2-mavzu: Umumzavod va sex ichidagi transport jixozlarini montaj qilish. Reja
Nasos va nasos agregatlarini montaj qilish
Download 71.52 Kb.
|
2-ma'ruza. Montaj loticha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompressorlarni montaj qilish.
1. Nasos va nasos agregatlarini montaj qilish. Nasoslar suyuqliklarni bir joydan ikkinchi joyga haydash uchun mo‘ljallangan gidravlik qurilmadir. Ishlash prinsipiga qarab nasoslar 3 ga bo‘linadi: markazdan qochma, shesternyali va porshenli.
Markazdan qochma nasoslarda suyuqlik markazdan qochma kuch ta’sirida haydaladi. SHesternyali nasoslarda suyuqlik shesternya ichlaridan siqib chiqarish hisobiga haydaladi. Porshenli nasoslarda suyuqlik ilgarilanma-qaytma harakatlanayotgan porshen yordamida haydaladi. Nasoslar etarli darajada qattiq asosga o‘rnatiladi, chunki ishlayotgan paytida vibratsiya hosil bo‘lmasligi kerak Nasos montaji quyidagi operatsiyalarni o‘z ichiga oladi: 1) nasosni fundament yoki maydonchaga qo‘yish; 2) nasosning gorizontallik holatini tekshirish; 3) nasosning fundament plitasiga sementli qorishma quyish; 4) nasosni reviziyalash; 5) nasosni sinab ko‘rish va ishga tushirish. Nasosning holati obtarozini haydovchi trubkachaning flansi yuzasiga 2 ta o‘zaro perpendikulyar yo’nalishda qo‘yish yo‘li bilan tekshiriladi. Nasosning gorizontalligini ankerli boltlar yoniga yassi metall plastinachalar qo‘yish yo‘li bilan to‘grilash mumkin. Nasosning gorizontallik holatidan ogishi 1 m. masofada 0,1 mm.dan oshmasligi kerak. Gorizontallik tekshirilgandan keyin plita va bolt quduqchalariga betonli korishma quyiladi. Nasosni reviziyalashda quyidagi ishlar amalga oshiriladi: nasos ichi yuviladi va artiladi, salnik uriladi va oraliqlar tekshiriladi. Nasosni ishlatishdan oldin mufta orqali qo‘l bilan ishchi gildiragi aylantiriladi. U bo‘sh va engil aylanishi kerak. Nasosni ishga tushirganda rotorning aylanishi tekshiriladi. U yuritmadan turib qaraganda soat strelkasiga qarama-qarshi yo’nalishda aylanishi kerak. Kompressorlarni montaj qilish. Havo kompressorlari aerozol transporti uchun kerak bo‘lgan siqilgan havo olish uchun ishlatiladi. Kompressorli qurilma rama-resiverga o‘rnatilgan kompressordan va elektrodvigateldan iborat. Kompressorli qurilmaning montajini rama-resiverni o‘rnatishdan boshlaydilar. Keyin uning ustiga kompressor va elektrodvigatel o‘rnatiladi. Kompressor maxovigi va elektrodvigatel yarim muftasining o‘qdoshligini tekshiruvchi chizgich yordamida bir xil joylashgan 4 nuqtadagi oraliqqa qarab tekshiradilar (2.1 - rasm). Download 71.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling