2-mavzu: Umumzavod va sex ichidagi transport jixozlarini montaj qilish. Reja


Download 71.52 Kb.
bet1/4
Sana25.02.2023
Hajmi71.52 Kb.
#1230168
  1   2   3   4
Bog'liq
2-ma'ruza. Montaj loticha


2-mavzu: Umumzavod va sex ichidagi transport
jixozlarini montaj qilish.


REJA:
1. Nasos va nasos agregatlarini montaj qilish. Kompressorlarni montaj qilish.
Ventillyatorlarni montaj qilish
2. Aspiratsion tizimlar montaji. Elektrodvigatellarni montaj qilish.
3. Reduktor va tezlik variatorlarini montaj qilish. Nazorat - o’lchov asboblarini
montaj qilish.


1. Nasos va nasos agregatlarini montaj qilish. Kompressorlarni montaj qilish. Ventillyatorlarni montaj qilish.
Montaj so‘zi fransuzcha montage so‘zidan olingan bo‘lib ko‘tarish, o‘rnatish, yig’ish ma’nosini anglatadi. Montaj deganda konstruksiyalar, texnologik jihozlar, agregatlar, mashina, asboblar va ularning uzellarini tayyor detallardan yig’ish va o‘rnatishni tushunish kerak.
Texnologik jihozlarni montaj qilish ishlari quyidagi ketma-ketlikda amalda oshiriladi:
1) Jihozni montajga qabul qilish (dalolatnoma bo‘yicha);
2) Fundamentni (poydevorni) montajga qabul qilish;
3) Jihozni reviziyalash va yig’ish (kerak bo‘lganda);
4) Jihozni loyiha holatiga o‘rnatish;
5) Jihoz holatini rostlash;
6) Jihozni poydevorga qotirish, mahkamlash (kerak bo‘lganda);
7) Jihozni bo‘yash (kerak bo‘lganda);
8) Jihozni nazorat, avtomatika vositalari, shuningdek xom-ashyo, suv, bug’, siqilgan havo, ishlab chiqarish chiqindilari va mahsulotni chiqaruvchi vositalar bilan ta’minlash;
9) Jihozni elektr manbaiga ulash;
10) Sozlash va ishlatish;
11) YAkka sinovdan o‘tkazish;
12) Montaj qilingan jihozni ishlatishga qabul qilib olish (dalolatnoma bo‘yicha).
Jihozlarni tayanchlarga o‘rnatish. Uskunani tayanchlarga o‘rnatish quyidagi ketma-ketlikdan iborat: montaj belgilariga ko‘tarish (fundament yoki asosga o‘rnatish), gorizontallik, vertikallik va o‘qlarga nisbatan dastlabki tekshirish; tayanchlarga qotirish (kerak bo‘lganda) va oxirgi, yakunlovchi tekshiruv.
Jihozlarni fundamentga quyidagi usullar balan o‘rnatiladi:
-Qiya tekislik bo‘yicha lebedka yoki tal yordamida tortib fundamentga chiqarish.
-domkratlar bilan ko‘tarish va gorizontal tekislik bo‘yicha fundamentga ko‘chirish;
-avtokran yoki pogruzchiklar bilan.
Uskunani fundamentga o‘rnatishdan so‘ng uning vertikal va gorizontal holati tekshiriladi (obtarozilar va shoqullar bilan).
Uskunani fundamentda yoki polda sozlash uchun fundament yoki anker boltlar ishlatiladi.
Tayyor o‘rnatilgan jihoz barcha montaj ishlari bitirilgandan so‘ng, ishchi komissiya nazorati ostida alohida sinovdan o‘tkazib, akt bo‘yicha qabul qilinadi.
Jihozlarni uzoq masofalarga temir yo‘l transportida tashiydilar. Tashiladigan jihozlar gabaritlari ma’lum talablarga javob beradigan bo‘lishi lozim, aks holda ularni tashishda temir yo‘l transportining maxsus roziligi lozim bo‘ladi. Jihozning maksimal balandligi relsdan boshlab hisoblanganda 5300 mm., kengligi 4450 mm.dan oshmasligi lozim. Bunda jihozning og’irlik markazining platforma bo‘ylama o‘qiga nistbatan maksimal siljishi 0,1 mm.dan oshmasligi lozim.
Montaj kranlarini tashishda bir nechta temir yo‘l platformasidan foydalaniladi. Jihozlarni 100-300 km. masofaga tashishda trayler ishlatiladi. Bunda jihozni pritsep ustida siljimaydigan qilib qotirishga e’tibor berish lozim.

Download 71.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling