Ishlab chiqarish imkoniyatlari va ulardan natijalari


Ishlab chiqarishning qisqa muddatli xarajatlari


Download 222.5 Kb.
bet6/8
Sana11.07.2023
Hajmi222.5 Kb.
#1659610
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ishlab chiqarish imkoniyatlari va ulardan natijalari

4.Ishlab chiqarishning qisqa muddatli xarajatlari

Qisqa muddatli davr mobaynida resurslarning bir qismi o‘zgarmas holatda, boshqa bir qismi ishlab chiqarish xajmining ortishi yoki kamayishi natijasida o‘zgarishi mumkin.


Unga mos ravishda qisqa muddatdagi xarajatlar doimiy (o‘zgarmas) va o‘zgaruvchan xarajatlarga bo‘linadi.
O‘zgarmas (Doimiy) xarajat (FC - Fixed cost) - bu qisqa muddatli oraliqda mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan xarajatdir (mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshganda ham, kamayganda ham o‘zgarmaydigan xarajat). O‘zgarmas xarajatlarga binodan, texnikadan, inshootlardan, ishlab chiqarish uskunalaridan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar, ijara haqi, sug‘urta to‘lovlari, bank kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlari, amortizasion ajratmalar, kapital ta’mirlash, ma’muriy xarajatlar kiradi.
O‘zgaruvchan xarajat (VC - Variable cost) - mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lgan xarajat, ya’ni mahsulot hajmi oshganda yoki kamayganda o‘zgaradigan xarajat. O‘zgaruvchan xarajatlarga xom ashyoga, elektroenergiyaga, gazga, yordamchi materiallarga bo‘lgan xarajatlar hamda ish haqi kiradi.
Doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarning yig‘indisi yalpi xarajatlarni keltirib chiqaradi.
Yalpi xarajatlar (TC - Total cost) - qisqa muddatli oraliqda ma’lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan o‘zgarmas va o‘zgaruvchan xarajatlarning yig‘indisiga teng:
TC=FC+VC(Q)
bu yerda FC - o‘zgarmas xarajat, VC(Q) - o‘zgaruvchan xarajat.
Yalpi doimiy xarajatlar (TFC – total fixed cost) barcha doimiy ishlab chiqarish omillariga bo‘lgan yalpi xarajatlar.


TFC = p1q1+p2q2+...+pnqn

Download 222.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling