Ishlab chiqarish menejmenti mazmuni, maqsad va vazifalari
Ishlab chiqarish menejmentining vazifalari
Download 25.4 Kb.
|
1 2
Bog'liqmenejment
Ishlab chiqarish menejmentining vazifalariXalqning moddiy va ma’naviy darajasini yanada oshirish, butun ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish asosida, shaxsni har tomonlama rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, mehnat unumdorligini, odamlarning ijtimoiy va mehnat faoliyatini oshirish — ijtimoiy strategiyasining oliy maqsadidir. Shulardan kelib chiqqan holda fanning quyidagi vazifalarini aytib o‘tish mumkin: Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni yanada oshirish, aholining turli-tuman yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish va buning uchun kerakli rezervlarni yaratish. Ishlab chiqarish jarayonlarining mohiyati, ahamiyati, mazmuni, asosiy va yordamchi ishlab chiqarish, sanoat korxonalarining infrastrukturasini, mehnat va unga haq to‘lashning nazariy va amaliy masalalarini o‘rganish; Iqtisodiy islohot sharoitida korxonalarda boshqarishni, ayniqsa iqtisodiy boshqarishni, rejalashtirish, baholash, moliyalash, kreditlash muammolarini yechishni o‘rganish. Mamlakatni yetarli darajada ichki oziq-ovqat va furajli resurslar bilan ta’minlash, boshqa mamlakatlardan keltiriladigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari, ya’ni importni kamaytirib borib, oxiri umuman tugatish, eksportni vaqti bilan kengaytirish. Qishloq xo‘jalik, unga xizmat ko‘rsatuvchi ishlov berish sanoati tarmoqlari, tayyorlov majmuyi, saqlash, transportirovka va savdoning harakati birligini ta’minlab, ularni umumiy maqsadga — aholini yuqori sifatli va turli-tuman mahsulotlar bilan ishonchli va o‘z vaqtida ta’minlashga bo‘ysundirish. Korxonalarda ishlab chiqarish tizimining o‘zgarishi shakllari va yo‘llari, ishlab chiqarishi faoliyatining maqsadi va vazifalari, ularni amalga oshirish yo‘llari va baholash mezonlarini o‘rganish. Mahsulot tannarxini kamaytirish. Xomashyo, material, yoqilg‘i va energiyani tejash. Mehnat samaradorligini oshirish. Asbob-uskunalardan foydalanish va ularni takomillashtirish maqsadida texnik-tashkiliy tadbirlarni ishlab chiqish va mavjud rezervlarni aniqlash. Yuqorida aytib o‘tilgan vazifalarni bajarish uchun menejer — iqtisodchi ishlab chiqarish menejmenti nazariyasini yaxshi bilishi, kerakli miqdordagi yuqori iqtisodiy bilimlar va tajribaga ega bo‘lishi kerak. Download 25.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling