Mikroprosessorli ommaviy sarf o‘lchagich rija mikroprosessorli ommaviy sarf o‘lchagich
– rasm. Og‘irlik hisobi tizimi ishlashning vaqtga bog‘liq diagrammalari
Download 225.34 Kb.
|
Mikroprosessorli ommaviy sarf o
16– rasm. Og‘irlik hisobi tizimi ishlashning vaqtga bog‘liq diagrammalari
Tizimni ko‘rib chiqilgan ishlar rejimida (tartibida) o‘zgarmas unumdorlik Qchiq (16 – rasmga q.) bilan maxsulotni uzluksiz ravishda berib turish (sotish) ta’minlanadi. Bunga, agar maxsulotni quyish vaqti t uni to‘kish vaqti T dan kichik bo‘lganda, ya’ni shatr bajarilganda erishiladi. Qkir va Qchiq unumdorliklarni tartibga solish D drossellar orqali amalga oshiriladi. Tengsizlik darajasi shartlar o‘zgarganda unumdorliklarning nominal qiymatlardan og‘ishning yo‘l qo‘yilgan qiymatlarini aniqlaydi. Tengsizlik buzilganda tizim chiqishida pulsasiyalanuvchi, uzlukli oqimni beradi, bu esa har doim ham maqsadga muvofiq bo‘lavermaydi. Bu holda mikrokantroller boshqarish pultida “Uzlukli oqim” signalini ulaydi. Tuzilmaviy shakllari va harakat rejimlarining xilma – xilligi bilan farqlanuvchi, murakkab va tarkibi bo‘yicha o‘zgaruvchi gazli, suyuq (suv, neft, kondensat) va qattiq (qum va boshqa mexanik qorishmalar) fazalar aralashmasidan iborat moddaning sarflanishi o‘lchanayotganda bunday oqim sarfini oldindan seperasiyasiz o‘lchash murakkab ilmiy – texnik muammo hisoblanadi. Hatto seperasion vositalari ham kam samarali bo‘lgan hollarda ham yuqori gaz omiliga ega yuqori tezlikli oqimlarni o‘lchashda alohida qiyinchiliklar vujudga keladi. Sarflarni o‘lchash (rasxodametriya) sohasida o‘tkazilgan ko‘p yillik tadqiqotlar mazkur muammoni hal etish yo‘lini taklif etishga imkon beradi. O‘lchashning ishlab chiqilgan va patent olgan yangi spektrometrik uslubi asos bo‘lib xizmat qildi. U yuqori gazli omilli yuqori tezlikli oqimlar sharoitida samaralidir. Bu uslub maxsulotni yig‘ishning truboprovod tizimida fluktuasion jarayonning (bosim fluktuasiyasi) spectral fazalarning oqimda sarflanishi to‘g‘risidagi axborot manbai sifatida foydalanishga asoslanadi. Spektrometrik uslubning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, bunda fazalar sarfini ko‘p fazali oqimda fluktuasion jarayonning quvvati spektrining chastotaviy komponentlari bo‘yicha hisoblashdir. Bosim fluktuasiyasini hisoblash maxsus oqimni o‘lchash o‘zgartkichi bilan amalga oshiriladi (11– rasm). O‘lchash o‘zgartkichining asosiy elementlari maxsus 1 konstruksiyali torayuvchi qurilma ko‘rinishidagi oqim shakllantirgich va bosim fluktuasiyasi datchigi hisoblanadi. Torayuvchi qurilma quyidagilarga imkon beradi: qurilmaning chiqishida fazalar sarfi o‘zgarishlarining keng oraliqlarida ma’lum muntazam tuzilma oqimini shakllantirish; gidrodinamik tizimda quvvatning chastotaviy spektrining berilgan axborot xossalariga ega fluktuasiya jarayonini uyg‘otish. Download 225.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling