Ishlab chiqarish nazariyasi reja I. Kirish II. Asosiy qism
Download 0.92 Mb.
|
Ishlab chiqarish nazariyasi reja I. Kirish II. Asosiy qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- PROGNOZ (Basharot)
- Rejalashtirish
- Foydalanilgan adabiyotlar
6. Prognozlash maqsadi
Prognozning maqsadi – bozorga ta`sir qiluvchi omillarni, shu bilan birga, xo`jalikning umumiy ahvoli, tuzilmaviy siljishlar, investitsion faollik, fan-texnika taraqqiyotining iste`molchi va ishlab chiqaruvchilarga ta`sir ko`rsatishi, an`anaviy mahsulotlardan tashqari korxonaning barqarorligi va raqobatbardoshligiga olib keluvchi «pioner» (yangi) mahsulot ishlab chiqarish istiqbolida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan holatlarini belgilashdadir. PROGNOZ (Basharot) – bu, korxona, obyekt yoki hodisaning kelajakdagi ahvoli va ularni amalga oshirish variantlari va muddati to`g`risidagi ilmiy jihatdan asoslangan mulohazadir. Rejalashtirish va prognozlashtirish o`zaro aloqada bo`lgan ikkita jarayon bo`lib, xo`jalik faoliyatini avvaldan bajarilgan hisob-kitoblar, eng kam tavakkalchilik va eng yuqori natijalarga erishish asosida yuritishni ko`zda tutadi. Prognozlarni ishlab chiqish jarayoni prognoz qilish, ya`ni kelajakni hozirgi paytdan kelib chiqqan holda oldindan ko`ra bilish deb ataladi. Rejalashtirish – qaror qabul qilishning uzluksiz bir jarayoni bo`lib, bu jarayon davomida korxona faoliyati va rivojlanishining maqsad va vazifalari atrofda ro`y berayotgan o`z- garishlarni inobatga olgan holda vaqt bo`yicha aniqlanadi va belgi- lanadi hamda ularni amalga oshirish uchun resurslar aniqlanadi. Mazmuniga ko`ra, rejalashtirish texnik-iqtisodiy va tezkor-ishlab chiqarish turlariga bo`linadi. Texnik-iqtisodiy rejalashtirish korxona faoliyatining barcha (iqtiso- diy, texnik, ijtimoiy va hokazo) jihatlarini qamrab oluvchi rejalashti- rish turi bo`lib, asosan bir yilga mo`ljallangan iqtisodiy va ijtimoiy ri vojlanish rejasi shaklida amalga oshiriladi. Mazkur rejalashtirish turining soddalashtirilgan ko`rinishi ko`pincha korxona faoliyatining yillik rejasi deb ataladi. Korxonalar faoliyati va iqtisodiyotda rejalashtirishdan tashqari prognoz qilish ham katta rol o`ynaydi. Prognoz qilish xo`jalik faoliyati yurituvchi subyektning istiqbolda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan holatlarni ilmiy asoslagan holda avvaldan ko`ra bilishini ifodalaydi. Prognoz qilish rejalashtirish tavsifida o`z aksini topadi: ishlab chiqarish va korxona iqtisodiy hayotining boshqa jihatlarini strategik rejalashtirish –o`rta va uzoq muddatli prognozlar asosida hamda joriy rejalashtirish – qisqa muddatli prognozlar asosida ishlab chiqiladi. Bu yo`nalishlarning ikkalasi ham o`zaro uzviy aloqada o`lib, ishlab chiqarish strategiyasini fan-texnika taraqqiyoti va hayotning real voqeligi bilan bog`laydi. Xulosa Sanoat ishlab chiqarishini rejalashtirish boshqaruv tizimining ajralmas qismidir. U yordamida milliy iqtisodiyotning eng muhim tarmog`i – sanoatning rivojlanishiga taalluqli bo`lgan ko`rsatkichlar muayyan vaqtga belgilanadi. Rejalashtirish o`zining tegishli tamoyil va usullariga ega va ular iqtisodiyot nazariyasida alohida o`rin egalladi. Sanoat ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun aniq topshiriqlar berilishi kerak va ular reja shaklida aks etadi. Sanoat rejasi 12 bo`limdan iborat. Sanoat rejasini tuzish eng murakkab ishlardan biri hisoblanadi. CHunki bunda taraqqiyotning barcha tomonlarini oldindan ko`rish, yahni bashorat qilish hamda bu taraqqiyotni tahminlovchi iqtisodiy va texnik salohiyatning samarali variantlarini qidirib topish kerak bo`ladi. Mustaqillik yillarida rejalashtirishni takomillashtirish borasida anchagina ishlar amalga oshirildi. Lekin xalq xo`jaligini, jumladan, sanoatning rejali, mutanosib rivojlanishining bir qator muammolari hali o`z yechimini topgani yo`q. SHu sababli bu sohada ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish va demokratik davlat, bozor iqtisodiyotining talablariga javob beradigan rejalashtirishni yaratish zarur. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Karimov I.A. O`zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo`nalishlari. -T.: «O`zbekiston». 1996. Tom 2, 3-36 betlar. 2. Karimov I. A. O`zbekiston XX1 asrga intilmoqda. –T.: «O`zbekiston». 2000.352 bet. 3. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz-jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisidagi ma`ruzasi. 2005 yil 28 yanvar. «Xalq so`zi», 2005 yil, 31 yanvar. 4. A. Ortiqov. «Sanoat iqtisodiyoti» (darslik). –T.: TDIU. 2004. 5. E. Maxmudov. «Korxona iqtisodiyoti» (o`quv qo`llanma) –T.: TDIU. 2004. 208-bet. 6. O`zbekiston milliy ensiklopediyasi. 8-9-jildlar.- T.: Davlat ilmiy nashriyoti. 2002-2005. 7. Promqshlennostg Respubliki Uzbekistan 2001-2004 gg. Statisticheskie sborniki. 8. www.gov.uz. - Hukumat sayti. 9. www.press-service.uz. - Prezident sayti. 10. www.tsue.uz - Universitet sayti Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling