Ishlab chiqarish va servislarni boshqarish jarayoni Servislarni boshqarish usullari
Download 400.5 Kb.
|
Xizmatni ishlab chiqarish va servisni boshqarish
3.Servislarni boshqarish usullari
Amerika boshqaruvida individualizm va raqobatga e’tibor qaratilsa, Yaponiyada jamoaviylik va insoniy munosabat ustun ekanligi nomoyon bo‘lmoqda. Fikrimizcha Yaponiya boshqaruv tizimini dunyoga mashhur qilgan asosiy omillardan insonlar bilan ishlash malakasining yuqoriligidir. Shuningdek, Rossiyaning iqtisodchi olimlari O. Kolesnikova va A. Doneskiylar tomonidan servislarni boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari tadqiq etilib, ular asosiy e’tiborni yirik kompaniyalarga qaratadi. Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, yirik kompaniyalarda servislarni boshqarish quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarni o‘z ichiga oladi[27]. 1.Servislarni boshqarish usullarini qo‘llashda unifikatsiya qilish va rasmiylashtirish zarurati. 2. Servislarning uzoq muddatli va strategik rejalashtirishga ehtiyojining mavjudligi. 3. Servislarni boshqarishda o‘ziga xos funksiyalarning mavjudligi. 4. Servislarni boshqarishda axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishga e’tiborni kuchaytirish. Tashkilotda servislarni boshqarish jarayonini to‘g‘ri tashkil etish orqali quyidagi ijobiy natijalarga erishish imkoniyati mavjud bo‘ladi(2- rasm). Ta’kidlash joizki, “Servislarni boshqarish” tushunchasining mazmun mohiyatini o‘rganish yuzasidan ushbu sohani tadqiq etgan chet el va mahalliy olimlari orasida yakdil fikrlar mavjud emas. Shu sababli yuqorida keltirib o‘tilganlardan tashqari servislarni boshqarish sohasidagi eng keng tarqalgan nazariy tadqiqotlarning bir nechtasini umumlashtirish va o‘zaro solishtirish orqali tushunchaga ega bo‘lish uchun bitta jadvalda tizimlashtirildi (2-jadval) 2 – jadvaldan kelib chiqib, olib borgan tadqiqotlarimiz asosida servislarni boshqarish kategoriyasiga tarif berildi. Demak, bizningcha, servislarni boshqarish – tashkilotning maqsad va yo‘nalishidan kelib chiqqan holda ish jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiyalash, muvofiqlashtirish va nazorat qilish orqali ishchilarga vazifalarni to‘g‘ri taqsimlash, yo‘naltirish va ta’sir etish natijasida samaradorlikka erishish jarayoni deyishimiz mumkin bo‘ladi. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish asosida servislarni boshqarish tizimini optimallashtirish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Shu bilan birga, mamlakatning hamma korxonalari ham bu tajribaga murojaat qilmasdan, odat bo‘yicha, eski ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidagi ishchi kuchini boshqarish konsepsiyasiga xos bo‘lgan, eskirib ketgan, servislarni boshqarish usullaridan foydalanmoqdalar. Buni hisobga olgan holda O‘zbekiston korxonalari iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarda to‘plangan, servislarni boshqarish tizimi sohasidagi ma’lum xalqaro tajribalarni qiyosiy va tanqidiy o‘rganib, undan boshqaruv amaliyotida samarali foydalanishlari zarur. Servislarni boshqarishning zamonaviy shakllari va usullarini o‘rganish hamda undan amaliyotda foydalanish milliy korxonalarga yuqori iqtisodiy natijalarga erishish imkoniyatini beradi. Xulosa Servislarni boshqarish samaradorlikni ta’minlash va adolatga erishish asosida tashkil etish lozim. Agar ularning ikkisidan biri mavjud bo‘lmasa, bu jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirib bo‘lmaydi. Servislarni boshqarish orqali tashkilotdagi har bir servisning lavozimi, ijtimoiy kelib chiqishi va jinsidan qat’iy nazar tashkilot umumiy maqsadi yo‘lida birlashtirish orqaligina mehnat unumdorligini oshirishga erishish mumkin. Natijada har bir servisda nafaqat tashkilotning a’zosi sifatida balki inson sifatida ham o‘z hohishiga ko‘ra amalga oshirgan mehnati bilan o‘z ulushini qo‘shish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu adolatli ishni tashkil qilish bilan samaradorlikka erishish mexanizmi sifatida tashkilotning barqarorligi ta’minlaydi. Tashkilotning barqarorligi bilan bog‘liq bo‘lgan va unga bevosita ta’sir qiluvchi ichki jarayonlar esa hamisha ustuvorlik kasb etadi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, servislarni boshqarish tizimini samaradorligini oshirish ishlarini amalga oshirish borasida quyidagi taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish imkonini berdi: -servislarni tanlash, joy – joyiga qo‘yish va yuqori lavozimlarga ko‘tarishda ularning kasbiy malaka darajasi, ishga munosabati, ahloqiy sifatlari, faoliyat natijalariga har tomonlama va ob’ektiv baho berish zarur. Kasbiy faoliyatiga baho berishda ochiqlik va tenglik tamoyillariga asoslangan tanlovdan foydalangan ma’qul; - barcha tashkilotlarda samaradorlikning muhim ko‘rsatkichi, ya’ni KPI (Key Performance Indicators, KPI) tizimini joriy qilish. Tizim tashkilotlarda mehnatga haq to‘lashning motivatsion va samarali tizimini ko‘rsatkichlar orqali ko‘rish imkonini beradi; - barcha tashkilotlarda axborotlashtirish, raqamlashtirish tizimini kuchaytirish. Zamon shiddat bilan rivojlanayotgan vaqtda, barcha sohaga raqamlashtirish tizimi kirib borayotgan bir paytda tashkilotlarda zamonaviy innovatsion tizimni joriy etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Umuman olganda boshqaruvda kadrlarning to‘g‘ri tanlanilishi va joy- joyiga qo‘yilishi korxona va tashkilotlarning yutuqlari, mavqeini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Ayniqsa, bugungi kunda rahbar kadrlarga nisbatan kreativ yondashuvlar, tanqidiy tahliliy munosabat va maqbul shart - sharoitlar yaratish talabi qo‘yilmoqda. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkilotda servislarni boshqarish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillardan to‘g‘ri va samarali foydalanish pirovard natijada tashkilot iqtisodiy samaradorligining oshishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonlarning barchasi yangilanayotgan O‘zbekistonda kadrlar sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishni anglatadi. Download 400.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling