Ishlab chiqarish xarajatlarini boshqarish strategiyasi
Korxonaning xarajatlari quyidagi turlarga bo’linadi
Download 18.51 Kb.
|
1 2
Bog'liqISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINI BOSHQARISH STRATEGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’g’ri xarajatlar
- Doimiy ishlab chiqarish xarajatlari
Korxonaning xarajatlari quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Maxsulot (ishlar, xizmatlar) ning ishlab chiqarish jarayonida tutgan iqtisodiy o’rniga qarab – asosiy va ikkilamchi xarajatlarga 2. Maxsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxiga kiritilishiga qarab – to’g’ri va egri xarajatlariga 3. Maxsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish xajmiga nisbatan – o’zgaruvchan va doimiy xarajatlarga ajraladi. Asosiy xarajatlar quyidagi xarajat turlaridan tashkil topadi: maxsulot (ishlar, xizmatlar)ning asosiy ishlab chiqarish materiallari maxsulot (ishlar, xizmatlar)ning asosiy ishlab chiqarish mexnat xarajatlari Bu xarajat turlari to’g’ri xarajatlar tarkibiga kiradi. To’g’ri xarajatlar – to’g’ri moddiy xarajatlar va to’g’ri mexnat xarajatlariga ajraladi. Ikkilamchi xarajatlar – bu maxsulot (ishlar, xizmatlar)ning yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari xisoblanadi va bu xarajatlarga – yordamchi materiallar, extiyot qismlar va yordamchi ishchilar, menejerlar, usta(master)lar ish xaqi, tatil va qo’shimcha ish vaqti uchun to’langan ish xaqi kiradi. Bu xarajatlar egri xarajatlar tarkibiga kiradi. O’zgaruvchan xarajatlar – bu ishlab chiqarish va sotish hajmi xajmining ortishi bilan ortib boradigan shuningdek, bir necha turdagi maxsulotlarni ishlab chiqarish va sotishda ularni tarkibi bilan bevosita bog`liq bo`lgan xarajatlar tushuniladi. Bu xarajatlar – umumiy o’zgaruvchan ishlab chiqarish xarajatlari va qisqa muddatli o’zgaruvchan ishlab chiqarish xarajatlariga ajraladi. Bularga xom ashyo va materiallar, yoqilg`I, energiya, transport xizmatlari, mehnat resurslariga sarflangan xarjatlar kiradi. Umumiy o’zgaruvchan ishlab chiqarish xarajatlari bu ishlab chiqariladigan maxsulot xajmi o’zgarishi bilan bu xarajat ham ma’lum darajada o’zgaradi. Qisqa muddatli o’zgaruvchan ishlab chiqarish xarajatlari bu maxsulot xajmiga proportsional ravishda o’zgaradigan xarajatlar xisoblanadi. Maxsulot xajmi ikki barobar oshsa bu xarajat ham ikki barobarga ko’payadi. O’zgaruvchan ishlab chiqarish xarajatlariga misol qilib – asosiy ishlab chiqarish materiallari xarajatlarini, ishbay ish xaqini, ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan uskuna xarajatlarini va talab qilinadigan energiya xarajatlarini olishimiz mumkin. Maxsulotni yaratishda ishtirokiga ko`ra: asosiy xarajatlar – maxsulotni ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog`liq bo`lgan xarajatlar, xususan, xom- ashyo, asosiy materiallar va butlovchi qismlar, yoqilg`i va energiya, ishlab chiqarishdagi ishchilarnng ish haqi harajatlari va boshqalar. ustama xarajatlar, ya`ni ishlab chiqarishni bosharish va xizmat ko`rsatish xarajatlari ( sex, umumzavod, ishlab chiqarishlardan tashqari, nuqsonli maxsulot tufayli kelib chiqqan yo`qotishlar). Doimiy ishlab chiqarish xarajatlari – ishlab chiqarish hajmini o`zgarishi bilan miqdori o`zgarmaydigan, ya`ni ishlab chiqarish hajmiga bog`liq bo`lmagan xarajatlar kiradi. Ular hattoki korxona maxsulot ishlab chiqarmagan taqdirda ham to`lanadi, bular amortizatsiya ajratmalari, bino va dastgohlar ijara xarajatlari, sug`urta badallari, boshqaruv xodimlari ish haqi va boshqalar Download 18.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling