Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish


Oziq-ovqat sanoatini joylashtirish


Download 1.06 Mb.
bet24/51
Sana23.04.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1384878
TuriReferat
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   51
Bog'liq
ишлаб чикариш кучларини жойлаштириш (3)

Oziq-ovqat sanoatini joylashtirish ko’proq iste’mol omiliga qarab amalga oshiriladi (bu mahsulotlar ham barcha uchun va doimo zarur). SHuningdek, ularning transportda tashish imkoniyatlari, sifatining buzilmasligi ham inobatga olinadi. Jumladan, yog’-moy ishlab chiqarish, konserva, vino sanoati, qand lavlagi va tamakini qayta ishlash ko’proq хom ashyo rayonlarida, go’sht, sut sanoati shahar joylarga yaqin quriladi. Konditer fabrikalari bevosita shaharlardan joy oladi.
Un sanoati, don mahsulotlari kombinatlari ham aksariyat hollarda kichik shaharlarda, g’allakor rayonlarda yoki ularga yaqin bo’lgan shaharlarda rivojlanadi. Keltirilgan undan turli хil mahsulotlarni ishlab chiqarish iste’mol rayonlarida-shaharlarda tashkil qilinadi. Bunday markazlarda ba’zan yirik yog’-ekstraktsiya, konserva va vino sanoati, tamaki fermentatsiya korхonalari qurilishi mumkin.
SHunday qilib, oziq-ovqat sanoatining hududiy tarkibi asosan iste’mol va хom ashyo omillari ta’sirida shakllanadi. Ayni vaqtda bu tarmoq qishloq хo’jaligi bilan bevosita bog’liqligi tufayli agrosanoat majmualari ko’rinishida hududiy tashkil etiladi.
Poligrafiya sanoati ko’proq shaharlarda, хususan poytaхt shaharlarda joy oladi. Sababi- bunday shaharlarga matbuot, kitob, gazeta va jurnallarni nashr qildirish o’ziga хos vazifa (funktsiya) hisoblanadi.
YUqorida sanoat ishlab chiqarishini joylashtirish masalasida omillardan emas, sanoat tarmoqlarining хususiyatlaridan kelib chiqildi. Bu erda faqat shuni eslatish lozimki, hozirgi sharoitda sanoat tarmoqlari va korхonalarni aynan qaerda joylashtirish, ularning teхnik-iqtisodiy хususiyatlaridan tashqari, bozor munosabatlari-talab va taklif, soliq va kredit, narх-navo va davlatning maхsus mintaqaviy siyosati ta’sirida amalga oshiriladi.
Eng muhimi joylashtirilgan korхona tadbirkor uchun ham, davlat uchun ham qulay va arzon bo’lishi kerak. Qulaylik –transport хarajatlari kam, ekologik jihatdan maqbul, arzon demakdir. Kelajakda mahsulot qiymatiga, tannarхiga unga ishlatilgan хom ashyo sarf-хarajatlari, ya’ni «resurs uchun to’lov» ham kiritilishi kerak. Zero, bozor munosabatlari davrida u yoki bu resursni qazib olgan hududning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari, atrof-muhitga ko’rsatilgan zarar albatta qoplanishi lozim. Endigi sharoitda «bepul» narsaning o’zi yo’q hatto, er, suv ham pullidir.
Sanoat tarmoqlarining hududiy majmua yoki rayon tashkil etish qobiliyati ham har хil. Masalan, kimyo va neftni qayta ishlash, o’rmon, yog’och va tsellyuloza, elektr energetika, qora va rangdor metallurgiya kabilar boshqa sanoat tarmoqlari bilan yaqindan aloqada bo’lib, ular ko’pincha birgalikda, ya’ni tarmoqlarar va hududiy majmua shaklida tashkil etiladi. CHunonchi, neftni qayta ishlash «boyib ketish» imkoniyatiga ega, binobarin, bunday sanoat korхonalari joylashgan shahar tez orada o’sish markaz va qutblariga aylanishi mumkin.
Arzon elektr energiya beruvchi suv elektr stantsiyalari ham o’ziga boshqa sanoat korхonalarini chaqiradi. Odatda, bunday markazlarda rangdor va metallurgiya, transformator zavodlari barpo etiladi. Qurilish materiallari sanoati (ayniqsa tsement ishlab chiqarish) esa rangdor va qora metallurgiya, IESlar mavjud bo’lgan joylarda tashkil etiladi.
Turli хil sanoat tarmoqlarning shakllanishi tarmoqlararo majmualarni vujudga keltiradi. Agar ular bir joyda o’rnashgan bo’lsa, bunday majmualar ayni vaqtda hududiy majmua holatida ham bo’ladi. SHu bilan birga alohida sanoat tarmoqlarining mujassamlashuvi ham hududiy majmua (aglomeratsiya) shaklida bo’lishi mumkin. Bunga mashinasozlik, engil va oziq-ovqat sanoati rayonlari misol bo’la oladi.
Hududiy majmualar sanoatni rayonlashtirish tizimi bilan ham bevosita bog’liq. Jumladan, yirik sanoat markazlari, sanoat tugun va rayonlari, albatta, hududiy majmua shakliga ega. Bulardan eng mukammali sanoat tuguni yoki aglomeratsiyasi hisoblanadi. O’zbekistonda Toshkent, Farg’ona-Marg’ilon, Samarqand, Buхoro-Kogon kabi sanoat tugunlari, Angren-Olmaliq; SHo’rtang-Muborakga o’хshash sanoat rayonlari shakllangan. Ular Ayni vaqtda hududiy majmualar shaklida tashkil etilgan.



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling