Ishlab chiqarish muhitining ob-havo sharoiti Reja
Ishlab chiqarish havo muhitida zararli moddalaraing yo'l qo'ysa bo'ladigan zichlik miqdorlari
Download 111.78 Kb.
|
1643 (1)
9. Ishlab chiqarish havo muhitida zararli moddalaraing yo'l qo'ysa bo'ladigan zichlik miqdorlari
Texnologik jarayonlarning va ish zonasiga zaharli moddalarning tushishiga qarshi kurash vositalarining: hozirgi ahvolida ishchilarning nafas olish zonasida zaharlarning bo'lmasligini talab etish, albatta me'yoiiy holat hisoblanadi, shunday natijaga erishish esa juda mushkul texnik vazifa bo'lib, uni ado etish katta moddiy xarajatlar bilan bog'liqdir. Shunga ko'ra mehnat gigienasida yo'l qo'ysa bo'ladigan bezarar miqdorlarini asoslash zarurati vujudga keldi. GOST 12.1.005-76 ning «Ish zonasi riavosi» bo'limida bu zichlik miqdori quyidagicha belgilanadi. Ish zonasi havosida zararli moddalarning yo'l qo'yiladigan zichlik miqdorlari—8 soat davomidagi kundalik ishda (dam olish kunlaridan tashqari) yoki boshqacha davomlilikda, biroq haftasiga 40 soatdan oshmagan mehnat jarayonida, butun ish qobiliyati davomida ish jarayonida yoki hozirgi va kelgusi avlodlar hayotining keyingi muddatlarida zamonaviy tekshirish usullari bilan .aniqlanadigan kasalliklar yoki sog'lik holatida chetlanishlar keltirib; chiqara plmaydigan zichlik miqdordir. Ishlab chiqarish zaharlari yo'l qo'yiladigan oxirgi darajasi (YQOD) ni belgilashda: a) moddalarning fizik-kimyoviy xossalari hisobga olinadi; b) tajriba tekshirish natijalaridan foydalaniladi; d) ishlab chiqarishdagi gigienik kuzatuvlar ma'lumotlariga, ishchilarning sog'liq holati va kasallanishga doir materiallarga ham amal qilinadi. Ishlab chiqarishga yangi kiritiladigan birikmalar uchun materiallarning dastlabki ikki gruppasidan va agar yangi texnologiyani ishlab chiqarish jarayonida laboratoriya-ishlab chiqarish uskunalarida olingan gigienik ma'luniotlar bo'lsa, ulardan ham foydalaniladi.Bunday hollarda tavsiya etilgan YQOD gigienik kuzatuv ma'lumotlari, shuningdek, sanoat korxonalaridagi ishchilarning sog'liq holati va kasallanish ma'lumotlarini yig'ishga qadar, ilgari taklif etilgan YQOD miqdorini aniqlash maqsadida vaqtinchalik hisoblanadi. YQOD ni asoslashda moddalarning taqribiy va tuzilish formulasi, molekular massasi va nisbiy zichligi, erish va qaynash nuqtasi, turli muhitlarda eruvchanligi, kimyoviy reaksiyaga kirishish xususiyati va zaharli xossalarning yuzaga chiqishiga ta'sir qila oladigan va havodagi zaharning ta'sir etadigan zichlik miqdorlari paydo bo'lishi imkonini belgilaydigan qator boshqa ko'rsatgichlar hisobga olinadi. YQOD ni belgilashda havodagi moddaning kimyoviy yoki fizik usulda tekshirish majburiy hisoblanadi. Ish xonasi hayosidagi zararli1 moddalar YQOD ni belgilash maqsadida tajriba tadqiqotlari to'liq yoki qisqartirilgan hajmda bajarilishi mumkin. Oxirgi holda tavsiya etilgan YQOD ning taxminiy miqdori hisoblash usuli yordamida olinishi mumkin. Zaharli moddalarning yo’l qo'ysa bo'ladigan zichlik miqdorlaridan ishlab chiqarishdagi sanitariya sharoitiga, sog'lomlashtirish tadbirlarining, masalan, shamollatish samaradorligiga baho berishda shuningdek, yangi sexlar zavodlarni loyihalashda amalda foydalaniladi. Zaharli moddalar YQOD ro'yxati tinimsiz kengaymoqda. YQOD miqdorlari esa gigiena fani nazariya va amaliyotidan olingan ma'lumotlar bilan to'ldirilib, qaytadan ko'rib chiqilmoqda. Ishlab chiqarish korxonalaridagi zaharli moddalarning YQODini belgilashda, shuningdek, ishlab chiqarish zaharlariniig zalfarlilik sinflariga qarab ham belgilanadi. GOST 12.1.007-76 ga asosan zaharli moddalar organizmga ta'sir ko'rsatish darajasiga qarab 4 sinfga bo’linadi: o’ta xavfli, yuqori xayfli, o'rtacha xavfli kam xavfli moddalar. Download 111.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling