Mikroprosessorli ommaviy sarf o‘lchagich rija mikroprosessorli ommaviy sarf o‘lchagich


Download 225.34 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi225.34 Kb.
#1546187
  1   2   3   4
Bog'liq
Mikroprosessorli ommaviy sarf o


Mikroprosessorli ommaviy sarf o‘lchagich
RIJA

  1. Mikroprosessorli ommaviy sarf o‘lchagich

  2. Datchiklar o‘lchov o‘zgartkichlari

  3. Spektrometrik uslubning asosiy g‘oyasi



Mikroprosessorli ommaviy sarf o‘lchagich
Neft maxsulotlarining massasini ularni qabul qilib olish va sotish operasiyalarida
hisobga olishning mavjud usullari odatda, bilvosita o‘lchashlarga asoslangan. Bu hol o‘lchash aniqligini oshirishga imkrn bermaydi. Massani bevosita o‘lchashning
qo‘llanilayotgan usullari texnalogik emas, chunki u maxsus qo‘shimcha
operasiyalarni kiritishni talab qilib, u ba’zan maxsulotni jo‘natish uchun ketadigan
vaqtga o‘lchovdosh vaqt kiritilishini talab etadi.
Bevosita to‘kish yoki quyish texnalogik jarayonlar vaqtida amalga oshiriladigan
suyuq neft maxsulotlarining sarfini aniq og‘irlik hisobi tizimi juda katta unumdorlik bilan ishlatilmoqda. Tizim natijalarga ishlov berish va jarayonni boshqarish uchun tenzometrik o‘lchash uslublarini va mikroprosessor texnikasini qo‘llanishga asoslangan. Sarfning og‘irligini o‘lchash sitemasining ishlash prinsipi neft maxsulotlari oqimining ayrim porrsiyalarini ketma – ket tortib olishdan iboratdir. Uzluksiz oqimni ta’minlash uchun maxsulotni topshirishda qurilmaning chiqishida yoki maxsulotning qabul qilishda (qo‘yishda) qurilmaning kirishida oqim ikki chiziqqa (liniyaga) ajratiladi. Bunda chiziqlardan biri bo‘yicha maxsulot qurilma chiqishiga qarab oqayotganda ikkinchi chiziqda o‘lchash amalga oshiriladi. SHuning uchun tizim oqayotgan maxsulotning istagan miqdorini o‘lchash uchun qo‘shimcha vaqt sarflamasdan bevosita texnalogik operasiyalarda foydalanilishi mumkin. Tizim (4.22 – rasm) kuch o‘lchovchi tenzorezistorli datchiklar 2 ga osilgan ikkita idish (rezervuar) 1a va 16 dan iborat.



15-rasm. Neft maxsulotlari suyuqligi sarfiog`irlik hisobi tizimi.

Datchiklar o‘lchov o‘zgartkichlari 3 bilan biriktirilgan bo‘lib, uning chiqish


signali davri neft maxsulotlari bo‘lgan rezervuar og‘irligiga chiziqli bog‘liq.
Rezervuarlar egiluvchan silfonlar yordamida texnalogik truboprovod 4 tizimi bilan
biriktirilgan bo‘lib, ular bo‘ylab rezervuarlarga navbati bilan neft maxsuloti oqib
keladi va ulardan navbati bilan to‘kiladi. Bu jarayonni boshqarishni operatorning
buyrug‘iga ko‘ra elektroboshqariluvchi quyish A va to‘kish V ventillari yordamida
mikrokantroller 5 amalga oshiradi. Tizimning kirishi va chiqishidagi maxsulot sarfi
drossellar D orqali tartibga solinadi. S ventillar jarayonni avariya holatida to‘xtatiladi
A va V ventillar vazifasini takrorlaydi. Bevosita quyib berish krani E orqali to‘kish
operasiyalarida jarayonni ishga tushirish va to‘xtatish imkoniyati ko‘zda tutilgan.
Rezervuarlardagi maxsulot sathini nazorat qilish quyi QS va yuqori YUS sathlarining magnitoboshqariluvchi datchiklari yordamida, amalga oshiriladi. Sath datchiklari o‘zgartkichlaridan kelayotgan signallar va ventillar holatini bildiruvchi kvitirlovchi signallar mikrokantrollerga keladi va tizimni boshqarish uchun foydalaniladi uning holatini nazorat qilish va hamma quyib berilgan va qabul qilib olingan maxsulotni hisoblash uchun foydalaniladi.
Neft maxsulotlarini quyib berishdagi tizimning ishlashini ko‘rib chiqamiz (16
– rasm). Faraz qilaylik, masalan, boshlang‘ich paytda rezervuar 1a bo‘shatilgan,
rezervuar 1b esa to‘ldirilgan bo‘lsin. Bu holda “Ishga tushirilsin” (“Pusk”)
buyrug‘idan so‘ng to‘ldirilgan rezervuarning og‘irligi RNV ni aniqlash va uni xotiraga yozish ishi bajariladi, keyin bu rezervuarning V ventileni ochishga buyruq beriladi. 1b rezervuardan maxsulot quyib olina boshlaydi. SHundan so‘ng 1a rezervuarni to‘ldirish ventili A ni ochishga buyruq berildadi. Bunda quyish tezligi tukish tezligidan ortiq bo‘ladi. SHuning uchun 1a rezervuardagi maxsulot sathi boshqa rezervuarni bo‘shatish jarayonida YUS datchigiga etid oladi. Bu datchikdan berilgan signalga binoan 1a rezervuarning A ventili berkitiladi va suyuqlikni hamda rezervuarni tinchlantirish uchun zarur bo‘lgan τ vaqt o‘tgandan so‘ng controller to‘ldirilgan 1a rezervuarning RNA og‘irligini aniqlash va xotiraga olishni amalga Og‘irlikni aniqlash A va V ventillar berkitilgan holda, ya’ni statik rejimda amalga oshirilishini ta’kidlab o‘tamiz. Bu xatolikning dinamik tashkil etuvchilari paydo bo‘lishining oldini oladi. SHu o‘lchashdan so‘ng 1b rezervuardagi maxsulot sathi datchikning QS holatigacha pasaygan va bu datchik ishlab ketgan paytda mikrokantroller 1b rezervuardan maxsulotni chiqarishni (to‘kishni) to‘xtatadi va shu bilan bir vaqtda 1a rezervuardan maxsulotni to‘kishni (chiqarishni) boshlaydi. Uning buyrug‘iga ko‘ra bir rezervuarning V ventili berkitiladi va ikkinchisining V ventili ochiladi. Tinchlantirish vaqti τ o‘tgandan so‘ng 1b bo‘shatilgan rezervuarning REV og‘irligini aniqlash va bir siklda berib yuborilgan maxsulotning R1=RNV – RSV porsiyasining og‘irligini hisoblash amalga oshiriladi. Og‘irlikning kilogram hisobidagi qiymati indikasiyaga chiqariladi. So‘ng bo‘shatilgan 1b rezervuarni to‘ldirish uchun A ventil ochiladi. YUS datchigidan kelgan signalga ko‘ra uni to‘ldirish to‘xtatiladi, τ vaqtdan so‘ng to‘ldrilgan rezervuar og‘irligining yangi Rnv qiymatini aniqlash va xotirlash amalga oshiriladi. Endi 1a rezervuardagi maxsulot sathi datchikning QS holatigacha pasaygandan so‘ng mikrokantroller 1a rezervuardan to‘kishni va 1b rezervuardan to‘kish boshlanishilishini bir vaqtda to‘xtatish uchun buyruq beradi, τ vaqtdan keyin to‘kilgan (bo‘shatilgan) 1a rezervuarning Rsa og‘irligini aniqlash, ikkinchi siklda berib yuborilgan maxsulotning R2≈Rna-Rsa porsiyasi og‘irligini hisoblash va berilgan maxsulotning yig‘indi og‘irligi R1+R2 ni hisoblash amalga oshiriladi. Bu qiymat indikasiyaga chiqariladi. Keyin 1a rezervuarni takroriy to‘ldirish boshlanadi va sikl takrorlanadi. Keyingi har bir silkda berilgan (jo‘natilgan) maxsulot og‘irligining qiymati oldin berib yuborilgan maxsulot og‘irligiga qo‘shiladi va indikasiyalanadi. Maxsulotni berish boshqarish pultidan “To‘xta” (“Stop”) signaliga ko‘ra to‘xtatiladi. Berilgan maxsulotning maksimal miqdori amaldagi indikasiya sig‘imiga ko‘ra aniqlanadi. Tizimda u 100 t teng deb tanlangan, shuning uchun indikasiyaga oltita o‘nlik raqam chiqariladi (og‘irlik klogram hisobida). Berilgan maxsulotning to‘liq og‘irligi, indikasiyadan tashqari ikkilik o‘nlik kod bilan (oltita xona) iste’molchilar bilan hisob – kitob qilish tizimida bundan keyin foydalanish uchun maxsus buferli registorga chiqariladi.


Download 225.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling