Ishlab chiqarish texnologiyalari


Download 1.08 Mb.
bet46/55
Sana09.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1468510
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55
Bog'liq
11.опорный конспект

Temir-beton buyumlar
Qurilish materiali sifatida ishlatiladigan temir-beton buyumlarda beton va po‘latning birgalikdagi ishlashi foydali ravishda birga qo‘shilib ketadi. Beton siquvchi kuchlarga yaxshi, ammo cho‘zuvchi kuchlanishlarga zaif qarshilik ko‘rsatadi (cho‘zilishdagi mustahkamligi siqilishdagi mustahkamligidan 10—15 marta kam). Po‘lat esa cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi yuqori bo‘lganligidan cho‘zuvchi kuchlanishlarga yaxshi qarshilik ko‘rsata oladi. Shunday qilib, temir-betondan tayyorlangan buyum siquvchi, cho‘zuvchi va eguvchi kuchlarga yaxshi qarshilik ko‘rsatishi mumkin.
Hozirgi vaqtda tayyorlanayotgan temir-beton buyumlarning nomenklaturasi juda xilma-xil. Bularga poydevor plitalari, bloklar va panellar, yopma balkalari, kolonnalar, stropilabop balkalar, fermalar, progonlar, devor panellari, orayopma panellari va plitalari, zinapoya marshlari va maydonchalari, trubalar va hokazolar kiradi.
Temir-beton buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasn
Temir-beton buyumlar va konstruksiyalar asosan zavodlarda tayyorlanadi. Ularni tayyorlash jarayonlariga quyidagi operatsiyalar kiradi: beton aralashmasi tayyorlash, armatura va armatura karkaslari tayyorlash, temir-beton buyumlarni armaturalash, qoliplash, issiqlik-namlik bilan ishlov berish va buyumlarning old yuzalarini manzarali qilib pardozlash.
Temir-beton buyumlarni tayyorlashning kassetali usuli buyumlarni ko‘p o‘rinli kassetali mexanizatsiyalashtirilgan mashinada tayyorlashni ko‘zda tutadi. Bunday mashina vertikal bo‘lmalar (otseklar) — po‘lat listlarning bir necha qatoridan iborat bo‘ladi. Kassetalarda yirik panel ko‘rinishidagi temir-beton buyumlar tayyorlanadi. Panellar tayyorlash jarayoni quyidagilardan iborat. Kasseta listlari tozalangan va moylanganidan keyin (listlar kerib qo‘yilgan) ular orasiga armatura karkasi o‘rnatiladi, shundan keyin kasseta devorchalari buyum o‘lchamlariga mos keladigan vaziyatda bir-biriga yaqinlashtiriladi. Kassetaga beton qorishmasi solinib, kasseta listlariga mahkamlab qo‘yilgan vibratorlar bilan zichlanadi. Shundan keyin kassetalar qorishmani bug‘lash uchun bug‘lash bo‘lmasiga beriladi. Bir necha soatdan keyin, ya’ni beton opalubkadan olinadigan mustahkamligini olganidan keyin kasseta keriladi va undan ko‘prik kran yordamida tayyor panel chiqarib olinadi.
Bu usul yirik panelli uylar qurilishi uchun panellar tayyorlashda keng qo‘llaniladi.


11. 3. Qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatida ilmiy texnik-taraqqiyot va texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar, qurilish materiallari uchun davlat standartlari va texnik shartlari
Ilmiy texnik-taraqqiyot borasidagi iqtisodiy samaradorlik va ish mahsuldorligini baholash fan va texnika rivojlanishiga, tashkiliy- texnik va xo‘jalik tadbirlarini olib borishga o‘z xisasini qo‘shadi. Bunda tarmoq darajasida asosan quyidagilar muhim sanaladi:

ko‘rsatkichlarini oshirishda qo‘shilgan amaliy ulushi;

  • ish sifatini tushirmagan holda o‘z muddatida bajarish;

  • ilmiy texnik loyihalarni amalga oshirishdan olinadigan iqtisodiy

samaradorlik;

  • yangiliklarning mazkur sohada mavjud o‘zimizning va chet el yutuqlaridan

farqi.
Samaradorlikni baholash fan va texnika rivojlanishining rejalarini tasdiqlashda shuningdek qurilish tashkilotlarining aniq tashkiliy texnik tadbirlarini ko‘rsatib berishda katta rol o‘ynaydi.
qurilishda ilmiy texnik-taraqqiyotning samaradorligini baholashning eng ko‘zga ko‘ringan sohalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
1) yangi texnologik jarayonlarni qo‘llash, ishlab chiqarishni
mexanizatsiyalash, konstruktiv va qurilish montaj
qurilmalarisiz ishlab chiqarish resurslarini
tejalishini ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish
usullari.
Ilmiy-texnik tadbirlarning iqtisodiy samaradorligini baholash har qanday darajada ham yagona asosiy maqsad bo‘lib hisoblanadi. Ilmiy texnik-taraqqiyot va asosan fan ishlab chiqarish iqtisodiy o‘sish omili sifatida jamoaning mehnat unumdorligini oshirgan holda uning iqtisodiy oimli sifatida ham rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham fan va texnikaning iqtisodiy samaradorligi bir vaqtda ma’lum muddat davomida ilmiy texnik yutuqlari amaliyotga tadbiq etish natijasida jamiyat tomonidan erishiladigan mehnatning umumiy harajatlarini kamaytirishga erishishni aks ettiradi. Eng asosiysi ilmiy texnik-taraqqiyot ishlab chiqarish intensivligini va yaratilayotgan mahsulot sifatini oshirish imkonini yaratib beradi.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling