Ishlab chiqarish tadbirkorligi tijorat tadbirkorligi moliyaviy tadbirkorlik sug‘urta faoliyati


Download 0.61 Mb.
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1011863
1   2   3   4
Bog'liq
iqtisod mardon

TIJORAT TADBIRKORLIGI
Moliyaviy tadbirkorlik – pul va qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyati. Moliyaviy tadbirkorlikda qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqalar), valuta qimmatliklari va milliy pullar oldi-sotdi qilinishi uning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Shuningdek, moliyaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun tijorat banklari, moliya-kredit kompaniyalari, fond, valuta birjalari va boshqa shu kabi maxsus muassasalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish talab qilinadi.
MOLIYAVIY TADBIRKORLIK
Sug‘urta faoliyati – turli xil kutilmagan holatlar natijasida yuzaga keladigan moliyaviy muammolardan muhofaza qilish faoliyati.
Sug‘urta faoliyati ham tadbirkorlikning maxsus turi hisoblanadi. Unga mulk sug‘urtasi, hayot va sog‘liqning shaxsiy sug‘urtasi, risk sug‘urtasi, javobgarlik sug‘urtasi kabilar kiradi.
SUG‘URTA FAOLIYATI

Tadbirkor ixtiyorida bo‘lib, foyda olish maqsadida ishlatiladigan barcha moddiy vositalar, tovarlar va pul mablag‘lari birgalikda tadbirkorlik kapitali deb ataladi.

Tadbirkor ixtiyorida bo‘lib, foyda olish maqsadida ishlatiladigan barcha moddiy vositalar, tovarlar va pul mablag‘lari birgalikda tadbirkorlik kapitali deb ataladi.

Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida doimo harakatda bo‘ladi va bu harakat jarayonida bir qator bosqichlarni bosib o‘tadi.

Ishlab chiqarishga sarflanadigan har qanday sarmoya o‘z harakatini pul shaklidan boshlaydi. Pul (P) tegishli resurslar bozoridan zarur tovarlar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari (Iv) va ishchi kuchi (Ik) sotib olishga sarflanadi (avanslanadi). Bu holda pul shunchaki tovarlar sotib olishgagina emas, balki ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy faoliyat omillarini sotib olishga sarflanadi. Ushbu muomala sohasida pul kapitali o‘z harakatining birinchi bosqichidan o‘tadi:


Iv
P → Т
Ik

Mazkur jarayon natijasida pul shaklidagi mablag‘lar unumli kapital shakliga aylanadi va ular ishlab chiqarish jarayonining potensial omillari hisoblanadi. Kapital harakatida ikkinchi bosqich ishlab chiqarish jarayoni hisoblanib, uning natijasida unumli tovar (T) shaklini oladi. Bu yerda hosil qilingan tovarlar qiymati ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchiga sarflangan qiymatdan ortiq bo‘ladi, ya’ni:


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling