Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish funksiyasi. Ishlab chiqarish
Omillar mahsuldorligining kamayish qonuni
Download 55.5 Kb.
|
Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish funksiyasi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Miqyos samarasi
- Nazorat savollari
Omillar mahsuldorligining kamayish qonuni. Omillar mahsuldorligining kamayish qonuni shuni ko‘rsatadiki, biror bir ishlab chiqarish omilidan foydalanish oshib borganda (boshqa omillardan foydalanish o‘zgarmaganda), shunday bir nuqtaga erishiladiki, ushbu nuqtadan boshlab qo‘shimcha ishlatilgan omil ishlab chiqarish hajmini kamaytiradi1.
4. Miqyos samarasi Xarajatlarning proporsional o‘zgarishga ishlab chiqarish miqyosining o‘zgarishi deyiladi. Ishlab chiqarishda faqat ikkita omildan – ishchi kuchi va kapitaldan foydalanilganda, ulardan foydalanish ikki barobar oshsa va bo‘lsa, ishlab chiqarish miqyosi ikki barobar kengaydi deyiladi. Xuddi shunday mehnat va kapitaldan foydalanish ikki marta qisqartirilsa( va ) ishlab chiqarish miqyosi ikki marta qisqarganligini bildiradi. Ishlab chiqarishda omillardan foydalanishning proporsional oshishi, ya’ni ishlab chiqarish miqyosining kengayishi mahsulot ishlab chiqarish hajmiga har xil ta’sir qiladi, u mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishi, kamaytirishi va o‘zgartirmasligi mumkin. Agar ishlab chiqarish miqyosi kengayganda omillar sarfi sur’atidan mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘sish su’rati yuqori bo‘lsa, bunday ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga musbat miqyos samarasi deyiladi. Musbat miqyos samarasida uzoq muddatli o‘rtacha xarajatlar kamayadi. Agar, ishlab chiqarish miqyosi kengayganda, omillar sarfi sur’atidan ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’ati past bo‘lsa, bunday o‘sishga manfiy miqyos deyiladi. Manfiy miqyos samarasida (keyinchalik ko‘ramiz) uzoq muddatli oraliqda firma mahsulot ishlab chiqarishni oshirganda o‘rtacha harajatlar oshib boradi. Ishlab chiqarish miqyosi kengayganda omillar sarfi sur’ati ishlab chiqarish hajmining o‘sish su’ratiga teng bo‘lsa, bunday o‘sishga o‘zgarmas miqyos samarasi deyiladi. Nazorat savollari Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish funksiyasi nima? Firmaning qisqa davrdagi faoliyati qanday tashkil etiladi? Uzoq muddatli ishlab chiqarishni tashkil etish shart-sharoitlari qanday? Miqyos samarasi nima, unga misollar keltiring. 1 Mikroiqtisodiyot: OO‘Yu uchun darslik/ S.S.G‘ulomov, R.X.Alimov, B.T.Salimov va b. –T.: “Sharq”, 2001.320-b. Download 55.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling