Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga “yumshoq” omillarning ta’siri eraliev Alisher Abduxalilovich
Download 43.7 Kb.
|
А.Эралиев Наманганга макола
Kalit so'zlar. Bozor iqtisodiyoti, sanoat korxonalari, iqtisodiy samaradorlik, omillar, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ishlab chiqarish jarayoni.
Kirish. Har qanday jamiyatda, siyosiy – ijtimoiy tuzimda tarmoq va soxalarda barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyat samaradorligiga katta e’tibor qaratadi. Keyingi o‘n yilliklarda mamlakatimizdagi iqtisodchi olimlar va tadbirkorlar fikr va mulohazalarida “samaradorlik” degan tushinchadan ko‘p uchraydigan tushincha topilmasa kerak. Iqtisodiyotimiz bozor munosabatlarga to‘liq o‘tganidan keyin bu yo‘nalishdagi munozaralar yanada avj oldi va birinchi o‘ringa chiqdi. Umumiy ko‘rinishda effektivnost (samaradorlik) – lotin tilidan tarjima qilinganda layoqatli, samarali, natija beruvchi sistemalar, jarayonlar va hodisalarni rivojini tavsiflaydi. Samaradorlik har qanday rivojlanishning indikatori sifatida namoyon bo‘ladi va uning muhim rag‘batlantiruvchisi ham hisoblanadi. Aniq biror bir tadbirkorlik faoliyati va uning majmuasi samaradorligini oshirishga intilib, uni rivojlantirish tadbirlari va regressiga olib keluvchilarni chiqarib tashlaydi. Bu ma’noda samaradorlik doimo amaliyot bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu esa boshqaruv faoliyatida maqsadli mo‘ljalga aylanadi va ushbu faoliyat asoslash, zaruriyat va oqlashlar jilg‘asiga yo‘naltiriladi. Samaradorlik – sifat kategoriyadir. Korxonani intensiv rivoji bilan bog‘liq (dinamik sifat kategoriyasidir), uning barcha strukturalaridagi va elementlaridagi chuqur takomillashish jarayonlarini aks ettiradi hamda mexanistik yondoshishlarni chiqarib tashlaydi. Samaradorlikning bunchalik keng talqin qilinishi, uni tor yo‘nalishdagi tushunchasiga qarama – qarshi emas. Ishlab chiqarish samaradorligining keng ma’lum bo‘lgan ko‘rsakich – bu, uning natijaviyligi, sistema ishlashining intensivligi, maqsadga etishishning va sistemaning tashkiliylik darajasi va x.k.[4]. Bu bir tomondan, samaradorlik kategoriyasining ko‘p qirralik ekanligi ko‘rsatsa, boshqa tomondan uning ko‘rsatkichlarini va o‘lchashni tassavur qilishning murakkabligi to‘g‘risida guvohlik beradi. Ishlab chiqarish samaradorligiga turli omillar o‘z ta’sirni ko‘rsatadi. Ushbu omillarning ko‘plari juda uzoq vaqtlardan ma’lum bo‘lsada, tashkiliy madaniyatning korxona ishlab chiqarishga ta’siri keyingi yillardagina o‘rganila boshlandi. Tashkiliy (korporativ) madaniyatning korxona faoliyatining iqtisodiy samaradorligiga ta’sir darajasini baholash uchun ikkita muhim iqtisodiy kategoriya – samara va samaradorlik o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarini ko‘rib chiqamiz. Download 43.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling