Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig'I


Pulning bahosi –unga bo’lgan talab va taklifga nisbatan aniqlanadi.Pulning qadri esa uning xarid qilish qobiliyati bilan o’lchanadi


Download 1.17 Mb.
bet81/89
Sana09.01.2022
Hajmi1.17 Mb.
#260254
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   89
Bog'liq
ISHLAB-CHIQARISH-IMKONIYATLARI-CHIZIGI

Pulning bahosi –unga bo’lgan talab va taklifga nisbatan aniqlanadi.Pulning qadri esa uning xarid qilish qobiliyati bilan o’lchanadi.

Pul bozorida talab va taklif nisbati prosent stavkasi bilan aniqlanadi.Pul bozorida muvozanat boolmagan hol yuz berganda , qimmatbaho qog’ozlar narxini o’zgartirish orqali muvozanatga keltiriladi.Pul bozorida muvoznat bo’lganda qimmatbaho qog’ozlar narxi o’zgarmaydi,pulga talab va taklif teng bo’ladi.Bank tizimi ikki yoki uch pog’onali bo’ladi.O’zbekistonda ikki pog’onali bank sistemasi joriy qilingan: Markaziy bank va tijorat banklari.Tijorat banklari aktiv va passivga bo’linadi. Aktivlar qarz mablag’lari beradi,passivlar pul mablag’larini jalb qiladi.Bundan tashqari ular turli bank xizmatlarini ko’rsatishadi.

Tijorat banklari kredit tizimini asosini tashkil etishadi.Ular pul jamg’aruvchilar va undan foydalanuvchilar o’rtasida vositachilik qiladi.Bankka jalb qilingan mablag’lar uning qarz majburiyati bo’lib-bankning passivi hisoblanadi.Ssudalar,qimmatbaho qog’ozlar,naqd pullar va zaxiralar bankning aktivini tashkil etadi.Markaziy bank tijorat banklariga majburiy zaxira me’yorini belgilaydi.Aktivdan olingan bu zaxira markaziy bankning tijorat banm hisob-raqamida turadi.Bank zaxira me’yori qancha kichik bo’lsa,tijorat bankning qarzni shuncha ko’p berish imkoniyatiga ega bo’ladi.Qarz berish uchun foydalaniladigan mablag’ bir necha marta muomilada bo’lib,multiplikator effektini keltirib chiqaradi,ya’ni keridit berish hajmi kengayib ketadi.Shuning uchun pul massasini ortishi qarzga bergan mablag’largagina emas,balki majburiy zaxira me’yoriga teskari nisbatda bo’lgan pul multiplikatoriga ham bo’g’liq bo’ladi.

Mamlakatda inflatsiyani oldini olish,to’liq bandlikka erishish maqsadida davlat kredit-pul siyosatini yuritadi.Buning uchun muntazam pul taklifini nazorat qilib boradi.Pul taklifini tartbga solish uchun markaziy bank turli vositalarni ishga soladi.Birinchi navbatda ochiq bozorda turli tadbirlarni o’tkazadi yoki foizlarni,zaxira me’yorlarini o’zgartiradi .Markaziy bank ochiq bozorda kredit uchun foiz stavkasini va qarzga talabni o’zgartirish orqali tijorat banklarining qarz berish mablag’laridan foydalanishga ta’sir o’tkazadi.Tijorat banklarning qarz berish mablag’larini qisqartirish bilan qimmatbaho qog’ozlarni aholiga ommaviy ravishda sotish,kredit keyinchalik hajmini ortishiga yo’l qo’ymaydi.Aholining tijorat banklarida mablag’larning ko’payishi kredit foiz stavkasini pasaytiradi.Pul taklifi o’chamini tartibga solish bilan markaziy bank iqtisodiyot rivojlanishida faol ishtirok etadi.


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling