankda yillik 8% li jamg’armaga ega.U “Yoshlar kelajagi” jurnaliga obuna bo’lish uchun bir yilga 12000 so’m to’ladi,ikki yillik uchun 22 000 so’m to’ladi.Nilufarga ikkinchi yili obuna qanchaga tushgan?
15.Iqtisodiyotda ikkita X va Y tovarlar ishlab chiqariladi.Iste’molchilar daromadining yarmini X tovarni,yarmini Y tovarni sotib olishga sarflaydi.
a) yiliga X tovarning narxi 5% ga, Y tovarning narxi 15% ga ortdi.Iste’mol tovarlar indeksini hisoblang (o’tgan yilgi narxlar indeksi 100 ga teng).;
b) Endi hech qanday sharoit o’zgarmaganda iste’molchilarning daromadining yarmidan ko’pi X tovarga srflanayotgan bo’lsa,iste’mol tovarlar indeksini hisoblang.
Do'stlaringiz bilan baham: |