Ishlab chiqarish xarajatlarini boshqarish strategiyasi
Download 18.51 Kb.
|
1 2
Bog'liqISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINI BOSHQARISH STRATEGIYASI
ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINI BOSHQARISH STRATEGIYASI Hozirgi sharoitda korxonalarda iqtisodiy samaradolikka erishish, o’z-o’zidan korxonalarda ishlab chiqarishni texnik darajasini ko’tarish va ularni yangi texnika – texnologiyalar bilan ta’minlash, korxonada ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etishni yaxshilash, maxsulot tuzilishini uzgartirish va xajmini oshirish, tabiiy resurslardan foydalanishni yaxshilash va shu kabi masalalarni o’rganib chiqishni talab qiladi. Bu masalalar esa korxonalarda xarajatlarni to’g’ri boshqara olish evaziga oqilona amalga oshirilishi mumkin. Har qanday korxonaning ishlab chiqarish - xo`jalik faoliyati xomashyo, materiallar, yoqilg`i, ernergiya, ish haqi to`lash, xodimlar ijtimoiy va pensiya jamg`armasiga to`lovlar, amortizatsiya ajratmalari va boshqa xarajatlar bilan bog`liq. Muomila jarayonlari orqali bu xarajatlar korxona maxsulotini sotishdan olingan tushumdan doimiy to`ldirib boriladi va bu ishlab chiqarish jarayonlarini uzluksizligini ta`minlaydi. Ishlab chiqarish omillarini sotib olish uchun qilingan xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlari deyiladi. Xarajatlar – bu resurslarni natural va fizik ko`rinishlarda sarflanishidir. Xarajatlarning iqtisodiy mohiyatiga to’xtaladigan bo’lsak, Xarajatlar – bu mol yetkazib berilishi yoki tovarlar ishlab chiqarilishi, xizmatlar ko’rsatilishi yoki faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirish natijasida kelib chiqadigan aktivlarning kamayishi yoki majburiyatlarni o’z zimmasiga olish orqali ro’y beradigan iqtisodiy resursning kamayishidir. Xarajatlarni iqtisodiy tushunchasi resurslarni shakllanganligi ulardan muqobil foydalanish muammolariga asoslanadi. Bir shlab chiqarish jarayonida ishlatilayotgan resurslar boshqa maqsadlarda ishlatish imkoniyatini bermaydi. Masalan, qurilishda ishlatilayotgan yog`och mebel, gurgut va boshqa tovarlar ishlab chiqarishda foydalanilmaslgi kerak. Korxonalar nuqtayi nazaridan iqtisodiy xarajatlar tashqi va ichki xarajatlarga bo`linadi. Tashqi xarajatlar deb pul shaklidagi mehnat, yoqilg`i, xom-ashyo, yordamchi materiallar, transport va boshqa xizmatlarga aytiladi.Bunda resurs yetkazib beruvchilar korxona egalariv hisoblanmaydilar. Shu bilan birga korxona o`zining xususiy resurslaridan faoydalanishi mumkin. Bu holat ham xarajatlardan holi emas. Xususiy va mustaqil ishlatilayotgan resurslar ichki va xarajatlar deyiladi. Bunday xarajatlarga me`yoriy foyda, ya`ni bu ayni biznes sohasidagi kimnidir faoliyatini qo`llab – quvvatlash uchun zarur bo`ladi. Buxgalteriya nuqtayi nazaridan yondashganda ishlab chiqarish xarajatlariga barcha real, xaqiqiy pul shaklidagi amalga oshiriladigan xarjatlar kiradi. Bularga ishchilarning ish haqi; bino, dastgoh, stanoklarni ijara to`lovlari; transport xarajatlariga to`lovlar; bank xarajatlariga to`lovlar; sug`urta kompaniyalariga to`lovlar va boshqalar kiradi. Iqtisodiy nuqtai nazaridan yondashganda ishlab chiqarish xarajatlariga nafaqat pul shaklida amalga oshiriladigan xaqiqiy xarajatlar, balki o`z resurslaridan optimal foydalanish imkoniyatini qo`ldan chiqarish bilan bog`liq bo`lgan korxona tomondan to`lanmaydigan xarajatlar ham kiradi. Bu yondashuvga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlari tarkibida barcha oxirgi va me`yoriy foydani o`z ichiga olgan ichki va tashqi xarajatlarni xisobga olish zarur. Ishlab chiqarish xarajatlarining turli xil klassifikatsiyalari mavjud. Quyida eng asosiy klassifikatsiyalarni ko`rib chiqamiz. Alohida tadbirkorlik (korxona) nuqtai nazaridan : yakka (individual) xarajatlar – aniq xo`jalik subyekti xarajatlarini o`zida aks ettiradi; jamiyat xarajatlari – bu umumiy iqtisodiy nuqtayi nazaridan biror bir maxsulot hajmini ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlardir. Download 18.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling