«ishlab chiqarish texnologiyalari» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi


Download 0.88 Mb.
bet47/63
Sana20.01.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1104737
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   63
Bog'liq
15-lab

20.5.Granulometrik tarkibini aniqlash
Umumiy tushuncha.Moyli xomashyoni ekstraksiyaga tayyorlash jarayonida bu jarayonni amalga oshirishni qiyinlashtiradigan, uning tarkibidagi mayda zarrachalarga alohida e'tibor qaratiladi.Har bir qayta ishlanadigan xomashyo uchun uning tarkibidagi lmm elakdan o'tadigan zarrachalarga ruxsat etilgan me'yorlar belgilanadi.
Ekstraksiyaga kelayotgan xomashyo, maydalangan kunjara holida bo'lsa, mayda zarrachalardan tashqari, bo'laklarini o'lchami 10mm dan katta bo'lgan fraksiyaning ham massa ulushini aniqlash amalga oshiriladi.
Quyida kunjarani granulometrik tarkibini aniqlash usuli keltirilgan.
Asboblar: 4-sinf laboratoriya tarozisi, elak.
Ishning bajarilishi.Aniqlash, xomashyoni zarrachalarning o'lchamlari bo'yicha fraksiyalarga ajratishga asoslangan.Ajratish, elash usuli bilan amalga oshiriladi.Buning uchun ikkita elakdan, yuqorigisi teshiklarini diametri 10mm, pastgisi 1mm bo'lgan komplektdan foydalaniladi.
Kunjaraning o'rtacha namunasidan 100gr ga yaqin tortma ajratiladi. Tarozida 0,01 aniqlikda tortib bo'linganidan so'ng, uni komplektning yuqorigi elagiga joylashtiriladi va qopqog'i yopiladi. Elash 3-5 daqiqa davom ettirilib, yuqorigi elakda qolgan va pastki elakdan o'tgan qismi xuddi shu tarozida tortiladi. Bu fraksiyalarning massa ulushi X (%da) (9) formula bo'yicha hisoblanadi.
20-LABORATORIYA ISHI
EKSTRAKSIYA SEXINING TAYYOR, ORALIQ MAHSULOTLARI VA
YORDAMCHI MATERIALLARNI ANALIZ USULLARI
Moyli urug'lardan erituvchilar yordamida yog olish masalasi olimlar diqqatini ko'pdan buyon o'ziga jalb qilib kelgan. Sanoat miqyosida ekstraksiya usuli bilan yog' olish birinchi marta 1856- yili Fransiyada qollanilgan. Bunda erituvchisifatida uglerod sulfid ishlatilib zaytun kunjarasidan yog' olingan.Ekstraksiyalash usuli ashyodan maksimal yog' olish imkoniyatini beradi.
O'simlik moylarini ekstraksiya usuli bilan olishda ishlatiladigan erituvchilar ekstraksiya jarayonining texnikasi va texnologiyasi talablariga javob berishi kerak. Bu talablar, ekstraksiyalashda maksimal yog' olish, tayyor mahsulotlar – yog’ shrotning sifatini yaxshilash, erituvchini odam organizmiga zararli ta'sirini oldini olish va ular bilan ishlaganda xavfsizlikni ta'minlash maqsadida qo'yiladi.
Shu uchun sanoat erituvchisi quyidagi sifatlarga ega bo'lishi kerak:
1) moyni yaxshi eritib, unga hamroh bo'lgan moddalarni eritmasligi:
2) kimyoviy jihatdan bir jinsli, o'zgarmas va yuqon bo'lmagan qaynash haroratiga, past issiqlik sig'imiga va yuqori bo'lmagan yashirin bug'lanish issiqligiga ega bo'lishi;
3) saqlanayotgan paytda va ekstraksiya jarayonida o'zining xossalari va tarkibini o'zgartirmasligi,
4) suv bilan aralashmasligi va u bilan azeotrop birikma hosil qilmasligi;
5) yog' va shrotdan imkoni boricha past haroratda to'liq haydalishi va olinayotgan mahsulotga o'zini ta'mi va hidini bermasligi;
6) uskunalarga salbiy ta'sir qilmasligi;
7) suyuq, bug' va suv bug'i bilan aralashgan xolatlarda odam organizmiga zararli ta'sir qilmasligi;
8) yong'in va portlashga xavfsiz bo'lishi;
9) tabiatda ko'p tarqalgan, serob va arzon bo'lishi kerak.
Hozirgi vaqtda ushbu talablarga to’iq jabob beradigan birorta ham erituvchimavjud emas.Sanoatda qo'llaniladigan erituvchilar yuqoridagi talablardan ayrimlarigagina javob beradilar. Yog'-moy sanoatida erituvchi sifatida neftning yengil fraksiyasi bo'lgan ekstraksiya benzini keng ishlatiladi.
Ekstraksiyalash jarayonini borishi uchun moy, erituvchida erishi, ya'ni moy bilan erituvchining molekulalari aralashib ketishi kerak.Hosil bo'lgan eritma mitsella deb ataladi.
Ekstraksiya usuli bilan moy olish, moyli xom-ashyo (kunjara)ni suvsiz va isitilgan erituvchi bilan qayta ishlash; olingan missellani filtrlash; missella va yog'sizlantirilgan mahsulot - shrotdan erituvchini haydash; erituvchini regeneratsiya va rekuperatsiya qilish operasiyalaridan iborat.
Hozirgi davrda yog'-moy sanoatida moyli xomashyodan moyni ajratib olish uchun, parafin, sikloparafin, izoparafin, oz miqdorda aromatik uglevodorodlarning aralashmasidan iborat bo'lgan ekstraksion benzin ishlatilmoqda.
3-jadvalda Ava B markali ishlab chiqarishda qo'llaniladigan benzinlarning TU-38 101303-72 bo’yicha ma'lumoti berilgan.
Zavodga kelgan erituvchi nazorat qilib borilishi va u TU-38 101303-72 talablariga javob berishi kerak.
63-75°Cda qaynaydigan A markali ekstraksion benzin quyidagi uglevodorod tarkibga ega (da):
n-geksan 54,39, n-pentan 0,23, butan 0,13, izopentan 0,19, 3metilpentan 20,02,2,3-metilbutan va 2-metilpentan 4,59, metilsiklopentan 9,0, benzol 0.5.



Ko’rsatkichlar nomi

TU-38 101303-72

Marka A

Marka B

Zichlik 200C da,g/sm3 ortiq emas

0.685

0.715

Haydashning boshlanish harorati, 0C ortiq emas

63

70

Haydalish harorati, 98% dank am emas, 0C

75

85

Kolbadagi qoldiq, % ortiq emas

1.0

1.0

Aromatik uglevodorodlarning miqdori, % ortiq emas

0.5

3.0

Oltingugurt miqdori, % , ortiq emas

0.001

0.1

Suvda eruvchan kislota ishqor, mexanik aralashmalar va suv miqdori

Yo’q

Yo’q

Chaqnash harorati, 0C

-37.0

-28.6

O’z-o’zidan alangalanish harorati, 0C

270

268

Portlash chegaralar
Pastki:
Hajm bo’yicha,%
Mg/l
Yuqorigi:
Hajm bo’yicha,%
Mg/l










Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling