Tashqi rezervlarga tarmoqlar bo’yicha rezervlar, regional (hududiy) va tabiiy-ekologik rezervlar kiradi. Rezervlar safarbar etilishi muddati bo’yicha joriy va istiqbolli rezervlarga ajraladi. Rezervlarni ishlab chiqarish jarayonlarining elementlari bo’yicha ham guruhlarga bo’lish mumkin. Bunday rezervlarga mehnat, moddiy va asosiy fondlardan foydalanish rezervlari kiradi. Korxona yoki tarmoq faoliyatini tahlil etish uchun rezervlarni ikkiga bo’lib ko’rish mumkin: - tashkiliy-texnikaviy rezervlar; - ijtimoiy-iqtisodiy rezervlar. Mana shu yuqorida keltirilgan barcha rezervlar, ya’ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni safarbar etish, ishga solish hamda shu asosda tannarxni keskin pasaytirish uchun bir qator omillardan keng foydalanish va ularni hisoblab chiqish kerak. U ishning metodikasi, usulini “Korxonalar faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish” fanidan o’qiladigan ma’ruzalarda, amaliy mashg’ulotlarda chuqqurroq va har tomonlama tushuntirib beriladi. Mahsulot tannarxini rejalashtirish mehnat, moddiy va moliyaviy mablag’’lardan oqilona foydalanish asosida ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishishga qaratilgandir E`TIBORING UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |