Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirishning omillari va tamoyillari
Download 32.9 Kb.
|
3S42Vu qK6ijIknHyb7MlHjqwgCLQ14
bozor iqtisodiyoti omilini ham unutmaslik kerak. Sodda qilib aytganda, bozor iqtisodiyoti-bu ishlab chiqarish erkinligi, raqobat va ochiq iqtisodiyot yurgizishdir. Bunday sharoitda ko„p ukladli iqtisodiyot, mulkchilikning turli shakllari va raqobat, qulay investitsiya makonini vujudga keltirish, monopoliyaga qarshi kurash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois bozor iqtisodiyoti omilini ishlab chiqarish tarmoqlarini hududiy tashkil etishga nisbatan tahlil etar ekanmiz, unda bu boradagi ilgarigi an‟anaviy fikr yuritishlar tamomila o„zgarib ketishi kerak. Chunki, bu sharoitda narsani shu jumladan nimaga ixtisoslashuvni va qayerda joylashtirishni pirovard
natijada bozor, raqobat, talab belgilaydi, davlat esa o„zining mintaqaviy siyosati orqali bu jarayonni boshqarib, tartibga solib turadi. Hozirgi vaqtda qulay investitsiya makonini yaratish ham katta mazmun kasb etadi. Infrastruktura va boshqa sharoitlarning mavjudligi, huquqiy va tashkiliy masalalarning hal etiganligi, kafolatlanganligi xorijiy sarmoyadorlarning kirib kelishiga qulaylik yaratadi. Ko„pincha investorlar huquqiy jihatdan kafolatlangan, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, arzon ishchi kuchi bo„lgan hududlarni qidiradilar. Qurilgan qo„shma korxonalar esa mintaqa va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga, uning tarmoqlar va hududiy tarkibiga sezilarli o„zgarishlar kiritiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni joylashtirish o„ziga xos xususiyatlarga ega. Bu borada tadbirkor albatta foydani, qo„shimcha daromadni ko„zlaydi, davlat esa ish o„rinlarini ko„paytirish, mehnat resurslarini band qilish, ijtimoiy va ekologik muammolarni hal qilish, hududlar rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirishga intiladi. Demak, bunday vaziyatda har iki yo„nalishni muvofiqlashtirgan holda masalani yechish talab etiladi. Download 32.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling