Ishlab chiqarish unumdorliklari
Download 50.36 Kb.
|
Ekskavatorlarning ishlab chiqarish unumdorliklari
Rotorli ekskavator
Rotorli ekskavator tog‘ jinsini rotor g‘ildiragida o‘rnatilgan kovshlari yordamida uzluksiz qazib oluvchi o‘zi yurar mashina bo‘lib, bir vaqtning o‘zida qazib olish va ma’lum masofaga tashishga,mo‘ljallangandir. Koʻp kovshli Ekskavator ish jihozlarining turiga qarab, zanjirli va rotorli xillarga boʻlinadi. Zanjirli Ekskavator larda kovshlar (12—40 ta) yoʻnaltiruvchi rama gʻaltaklari boʻyicha harakatlanuvchi uzluksiz zanjirga mahkamlanadi. Rotorli Ekskavator larda ish organi 6—12 ta (baʼzan 24 gacha) kovsh oʻrnatilgan rotordan iborat. Bunda grunt toʻkish konveyeriga berilib 150 m gacha tashiladi. Uning kovlash bal. 50 m gacha, chuqurligi esa 25 m gacha boʻladi. Rotorli Ekskavatorlar koʻproq konlarda ishlatiladi. Harakat yoʻnalishiga qarab, koʻndalangiga, boʻylamasiga qaziydigan va buriladigan xillarga boʻlinadi. Koʻp kovshli Ekskavator larning ish unumdorligi 15000 m3/soat gacha yetadi. Ekskavatorlar Rossiya, AQSH, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Polsha, Chexiya va boshqalar mamlakatlarda ishlab chiqariladi. Toshkent ekskavator zavodida ham Ekskavatorlar ishlab chiqarilgan(1945—90). Zanjirli ekskavatordan farqli ravishda tog‘ jinsini rotor cho‘michlari yordamida massivdan ajratib olgandan keyin rotor strelasida o‘rnatilgan lentali konveyer yordamida tashib beradi. Ish bajaruvchi organ – rotor g‘ildiragi (rotor) gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda harakatlanadi. Rotorning asosiy ish harakati vertikal tekislikdagi aylanishi va rotorli strelaning platformadagi gorizontal harakatidir. CHo‘michning surilish traektoriyasi kesish va uzatish tezliklari orqali belgilanadi. Rotorli ekskavatorlarning quyidagi asosiy texnologik belgilari bo‘yicha,sinflarga,ajratiladi: - yumshatilgan massivdagi maksimall nazariy unumdorligi bo‘yicha: kichik (630 m3/soat gacha); o‘rtacha (2500 m3/soat gacha); katta ( 5000 m3/soat gacha); quvvatli (10000 m3/soat gacha); yuqori quvvatli ( 10000 m3/soat dan oshiq); - hisobli nisbiy qazish kuchining o‘lchami (va ishga belgilanishi) bo‘yicha: me’yordagi – 0,7MN/m2 gacha (vskrыshnыe); kuchaytirilgan – 1,4 MN/m2 gacha va yuqori - 2,1 MN/m2 gacha (dobыchnыe); - zaboyni ishlash usuli bo‘yicha: yuqoridan va pastdan qamrovchi; - ishchi organini zaboyga uzatish usuli bo‘yicha: harakatlanuvchi va,harakatlanmaydigan,strelali. Rotorli ekskavator tog‘ jinsini rotor g‘ildiragida o‘rnatilgan kovshlari yordamida uzluksiz qazib oluvchi o‘zi yurar mashina bo‘lib, bir vaqtning o‘zida qazib olish va ma’lum masofaga tashishga mo‘ljallangandir. Rotor g‘ildiragining yuritmasi tishli reduktor va dvigateldan tashkil topgan. Quvvatli ekskavatorlar yuritmalarida bir nechta reduktor va dvigatel, o‘rnatigandir. Rossiya davlatida ishlab chiqarilgan rotorli ekskavatorga quyidagicha belgilashlar kiritilgan: ekskavator markalaridagi bosh harflar, masalan ERSHR, ER, ERP – ekskavator tipini (ER – ekskavator rotorli), yurish qurilmasi xilini (SHR – shagayuщee-relьsovoe), ishga belgilanishini ( D – dobыchnыe, V – vskrыshnoy, P – cho‘michlari kesuvchi qirralarining kesish kuchi kuchaytirilgan); undan keyingi sonlar – ekskavatorning nazariy unumdorligi(m3/soat). Zamonaviy rotorli ekskavatorlar Germaniya, CHexo-Slovakiya, Polьsha, AQSH, YAponiya kabi mamalakatlarda xam ishlab,,chiqariladi. Respublikamizda ham Angren ko‘mir koni ochish ishlarida Germaniyadan keltirilgan SchRs 200/0,5*11 rusumli rotorli ekskavator ishlatilmoqda. Agar mashina yopishqоq gruntlarda ishlatilsa, tubi zanjir 4 dan ibоrat bo‘lgan cho‘michlar qo‘llaniladi (2.58-rasm). Bunda cho‘mich gardishi bilan rоtоr gardishlari оrasiga bir nеchta zanjir jоylashtiriladi. Cho‘mich tubiga (zanjirga) yopishgan gruntlar o‘zning va zanjirning оg‘irligi hisоbiga tasmali yuklagichga to‘kiladi. Download 50.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling