O’zbek importchilari so’mni taklif qilishadi;
Amerikalik importchilar so’mning xaridori bo’lishadi.
So’mni taklifi va unga bo’lgan talab so’mga bo’lgan dollar narxini belgilaydi.Agar dollarning muvozanat narxi so’mga nisbatan 1000 so’m bo’lsa,1$ ga 1000 so’m sotib olish mumkin bo’ladi.Yoki 1000 so’mga 1$ turadigan AQSH tovarini sotib olish mumkin ekan.
Valyuta kursini o’sishi va kamayishiga doir voqealar:
AQSH da daromad ortsa,amerikaliklar O’zbekistondan ko’p tovarlar sotib olishi mumkin.Natijada so’mga bo’lgan talab ortadi.1$ = 1000 so’m bo’lgan bo’lsa,endi 2$ =1000 so’m bo’lishi mumkin.Agar so’mning dollar bahosi ortsa: dollarning so’mga nisbatan qiymati tushdi yoki kursi pasaydi deyiladi.
O’zbekistonda daromadlar ortdi.Valyuta bozorida so’mning taklifi ortdi.So’m taklifining unga bo’lgan talabdan ortib ketishi so’mga nisbatan dollar qiymatini kamaytiradi.1$=1000 so’m bolgan bo’lsa,endi 1$ = 2000 so’m bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |