Ishlab chiqarish samaradorligining mezoni va ko’rsatkichlari
Buxoro viloyatining chorvachilik ozuqa bazasi
Download 438.41 Kb.
|
MUNDARIJA
2.2. Buxoro viloyatining chorvachilik ozuqa bazasi
Ma’lumki, O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi masalasiga davlat siyosati darajasida katta ahamiyat berib kelinmoqda.Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq – farovon hayotning, do‘stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir” ma’ruzasida (08.12.2018) mamlakatimizda asosiy turdagi oziq-ovqat va boshqa iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlab o‘tildi. Buxoro viloyati O‘zbekiston Respublikasining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim o‘rin egallaydi. Viloyat ko‘lami 40,3 ming kv.km bo‘lib, aholisi 1,7 mln kishidan ortiq. Ushbu maskanda strategik ahamiyatga ega sanoat, qishloq xo‘jalik va nomoddiy sohalarning bir necha tarmoqlari rivojlangan. 2022 yilga kelib viloyatning turli mulkchilik shakliga ega xo‘jaliklarida yiliga o‘rtacha 182657 tonnadan ortiq go‘sht, 723979 tonnadan ziyod sut, 286436 mln dona tuxum, 34512 ts jun, 398742 dona qorako‘l teri ishlab chiqarilmoqda. Bugungi kunda Buxoro viloyati iqtisodiyotini jadal rivojlanishini ta’minlash dolzarbligicha qolmoqda. Chunki viloyatda demografik vaziyat turg‘un, aholi soni yildan-yilga ko‘paymoqda. Qadimiy maskan bo‘lganligi turizm industriyasining keskin rivojlanishi, sayyohlar sonining keskin ko‘payishiga olib kelmoqda. Shu bilan bir qatorda davlatlararo iqtisodiy aloqalarning kengayishi tufayli viloyat eksport mahsulotlari tarkibida chorva mahsulotlaridan ayrimlarini ulushining oshishini talab etmoqda. Yuqoridagi omillar viloyatda chorvachilikni rivojlantirish hamda oziqovqat mahsulotlari miqdorining mutassil oshirishga erishishni vazifa qilib qo‘ymoqda. Darhaqiqat, oziq-ovqat bilan yetarli ta’minlanmaganlik ayniqsa, chorvachilik mahsulotlari tanqisligi Yer shari aholisining o‘rtacha umr ko‘rishi, sog‘ligi, jismoniy mehnat qobiliyati, immuniteti, zamonaviy yuqori texnologik jarayonlarga moslanuvchanligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tibbiyot sohasi mutaxassislari odamlar to‘yib ovqatlanmaslik, oqsil yetishmasligi tufayli bo‘qoq, kamqonlik, ko‘z kasalliklariga chalinishlarini qayd etishgan. Cho‘l zonasida joylashgan Buxoro viloyati sharoitida chorvachilikning rivojlanishi birinchi navbat sug‘oriladigan yerlarda ekiladigan beda, makkajo‘xori, tariq, arpa va boshqa ekinlarni yetishtirish hajmi, hosildorligi, sifati hamda cho‘lyaylovlar holatiga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasida yaylovlar yigirmanchi asrning 30-yillaridan boshlab atroflicha o‘rganilishi boshlandi. Shu davrlar orasida yaylovlarning o‘simliklari chorvachilikning tabiiy ozuqa bazasi nuqtai-nazaridan o‘rganildi, xaritalashtirildi. O‘zbekiston geobotaniklari respublika hududida 13 ta o‘simliklar tipi tarqalganligini qayd qiladilar. Shulardan 4 tasi tekisliklarga tegishli-psammofil, gipsofil, galofil, to‘qay. Taniqli tuproqshunos N. V. Kimberg O‘zbekistonning cho‘l zonasi doirasida 7 ta tuproq tipini (o‘tloq, botqoq, sho‘rxok, taqirli, qumli, sur-qo‘ng‘ir, voha) ajratadi. Cho‘lshunos va yaylovshunos olimlar - M. P. Petrov, A. G. Babayev, A. P. Jumashov, Sh.S. Zokirov, I.Nazarov kabi taniqli olimlar esa O‘rta Osiyo cho‘llarining litologiyasi va tuproqlariga ko‘ra litoedafik tiplarga ajratadilar. Bular: qumli, qumchag‘illi (galechnik), qumoqli (suglina), gilli, taqirsimon-gilli, gilli bedlend, sho‘rxokli cho‘llardir. E’tirof qilish joizki, cho‘l o‘simliklari, tuproqlari, cho‘l tiplarini o‘rganish bo‘yicha son-sanoqsiz izlanishlar bajarilgan, ulardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Izlanuvchining ma’lumotlariga ko‘ra yaylov tiplarining o‘rtacha yillik hosildorligi 1,0–7,6 ts/ga doirasida bo‘lib, qandimli – sag‘onli yaylov tipida eng past (1,0 ts/ga), yantoqli – o‘tli (pichanli) yaylovda esa yuqori (7,0 ts/ga) hosildorlik kuzatiladi. Yaylovlarning qoniqarsiz holati ularni fitomelioratsiyalash orqali ko‘p komponentli va yuqori hosilli sun’iy agrofitotsenozlar barpo qilishning maqsadga muvofiqligini va bunday yaylovlardan samarali foydalanish chora –tadbirlarini amalga oshirishni taqozo etadi. Yaylovlardan mavsumiy foydalanish bo‘yicha Respublika yaylovlari maqsadga muvofiq ravishda taqsimlanmagan: jami yaylovlarning 50% yil bo‘yi foydalanishga yaroqli, 20% yaylovlar-bahor-yoz mavsumlarida, qolgan qismi esa qisqa mavsumiy foydalanishga yaroqli yaylovlar hisoblanadi; Respublika yaylovlarining o‘rtacha hosildorligi gektaridan - 1,21 ozuqa birligini tashkil qiladi. Yog‘ingarchilik miqdori o‘rtacha yillarda chorva hayvonlarini yaylov ozuqasi bilan ta’minlanishi 80%, kam hosilli yillarda 55-60%, juda kam hosilli yillarda 30-40% atrofida bo‘lishi aniqlangan; Yaylovlardan ratsional foydalanishning asosiy va hal qiluvchi omili-ulardan qat’iy mavsumiy foydalanish va yillar aro yaylov almashinish tizimiga rioya qilish, mavjud ozuqaning 65-70% igacha yedirilishini ta’minlashdir. O‘tkazilgan so‘rov dehqon yer maydonlarining kichkinaligi dehqonlarga tegishli chorva mollarini ozuqa bilan to‘la ta’minlash imkonini bermasligini ko‘rsatdi. Ularning faqat 57 foizi mollarini o‘zi ishlab chiqargan ozuqa bilan (qisman bo‘lsada) ta’minlaydi. Aksariyati esa (75 foizi) ularni sotib olishga majbur. Bundan tashqari, dehqon xo‘jaliklarining 62 foizi chorva mollari uchun ozuqa to‘plash bilan shug‘ullanadi – o‘t-xashak o‘radi, oziq-ovqat chiqindilarini yig‘adi. qoramollarni yo‘llar, ariqlar bo‘yi va boshqa joylarda boqish keng tarqalgan. jumladan, yollangan podachilarning jamoat yaylovlarida boqishi yaylovlar yetishmasligi tufayli unchalik keng ommalashmagan. Qoramol parvarish qilayotgan barcha fermerlar ham o‘z ozuqa bazasiga ega emas – ularning 70 foizi o‘z uchastkalarida ozuqa yetishtirsa, 50 foizi yaylovga ega. shu sababli so‘rovda qatnashgan fermerlarning 91 foizi chorva mollarini jamoat yaylovlarida boqish imkoniyatiga ega, 42 foizi ozuqa to‘plash bilan shug‘ullanadi (o‘t-xashak o‘radi, oziq-ovqat chiqindilarini yig‘adi va hokazo), 11 foizi mollarini yo‘llar yoqasi, ariqlar bo‘yida va boshqa joylarda boqadi. Dehqon xo‘jaliklarida eng keng tarqalgan ozuqa makkajo‘xori hisoblanadi. Tadqiqot o‘tkazilgan oilalarning 30 foizi ushbu ozuqani yetishtiradi va u o‘zlari ishlab chiqargan ozuqa umumiy miqdorining 45 foizini tashkil qiladi. uy xo‘jaliklarining 19 foizi pichanbop o‘tlar yetishtiradi. Boshqa ozuqa ekinlari dehqon uchastkalarida g‘oyat kam uchraydi. uy xo‘jaliklarining ko‘plari somondan mollariga ozuqa sifatida foydalanadi. Fermer xo‘jaliklaridagi mavjud ozuqa tarkibida pichanbop o‘tlar va makkajo‘xori ko‘p bo‘lib, ushbu ekinlarni ko‘pchilik xo‘jaliklar yetishtiradi va ular fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan ozuqa miqdorining qariyb 80 foizini tashkil qiladi. Fermer xo‘jaliklarining qariyb uchdan ikki qismi chorva mollari uchun ozuqa sifatida, kam miqdorda bo‘lsada, boshoqli ekinlar yetishtiradi. Ko‘pgina dehqon xo‘jaliklari yetarli miqdorda ozuqa sotib ololmaydi. Buning asosiy sababi - narxining balandligi (ayniqsa, omuxta yem, kunjara) hamda sifatli ozuqa taqchilligidir. shu sababli uy xo‘jaliklarida chorva mollari asosan somon va makkajo‘xori bilan boqiladi va bunday ratsion ozuqaning to‘yimliligi nuqtai nazaridan nomaqbul hisoblanadi. Bundan tashqari, so‘rov natijalariga ko‘ra, aksariyat xo‘jaliklarda (65 foiz) chorva mollarini saqlash uchun ozuqa yetishmaydi, 9 foiz uy xo‘jaliklari o‘z mollarini boqish uchun ozuqa bilan zarur miqdorda ta’minlay olmaydi Umuman olganda, so‘rov natijalariga ko‘ra, fermerlarning atigi 40 foizi o‘z chorva mollarini yetarli miqdorda ozuqa bilan ta’minlashga qodir. Bu borada sharoit nisbatan yaxshi bo‘lgan toshkent viloyatida ham ushbu ko‘rsatkich 70 foizdan oshmaydi. Fermerlarning yarmidan ko‘pi o‘z qoramollarini ozuqa bilan faqat ularni saqlab qolish uchungina ta’minlamoqda, 10 foizi chorva mollarini eng kam miqdordagi ozuqa bilan ham ta’minlay olmaydi. 2022 yil iyun oyidagi so‘rov davomida tadqiqot o‘tkazilgan barcha hududlarda yaylovlarning keskin yetishmasligi sezildi. Dehqon va fermer xo‘jaliklaridan ishtirok etganlarning 85 foizi shu haqda gapirdi. Mavjud yaylovlar, jumladan, fermer xo‘jaliklaridagi yaylovlar ham kamayib ketgan. Qoramol parvarish qilayotgan fermerlarning yarmidan ko‘pi chorva mollarini boqish uchun jamoat yaylovlari yetishmasligini aytdi. Chorva mollari egalari o‘zlarida ozuqa va yaylovlarning yetishmasligi tufayli ozuqani sotib olishga majbur bo‘lmoqda. Respublikamiz chorvachiligida go‘sht va sut mahsulotlarini yetishtirishni ko‘paytirish bo‘yicha hukumat miqyosida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. xorijiy davlatlardan zotdor chorva mollari olib kelinib, har bir viloyatda bir qancha chorvachilik komplekslari hamda parrandachilik, baliqchilik va asalarichilikni rivojlantirishga keng yo‘l berilmokda. Bu zotdor mollar, parranda, baliq va asalarilar uchun to‘yimli oqsilga boy, ozuqa birligi yuqori bo‘lgan ozuqalar berilishi kerak. Hozirda respublikamizda bu chorvachilik, parranda, baliqlar yemidagi oqsillar uchun o‘simlik mahsulotlari (don mahsulotlari, o‘simlik pichani) berilmokda, xolbuki don mahsulotlari va o‘simlik pichanida yetarli darajada vitamin, ferment, mikroelement va aminokislotalar (lizin, metionin, triptofan) mavjud emas. Natijada ko‘pchilik xollarda oqsillarga to‘liq bo‘lmagan ozuqalarning berilishi, chorva mollarining o‘sishi 1.2- 2.0 barovarga sekinlashtirib, unumdorligi pasayib ketishiga va olinadigan mahsulotlarni xarajatlar yuqori bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Ozuqa ekinlari, o‘simlik xom ashyosi va undan turli xil ozuqa turlarini ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash yem-xashak yetishtirish iqtisodiyotidagi eng murakkab va ko‘p qirrali vazifalardan biridir hisoblanadi. Chunki uning echimi agrar fani va agrar ishlab chiqarishning turli sohalari integratsiyasidan hisobiga amalga oshiriladi. Korxonalarda ozuqa ishlab chiqarish tizimini oqilona tashkil etishning asosiy mezoni: chorvachilik ehtiyojlari uchun yetarli ozuqa ishlab chiqarish, eng kam ish haqi miqdori va oziq moddalar birligi uchun to‘lanadigan mablag’lar bilan ekin maydonining birligidan yuqori sifatli ozuqa balansini tahlil qilib borish, boshqa xo‘jaliklarga sotiladigan korxonalarda-ozuqa maydoni birligidan olinadigan foyda. Hayvonlarning mahsuldorligini va ulardan olinadigan mahsulotlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun birinchi qadam - bu poda tarkibini optimallashtirishda asosiy yem-xashakning ozuqalik qiymatini oshirishdir. Shunday qonuniyat mavjud: sigirlarning sut mahsuldorligi darajasi va ratsionida o‘simlik silosining nisbati qanchalik yuqori bo‘lsa, tolalar miqdori pastroq bo‘ladi. Ozuqalarni tayyorlash uchun innovatsion texnologiyalardan foydalanish quyidagi imkoniyatlarni oshiradi: ozuqalar bazani ko‘paytirish; yetishtirilgan ozuqa sifatini oshirish; qishloq xo‘jaligi korxonalarining ozuqalarni yig’ish xarajatlarini kamaytirish. O‘simliklar ozuqalarining tarkibiy sifatini yaxshilash maqsadida, ya’ni don mahsulotlaridan tayyorlangan omuxta yemlarga ulardagi oqsil mikdorini oshirishga baliq va suyak uni, jmix, shrot, yog‘sizlantirilgan sut qo‘shilmoqda, lekin bu oqsilli qo‘shimchalarni ishlab chiqarish yetarli darajada emas. Yuqori oqsilli ozuqalarning yetishmaslik muammosini mikrobiologik yo‘l bilan ozuqabop achitqilar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali yechish mumkin. Respublikamizda ozuqabop achitqilarni ishlab chikarishni yo‘lga qo‘yishda paxta, g‘alla, makkajo‘xori guruch yetishtirishda hosil bo‘ladigan chiqindilardan go‘zapoya, somon, makkajo‘xori so‘tasi va guruch sheluxalarini gidroliz qilinib biotexnologiya usulida olishni yo‘lga qo‘yish mumkin. (Ilova ) ХULOSA Kurs ishi bo’yicha olib borilgan tadqiqotlarimiz jarayonida quyidagi xulosalarni ishlab chiqdik: O’zbekistonning qudratini yuksaltirish, aholining moddiy va ma’naviy ne’matlarga bo’lgan talabini to’laroq qondirish, ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, ilm-texnika sohasida eng rivojlangan davlatlar qatoridan joy olish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bevosita bog’liqdir. Viloyat chorvachiligini samaradorligini oshirish uchun avvalambor naslchilik ishlarini yaxshilash zarur, ikkinchidan chorva ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadga muvofiqdir; Chorvachilik mahsulotkfrini asosiy qismi dehqon xo’jaliklarida konsentratsiyalashganligi bois, QFI va yirik qishloqlarda chorva zotini yaxshilash uchun chorvani sun’iy qochirish varkazlarini tashkil etish va mahallaning jamoaviy fermalarini tashkil etish yaxshi samara beradi; Qoramol parvarish qilayotgan barcha fermerlar ham o‘z ozuqa bazasiga ega emas – ularning 70 foizi o‘z uchastkalarida ozuqa yetishtirsa, 50 foizi yaylovga ega. shu sababli so‘rovda qatnashgan fermerlarning 91 foizi chorva mollarini jamoat yaylovlarida boqish imkoniyatiga ega, 42 foizi ozuqa to‘plash bilan shug‘ullanadi (o‘t-xashak o‘radi, oziq-ovqat chiqindilarini yig‘adi va hokazo), 11 foizi mollarini yo‘llar yoqasi, ariqlar bo‘yida va boshqa joylarda boqadi. Fermerlarning 32 foizi 2017 yil davomida o‘t va pichan, 21 foizi ozuqabop jo‘xori sotib olgan; Chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida yem-xashaklarni tayyorlashda muqobil, yanada arzon va qulay texnologiyalaridan foydalanish hamda ekinlar yerni xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichida, jumladan, yer uchastkalaridan foydalanish huquqlarini (subijara huquqi, ijara huquqini sotib olish huquqi va boshqalar); Chorva mollarini parvarishlash va chorva mahsulotini sotishni tash kil etishda sa’y-harakatlarni birlashtirish uchun dehqon xo‘jaliklari o‘rtasida, dehqon va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish; Raqobatni rivojlantirish, ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish orqali resurslar va chorva mahsulotlari bozorini takomillashtirish hamda chorva ozuqasi tannarxini pasaytirishga erishish soha samaradorligini oshishini ta’minlaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RUYXATI Download 438.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling