2-mavzu: Umumzavod va sex ichidagi transport jixozlarini montaj qilish. Reja
Aspiratsion tizimlar montaji. Elektrodvigatellarni montaj qilish
Download 71.52 Kb.
|
2-ma'ruza. Montaj loticha
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Reduktor va tezlik variatorlarini montaj qilish. Nazorat - o’lchov asboblarini montaj qilish.
- Tayanch so‘zlar va iboralar
2. Aspiratsion tizimlar montaji. Elektrodvigatellarni montaj qilish.
Bajaradigan ishiga qarab elektrodvigatel beton poydevorda, jihoz staninasining o‘zida yoki kronshteynda montaj qilinadi. Barcha elektrodvigatellar mashinada o‘rnatilgan holda zavod-tayyorlovchidan keladi. Siljitish qulayligi uchun dvigatel statorining yuqori qismida maxsus yuk vinti o‘rnatilgan bo’ladi. Bu vint orqasida yuk tashuvchi mexanizmlarning ilgaki o‘rnatiladi. Gorizontal bajarilgan elektrodvigatel salazkada montaj qilishda uning gorizontalligi obtarozi bilan tekshiriladi. Obtarozi slazkada ikkita o‘zaro perpendikulyar holatda qo‘yiladi. Salazkalar qat’iyan bir xil gorizontal tekislikda joylashgan bo‘lishi kerak, bu uchun ularning holati po‘lat podkladkalar bilan rostlanadi. Agar elektrodvigatel va jihoz o‘zaro tasmali uzatma bilan bog’langan bo‘lsa, ular vallari o‘qlarining paralelligi va gorizontalligi tekshiriladi, hamda etakchi va etaklanuvchi shkivlarning bir tekislikda joylashishi tekshiriladi. Buning uchun chizgichni har ikkala shkivning yon tekisligiga qo‘yiladi. Agar elektrodvigatel mashina bilan MUVP mufta orqali biriktirilgan bo‘lsa, val o‘qlarining o‘zaro o‘qdoshligi yarim muftalar bo‘yicha tekshiriladi. 3. Reduktor va tezlik variatorlarini montaj qilish. Nazorat - o’lchov asboblarini montaj qilish. Reduktor va tezlik variatorlarini montaj qilish Reduktor va tezlik variatorlari mashina va mexanizmlar uzatmasi aylanish chastotasini o‘zgartirish vazifasini bajaradi. Silindrsimon gorizontal va chervyakli reduktorlar keng tarqalgan. Silindrsimon reduktorlar bir, ikki va uch bosqichli bo‘lishi mumkin. Silindrsimon reduktor cho‘yan korpus va tizim uzatmadan iborat. SHesternya va gildirak egri tizim, val tebranish podshipniklarida o‘rnatilgan. Tezliklar variatori ikkita parallel valdan iborat bo‘lib, ularda kolodkali tasmalar qamrab oladigan konusli disklari mavjud. Richag yordamida tasma surilib, uzatishlar soni o‘zgartiriladi. Loyiha holatiga keltirilgan reduktor yoki variator dastlab elektrodvigatel bilan birlashtiriladi. Ustaxonada metall asos tayyorlanadi. Reduktor asosga o‘rnatilishidan oldin reviziya qilinib, uning korpusi kerosin bilan yuviladi, artiladi, moy quyiladi. Reduktor va elektrodvigatelni o‘rnatishda ular vallarining o‘Q doshligi tekshiriladi. 9 - jadval
Reduktor va elektrodvigatelning gorizontalligini ta’minlash maqsadida ular korpusining ostiga metall tiqinlar qo‘yiladi. YArim muftalar bo‘yicha markazlashtirilganda ruxsat etilgan egrilik va parallel siljishlar 9 - jadvalda keltirilgan. YAkuniy tekshirgach, boltlar tortiladi va sinovdan o‘tkaziladi. Yigilgan va sinalgan agregat montaj maydonchasiga keltirilib, takelaj vositalari yordamida poydevorga o‘rnatiladi. Tayanch so‘zlar va iboralar: elektrodvigatel,nasos,ventilyotor,compressor, agregat, montaj maydonchasi,tekalaj vositasi, poydevor,metal tiqin,mufti,reduktor,variator, yakuniy tekshirish, cho’yan korpus,obtarozi. Nazorat savollari 1. Nasos va nasos agregatlarini montaj qilishda nimalarga e’tibor qilish kerak? 2. Elektrodvigatellarni montaj qilishni tushuntirib bering? 3. Nazorat - o’lchov asboblarini qanday montaj qilinadi? Download 71.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling