Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish
Ishlab chiqarish omillari
Download 26.05 Kb.
|
1403158204 43572
- Bu sahifa navigatsiya:
- ___________________________ ↓_______________________ ↓ ↓ ↓ ↓
- Ishchi kuchi
Ishlab chiqarish omillari barcha iqtisodiy tizimlarda amal qilib kelmoqda. Bu omillarga turlicha ma‘no berilgan. Masalan, “Siyosiy iqtisod” darsliklarida ishlab chiqarish omili 2 turga bo’lingan edi, ya‘ni:
1. Moddiy omil; 2. Shaxsiy omil. Moddiy omilni tashkil etuvchi mehnat qurollari va mehnat predmetlari (er, suv, yer usti va yer osti boyliklari - ko’mir, neft‘, gaz, ruda, metall...) ham ishlab chiqarish vositalari deb ta‘rif berilgan edi, ishchi kuchi esa ishlab chiqarishning деб shaxsiy omili yuritiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitidagi adabiyotlarda ishlab chiqarishning to’rt omili ko’rsatilmoqda: mehnat, kapital, yer-suv, tadbirkorlik faoliyati tan olindi.
___________________________↓_______________________ ↓ ↓ ↓ ↓
Mehnat bilan ishchi kuchi bir xil ma‘noga ega emas. Mehnat turli omillarning birikishi natijasida amal qiladi. Ya‘ni, mehnat ishchi kuchini ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishi natijasida sodir bo’ladi va uning pirovard natijasi daromad topish bilan tugallanadi. Ishchi kuchi insonning mehnatga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig’indisidir. Bunda bilim, malaka, tajriba qo’llaniladi. Kapital tushunchasi turlicha ta‘riflanadi. Ko’pchilik adabiyotlarda kapitalni kapitalizmga xosligi aytilgan va o’z egasiga qo’shimcha qiymat keltiruvchi qiymat, o’z-o’zidan ko’payuvchi, o’suvchi qiymat deyilgan. Ayrim g’arb iqtisodchilari ham, masalan, J. Keark, L. Valras, I. Fisherlar kapitalga daromad keltiruvchi, foiz keltiruvchi qiymat deb ta‘riflaganlar. Kapitalni qiymat tomonini e‘tiborga olib, ayrim iqisodchilar, kapitalning moddiy ob‘ektini (mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, zavod-fabrikalar, omborlar, transport vositalari va hakozolar) narsa va hodisalarning ashyoviy tomonini ko’rsatadilar. Shu sababdan ular kapitalni doimiy, o’zgarmas tushuncha sifatida qarab, ishlab chiqarish vositalarini kapital deb ataydilar. Bu tushunchalarni umumlashtirgan holda kapitalni moddiy va ashyoviy hamda uni qiymat ko’rinishidan iborat deb qarab, uni bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital deb ishlatiladi. Kapital o’z egalariga daromad keltiradigan ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning hamma sohalarida ishlatiladigan ishlab chiqarish vositalarini, sotishga tayyor turgan tovarlarni, yangi vositalar va ishchi kuchini sotib olishga mo’ljallangan pul mablag’laridan iboratdir. “Kapital” moddiy va qiymat ko’rinishiga ega bo’lgan iqtisodiy tushunchadir. Tadbirkor - iqtisodiy resurslar, ya‘ni ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy resursining bir-biriga qo’shilishini ta‘minlaydigan, tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, iqtisodiy va xavf-xatardan, javobgarlikdan qo’rqmaydigan kishidir. Barcha resurslarni harakatga keltirish tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi. Download 26.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling