23.2.Shrotdagi kulning massa ulushini aniqlash
Shrot uchun standartlarda 10%li xlorid kislotasida erimaydigan kulning massa ulushi reglamentlanadi. Bu, o'z navbatida, shrotning sifatini belgilaydi. Shuningdek shrotdagi umumiy va sof kulning miqdori ham ahamiyatga ega.
Bu ko'rsatkichlarni aniqlash uslubiyati kunjaradagi kul miqdorini aniqlashga mos keladi.
23.3. Shrotdagi namlik va uchuvchan moddalarning
massa ulushini aniqlash
Shrotdagi namlik va uchuvchan moddalarning massa ulushi standart bilan chegaralanadi, uni sifatini belgilaydi va xavfsiz saqlash uchun zarur sharoitlari
tanlashga imkon beradi.
Bu ko'rsatkichni tezlashtirilgan usul bilan, PVZ-10D namlik
o’lchagichi yordamida va doimiy og'irlikkacha quritish bilan aniqlash mumkin.
23.4.Shrotdagi sheluxaning massa ulushini aniqlash
Bu ko'rsatkichni aniqlash usuli sheluxaning shrotdan ajralishini osonlashtiruvchi suyultirilgan natriy gidroksid eritmasi ta'sirida shrotning gel qismining strukturasini o'zgarishiga asoslangan.
Shrotdagi sheluxaning massa ulushini aniqlash uslubiyati paxta chigiti mag'izi tarkibidagi sheluxaning massa ulushini aniqlashga mos keladi.
23.5.Shrotdagi xom proteinning massa ulushini aniqlash
Shrotdagi xom proteinning massa ulushi standartlarda ko'rsatilgan fizikkimyoviy me'yorlarga mos kelishi kerak. U shrotning ozuqaviy qiymatini belgilaydi.
Bu ko'rsatkichni aniqlash uslubiyati yuqoridagi bo’limda keltirilgan kunjaradagi xom proteinning massa ulushini aniqlashga mos keladi.
23.6.Shrotdagi eruvchi proteinning massa ulushini aniqlash
Shrotni ozuqaviy qiymatini belgilovchi xom proteinning massa ulushini aniqlash bilan birga undagi eruvchi proteinlarning miqdorini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Bu ko'rsatkichni uslubiyati yuqoridagi bo’limlarda berilgan.
24-LABORATORIYA ISHI
YOG’NING UCHQUNLANISH HARORATINI ANIQLASH
Do'stlaringiz bilan baham: |