Ishlab chiqarish va servislarni boshqarish jarayoni Servislarni boshqarish usullari


Download 400.5 Kb.
bet3/5
Sana15.06.2023
Hajmi400.5 Kb.
#1486923
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xizmatni ishlab chiqarish va servisni boshqarish

Boshqaruv servislari - boshqaruv funksiyalarini amalga oshiruvchi, servislarga rahbarlik qiluvchi, zarur qarorlarni ishlab chiquvchi va qabul qiluvchi, tashkilot faoliyatini rejalashtiruvchi, nazorat qiluvchi va jarayonlarni tartibga soluvchi servislar, zarur qarorlar qabul qilish uchun ma’lumotlar tayyorlovchi servislar. Boshqaruv servislari tashkilotning o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalariga erishishi uchun zarur tashkiliy – texnik shartlarni, yuklangan funksiyalarni va ishlab chiqarish dasturlari bajarilishini ta’minlaydilar. Boshqaruv servislari o‘z navbatida rahbarlarga va boshqaruv servislari mutaxassislariga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish servislar – tashkilotning asosiy mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek ishlab chiqarish dasturida belgilangan qo‘shimcha mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashadigan servislar. Ishlab chiqarish servislari tarkibiga ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashadigan mutaxassislar ham kiradi.
Texnik servislar – funksiyasiga boshqaruv servislari faoliyatiga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni ta’minlash ishlarini bajarish (nashr etish, ko‘paytirish, arxivlash, kutubxona ishi, xujjatlarni yetkazib berishva boshqa ishlarni bajarish) kiradigan servislar.
Xizmat ko‘rsatuvchi servislar – funksiyasiga binolar va hududlarga texnik xizmat va xo‘jalik xizmati ko‘rsatishi qo‘riqlash, boshqaruv servislariga transport xizmat ko‘rsatish, tashkilotning boshqaruv va ishlab chiqarish servislariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha boshqa ishlar, shu jumladan, ijtimoiy maishiy xizmat ko‘rsatuvchi servislar. Xizmat ko‘rsatuvchi servislarga mutaxassislar va ishchilar toifasiga mansub bo‘lmagan aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish servislari ham kiradi.
2.Servislarni boshqarish jarayoni
Olib borilgan tadqiqotlarimizdan kelib chiqqan holda tashkilotda servislarni boshqarish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlariga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bunda servislarni boshqarish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin:
Birinchidan, servislarni boshqarish tashkilot servislarini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan ma’muriy vazifalarni o‘z ichiga olib, ish samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi har qanday usul va uslublarni qo‘llash imkonini beradi;
Ikkinchidan, servislarsiz tashkilot bo‘lmaydi, malakali kadrlarsiz esa tashkilot o‘z maqsadlariga erisha olmaydi. Shu sababli servislarni samarali boshqarmasdan turib ularni faoliyatiga maqsadli yo‘naltirib bo‘lmaydi;
Uchinchidan, zamonaviy menejmentda servislarga ta’sir etishda ”qamchi” bilan boshqarish tizimi samarali baholanmaydi. Chunki bu usul hozirgi kunda zamonaviy va iste’dodli kadrlarni tashkilotda uzoq muddat ushlab turish imkonini bermaydi. Tashkilotda kadrlar qo‘nimsizligini keltirib chiqarish va ish samaradoligini kamayishiga olib keladi;
To‘rtinchidan, servislarni boshqarish samaradorlik va adolatga erishish asosida tashkil etiladi. Agar ularning ikkisidan biri mavjud bo‘lmasa bu jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirib bo‘lmaydi. Servislarni boshqarish orqali tashkilotdagi har bir servisning lavozimi, ijtimoiy kelib chiqishi va jinsidan qat’iy nazar birlashtirish va tashkilotda mehnat unumdorligini oshirishga erishish mumkin. Bu esa har bir servisga nafaqat tashkilotning ishchisi sifatida balki inson sifatida ham o‘zining chin ko‘ngildan amalga oshirgan mehnati bilan o‘z ulushini qo‘shishiga imkon beradi. Bu adolatli ish tashkil qilish bilan samaradorlikka erishish mexanizmi sifatida tashkilotning barqarorligini ta’minlaydi.
Jahon amaliyotida servislarni boshqarish tizimini shakllantirishda asosan ikkita Amerika va Yaponiya yondashuvlari mavjud. Har ikkala yondashuv ham inson resurslarini faollashtirishga, doimiy texnologik takomillashtirishga, xizmatlar va tovarlarning ko‘p sonli turlariga strategik yo‘naltirish, ishlab chiqarishni boshqarishni quyi darajalariga bir qator muhim qarorlar qabul qilish uchun huquqlar, vakolatlar va majburiyatlarni topshirish yoki o‘tkazishga qaratilgan. Shuningdek ushbu yondashuvlar tashkilotni rivojlantirishning uzoq muddatli strategik rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga yo‘naltirilgan[25].
Shuningdek AQSh da servislarni boshqarish tizimini shakllantirishdagi Amerika yondashuvi individuallik tamoyiliga asoslanadi. Amerika korporatsiyalari servislarni tanlashda yorqin, xarizmatik, berilgan vazifalarni yechishda va g‘oyalarni ishlab chiqishda faol va kreativ, o‘ziga xos yondashuvga qodir, kutilgan natijalarga erisha oladigan shaxslarni afzal ko‘radilar.
Yaponiyada esa boshqaruv qarorlarini qabul qilish borasidagi amaliyoti ko‘plab xorijiy menejerlarni hayratlantiradi. Qaror qabul qilish jamoaviy tartibda amalga oshirilib, umumiy qaror konsensus orqali hal etiladi. Ular taklif qilingan qarorni tashkilot ichida umumiy kelishuv mavjud bo‘lmaguncha muhokama qilib, yakdil fikrga, tugal to‘xtamga kelinganidan so‘ng qabul qiladilar[26]. Yaponiyada “Ringi” (Ringi System), “NENKO” va “Umrbod bandlik” tizimlari keng tarqalgan. Yaponiyada keng tarqalgan ushbu tizimlar jamoaviylik va insoniy munosabat ustun ekanligi nomoyon etadi. Yaponiya boshqaruv tizimini dunyoga mashhur qilgan asosiy omillardan insonlar bilan ishlash malakasining yuqoriligidir.

1-jadvaldan kelib chiqib tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, AQSh da tashkilot manfaati va biznes muhiti muhim sanalsa, Yaponiya korporatsiyalarida servislarga ko‘proq e’tibor qaratish va ularni manfaatini hisobga olish orqali muvaffaqiyatga erishadilar.

Download 400.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling