Ishlab chiqarish jarayoniga yangi, samarali texnologiyalarni tatbiq etish. Reja
Download 485.49 Kb.
|
Ishlab chiqarish jarayoniga yangi, samarali texnologiyalarni tatbiq etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish jarayoniga yangi, samarali texnologiyalarni tatbiq etish.
Ishlab chiqarish jarayoniga yangi, samarali texnologiyalarni tatbiq etish. Reja: Ishlab chiqarish jarayoniga yangi, samarali texnologiyalarni tatbiq etish Innovatsion tadbirkorlik Foydalanilgan adabiyotlar Ishlab chiqarish jarayoniga yangi, samarali texnologiyalarni tatbiq etish. Jahon gloaballashuvi jarayonida kuchli raqobat har sohada yangilikka undaydi. Fandagi texnika-texnologiya sohalaridagi eng so‘nggi yutuqlar, kashfiyotlar, yangiliklar, ratsionalizatorlik takliflarni ishlab chiqish va xizmat ko‘rsatish sohalariga shiddat bilan kiritilib boriladi va marketing, boshqaruv, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalarida yangi yondashuv, yangi texnologiya, texnikalarni qo‘llashni talab qiladi va texnologiyalarni yangi avlodini qo‘llash asosida mablag‘ kiritilishi investitsiyadan dalolat beradi. Yangilik kiritilishi asosida mavjud texnika va texnologiyalarni almashtirilishi ham investtsiyani anglatishi mumkin. Fan va texnika taraqqiyoti natijalari asosida yangi texnika, texnologiyalarni qo‘lga kiritilishi ham investitsiya ma’nosida ishlanadi. Investitsiyani aniqlovchi omil bo‘lib yangilik yaratilishi, ratsionalizatorlik takliflar yirik tashkilotlar va shunga tegishli ilgari e’lon qilinmagan yirik ishlanmalar xizmat qiladi. Kichik raqobat muhitida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida investitsiya ishlab chiqarishni yangi texnika va texnologiyani qo‘llash asosida tashkil etishni, xizmat ko‘rsatish sohasida yangi, avval qo‘llanilmagan xizmat turlarini nazarda tutadi. Innovatsiya tushunchasi yangi maxsus turlarni mavjud ishlab chiqariladigan mahsulotni almashtiruvchi, uning o‘rnini bosuvchi yangi mahsulotni ishlab chiqarishni ham anglatadi. Kuchli raqobat muhitida yangi texnika va texnologiyalarni qo‘llash asosida yangi mahsulotni, yangi bozorga olib chiqishni ham bildiradi. Investitsiya kashfiyotlar asosida fan va texnika sohasida yangi bilimlarni qo‘llashga kiritilishini, yangi ilg‘or texnika va texnologiyalarni yaratilishini, ularni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida qo‘llanilishini, ular asosida yangi tovar va xizmatlarni yaratilishini va ular hisobiga raqobatni kuchaytirishni, yangi bozorni egallashni ham anglatadi. Har qanday iqtisodning bosh bo‘g‘inini ishlab chiqarish tashkil etishi munosabati bilan, uni muntazam ravishda yuksaltirish, yangilanishni, ilg‘or texnika va texnologiyalardan foydalanishni, progressiv boshqaruv usullarini qo‘llashni, turli yo‘nalishlarda samara keltiruvchi iqtisodiy-moliyaviy resurslarni, ya’ni investitsiyalarni kiritishni talab etadi. Jahon sivilizatsiyasi tarixi tasdiqlashicha, iqtisodiyotni rivojlantirishning bosh kuchi bo‘lib tadbirkorlik xizmat qiladi. Tadbirkor har qanday imkoniyatni boy bermasdan, o‘z manfaatida o‘zi uchun iloji boricha maksimal yutuq maqsadida, hech qanday talofatlardan qo‘rqmay tashabbusni qo‘lga oluvchi, kuchli va harakatchan insondir. A. Smitni ko‘zga ko‘rinmas qo‘l qoidasiga binoan, tadbirkor har qanday imkoniyatni nafaqat o‘zi uchun balki jamiyat kelajagi uchun ishlatuvchidir. Tadbirkor bo‘lish, demak, yangi ishni amalga oshirish qarorini qabul qilishdir. Tadbirkorlik, iste’molchilarni turli tovar va xizmatlar bilan ta’minlash yo‘li bilan, daromadni oshirishga qaratilgan turli faoliyatdir. Tadbirkorlik faoliyati doimiy ravishda o‘z mulkiy mas’ulligidan, o‘z qo‘rquv va tavakkalligidan kelib chiqib yuritiladigan faoliyat hisoblanadi. Haqiqiy tadbirkor faqat o‘z g‘oyasiga ega bo‘lgan insonlardir, olimlarni fikriga ko‘ra, dunyodagi insonlarni faqat 15-20 foizigina tadbirkordek fikr yuritish va harakat qilish qobiliyatiga egadirlar. Amerikaliklar tadbirkorlarning millatini “oltin foyda” deb atashadi. Nobel’ mukofoti laureati, taniqli iqtisodchi Fridrix Fan Xayekni fikricha, tadbirkorlikning mohiyati yangi iqtisodiy imkoniyatlarni izlashdir, uni axtarib topishdadir. Tadbirkorlik oddiygina faoliyat emas, u yaratuvchanlikka mos va xos faoliyatdir. Tadbirkorlikni yuritish va yuksaltirish uchun tadbirkor ijodiy xislatga ega bo‘lishi kerak. Tadbirkor o‘z ishini boshlar ekan, uni u aniq bir jarayon sifatida tasavvur qila olishi va bilishi zarur. Tadbirkorlikka xos bo‘lgan xislatlar bular: tashabbuskorlik; yaratuvchanlik; ijodkorlik; yangilikka intiluvchanlik; o‘zining g‘oyasiga ega bo‘lmoqlik; tavakkalchilik va qaltislikni o‘z bo‘yniga olmoqlik; novatorlik, eskini buzib, ijodiy ravishda yangilikni kiritmoqlik, ya’ni doimiy rivojlanmoqlik; faoliyat oqibatlarini ko‘ra bilmoqlik; o‘z majburiyatlarini bajarmoqlik; o‘z qaroridan qaytmaslik; uddaburonlik va doimiy intiluvchanlik, yaratuvchanlik. Qayd etilgan xislatlarga ega bo‘lganlargina tadbirkorlikni aniq jarayon sifatida tasavvur qila oladilar, buzish qobiliyatiga ega bo‘la oladilar, yangilikni yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Tadbirkorlik taraqqiyoti novatorlikdadir, ya’ni eskini ijodiy yondashuv asosida buzib, yangisini ijod etishdadir. Taniqli nemis iqtisodchisi D.A.Shumpeterni fikriga ko‘ra, texnologiya taraqqiyoti iqtisodiy yuksalishni boshqaradi, novatorlik ya’ni doimiy ijodiy yondashuv va yaratuvchanlik rivojlanishni ta’minlaydi. D.A.Shumpeterni fikriga ko‘ra, inovatorlikni amalga oshiruvchisi bo‘lib tadbirkor xizmat qiladi, moliyaviy mablag‘lar esa uni ta’minotini tashkil etadi. Demak, tadbirkorlik o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra ijodkorlik, yaratuvchanlik, yangilikni tadbiq etmoqlik, tashabbuskorlik negizida tadbirkorlik, uddaburonlik, intiluvchanlik va doimiy rivojlanmoqlikni anglatadi. Ushbu jihatdan tadbirkorlik faoliyati innovatsiya faoliyatidan boshqa narsa emasdir. Haqiqiy tadbirkorlik negizida novatorlik, yangilikni kiritish, hayotga tadbiq etish yo‘li bilan rivojlanishni ta’minlash yotadi. Tadbirkorlik taraqqiyoti intiluvchanlikda, novatorlikda, yangiliklarni tadbiq etmoqlikda, tavakkal qilmoqlikda, qaltislika qo‘l urmoqlikda va o‘z qarorlaridan qaytmaslikda hamda ma’suliyatni seza bilmoqlikdadir. Bularni jami innovatsiya faoliyatiga ham xos bo‘lgan belgilar bo‘lib, tadbirkorlik taraqqiyotini yuksaltirish omili sifatida xizmat qiladi. Tadbirkorlikni innovatsion faoliyatsiz his qilib bo‘lmaydi, ushbu jihatdan tadbirkorlik faoliyati oddiy biznesdan farq qiladi. Tadbirkorlik taraqqiyoti novatorlikdan, erkin bozor talablarini bilmoqlikda, ularni istiqbolini his etmoqlikda, ularga mos tovar va xizmatlarni etkazmoqlikda va shu yo‘l bilan o‘z maqsadlariga erishmoqlikdadir. Faqat innovatsiyalarga tayangan holda tadbirkorlikni yuritish tadbirkorlik faoliyati maqsadiga xos bo‘lgan yutuqlarni va yuqori daromadni ta’minlaydi. Bunda tadbirkorlik faoliyati erkin raqobat muhitida sinmaydi, u faol rivojlanadi, taraqqiyotga erishadi, yuksaladi. Dаvriy rаvishdа yoki so‘rоv bo‘yichа qishlоq xo‘jalik tashkilotlari vа fermer xo‘jaliklarigа kеlib turаdigаn kоnsаlting kompaniyasi hodimlаri ulаrni yangi nаvlаr bilаn, kasаllik vа zаrarkunаndаlаrgа qarshi kurаshish usullаri bilаn, tomchilаb sug‘оrish usullаri bilаn, vеtеrinаr prеpаrаtlаr bilаn, ishlаb chiqаrishni tаshkil qilish usullаri (shu jumlаdаn, informatsion tехnоlоgiya vоsiтаlаri yordаmidа) bilаn, mahsulotlarni sаqlаsh, yetkazish vа sоtishning zаmоnаviy usullаri bilаn hamda jаhоndаgi vа rеspublikаdа ishlаtilаyotgаn yangi texnologiyalar bilаn yaqindаn tаnishtirib turishlаri kеrаk bo‘lаdi. Коnsаlting kompaniyasi o‘zidа mаvjud bo‘lgаn bаrchа ma’lumotlаrni (texnologiyalar, uslubiy materiallar, sprаvоchniklаr, qishlоq хo‘jаligi ishlаb chiqаrishi sаmаrаdоrligini оshirish haqidagi аdаbiyotlаr vа bоshqаlаrni) bаrchа tаnishа vа ishlаtа оlishi uchun Internet pоrtаlidа jоylаshtirishlаri hаm judа muhim tаdbir hisoblаnаdi. Хuddi shu ishlаr аmаlgа оshirilgаn tаqdirdаginа rеspublikаmizdаgi qishlоq xo‘jalik kоrхоnаlаri vа fermer xo‘jaliklari aholini sifатli оziq-ovqat mahsulotlari bilаn tа’minlаb, mamlakatimizning оziq-ovqat havfsizligini tа’minlаb bеrа оlаr edi. Aholi ko‘pаyishi munоsаbаti bilаn 21 аsrdа glоbаl miqyosdа хоzirgi mаvjud yer mаydоnlаridа хоzirgisidаn аnchа ko‘prоq оziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish kераk bo‘lаdi. Маsаlаn, 2050 yilgа kеlib, dunyo аhоlisigа хоzirgidаn 70-90% ko‘p оziq-оvqаt mahsulotlari kеrаk bo‘lаdi. Dеmаk, bu jаrаyon mamlakatimizgа hаm tа’аlluqli vа biz hаm ushbu muammolаrni аyni хоzirgi pаytdа hаl qilishimiz zаrur. Bizdagi oliy ta’lim olgan va ilm-texnikadan biroz xabardor bo‘lgan ko‘pchilik mutahassislar innovatsion iqtisodiyotni barchaning novator (yangilik kirituvchi) bo‘lishi deb tushunishadi. Ammo dunyo miqyosidagi ta’lim muassasalarida innovatsion iqtisodiyot o‘ziga xos ma’noda va ma’lum bir fan sifatida o‘rganiladi. Innovatsion iqtisodiyotning boshqa mahsus dunyoviy fanlardan asosiy farqi shundaki, unda halqaro miqyosdagi ilg‘or texnologiyalar bozori va bu bozorda samarador faoliyat ko‘rsatish usullari o‘rgatiladi. Texnologiyalar va shu bilan birgalikda intellectual mulkka egalik qilish huquqi – xuddi shular barcha ishlab chiqarish korxonalari uchun investitsion jarayonning asosidir. Boshqacha qilib aytganda, tadbirkor, misol sifatida kiyim-kechak ishlab chiqarmoqchi bo‘lsa, u o‘z faoliyatini birinchi navbatda mavjud zamonaviy texnologiyarni o‘rganish va ulardan eng yaxshisini tanlab, sotib olishdan boshlashi lozim. Bizda esa agar tadbirkor kiyim-kechak ishlab chiqarmoqchi bo‘lsa, u ishni jahondagi ilg‘or texnologiyalarni shu sohadagi ilmiy-texnik xodimlarni jalb qilgan holda qiyosiy o‘rganmasdan turib, tayyor uskunalar sotib olishdan boshlaydi. U mavjud texnologiyalarni yaxshi o‘rganmagani tufayli, ko‘pincha bu uskuna eski, hisobdan chiqarilgan yoki ma’naviy jihatdan eskirgan bo‘lib chiqadi. Shu sababli, endi u hech qachon boshqa mamlakatlardagi tadbirkorlar bilan raqobat qila olmaydi va o‘z mahsulotlarini chet mamlakatlarga chiqarishga imkon topa olmaydi yoki chiqara olsa ham, texnologiya eski bo‘lgani tufayli, katta foyda ola olmaydi va raqobatga dosh bera olmay, ishi kasodga uchrashi mumkin. Bilimlarga asoslangan innovatsion iqtisodiyot esa intellectual mulk bozoriga (texnologiyalarga bo‘lgan huquqlar bozoriga) nisbatan ko‘rib chiqilsa, butunlay boshqa rivojlanish mantiqiga ega bo‘ladi. Endi bu kimdir tomonidan mukammallashtirilgan zamonaviy stanok yoki asbob-uskunalar emas, balki shu sohada professional darajada fan va texnika arboblari tomonidan chuqur firklab yaratilgan texnologik jarayondir. Shundan so‘nggina yaratilgan tajribaviy texnologiya investorlarga sotiladi va ular sinov tariqasidagi ishlab chiqarish jarayonini boshlaydilar. Agarda shu holda tajriba sifatida ishlab chiqarilgan mahsulot sufati jahon miqyosidagi talablarga javob bersagina, stanoklar texnologiya bilan birgalikda sotib olinadi. Bizda esa oqibatini chuqur o‘ylamasdan va tegishi ilmiy-texnik izlanishlar qilmasdan turib, tavakkaliga stanok va uskunalar sotib olinib, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish keng tarqalgan. Download 485.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling