2-mavzu: Umumzavod va sex ichidagi transport jixozlarini montaj qilish. Reja
Download 71.52 Kb.
|
2-ma'ruza. Montaj loticha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ventilyatorlarni montaj qilish.
2.1-rasm. Elektrodvigatel va mashina bevosita mufta bilan ulanganda o‘rnatish sifatini moslamalar yordamida tekshirish. a - xomutli moslama bilan, b - yarim xalqali moslama bilan. 1 - mashina yarim muftasi, 2 - markazlashtirilish moslamasi, 3 - kvadrat kallak, 4 mikrometrik rezbali bolt, 5- kronshteyn, 6 - elektrodvigatel yarim muftasi, 7 -xomut, 8 - yo’naltiruvchi shtanga, 9 - polzun, 10,11 - vint, 12 - stoyka, 13 - yarim xalqa.
Ruxsat etilgan parallellikdan siljish a=0,2 mm; Vallar qiyshiq ligi v=0,1 mm. Kompressorni ishlatishdan oldin uning asosiy qismlari reviziya qilinadi. Reviziya paytida tarsakli val, shatun, porshen, so‘ruvchi va haydovchi trubkalar yuviladi va salnik bilan birga tekshiriladi. Porshen va silindr orasidagi zazor qiymati ular o‘lchamining 10 % dan oshmasligi kerak. Kompressor karterini kerosin bilan yuvib, qish paytida K-12, yoz paytida K-13 markali toza kompressor moyi solinadi. Kompressor dastlab 1-1,5 soat mobaynida salt holda ishlatiladi va keyin asta-sekin bosim oshiriladi va yana 1 soat ishlatiladi. Kompressor ishlaganida qo‘shimcha begona shovqin bo‘lmasligi kerak, podshipniklar isib ketmasligi kerak. Moylash sistemasida bosim 0,1- 0,15 MPa bo‘lishi kerak. Ventilyatorlarni montaj qilish. Ventilyatorlar havo sovutgichlarda va kondinsionerlarda sovutilgan havoni sexga haydash uchun, quritish uskunalarida quruq havoni haydash va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Kimyo sanoati korxonalarida markazdan qochma va o‘q-ventilyatorlar ishlatiladi. Markazdan qochma ventilyatorlar kichik bosimli (1000 MPa gacha), o‘rta bosimli (1000-3000 MPa) va yuqori bosimli (3000-12000 MPa) bo‘ladi. O‘q ventilyatorlar 40-340 MPa bosimga mo‘ljallangan. Ularning tuzilishi quyidagicha: To‘rt parrakli ventilyator gildiragi to‘ppadan-to‘gri elektrodvigatel valiga o‘rnatilgan. Elektrodvigatel’ esa silindrik gilof ichida o‘rnatilgan. Gilof uchburchakli po‘lat asosga qotirib qo‘yilgan. Ventilyatorlar montaji quyidagi tartibda olib boriladi: 1. Ventilyatorning o‘q chiziqlari belgilanadi; 2. Ishchi gildirakning balansirovkasi tekshiriladi; 3. G’ilofning to‘g’ri joylashganligi tekshiriladi; 4. Ventilyator joyiga qo‘yiladi; 5. Korpus qotiriladi va ventilyator sinaladi. Ventilyator ishchi gildiragining balansirovkasi uni qo‘l bilan aylantirish yo‘li bilan tekshiriladi. Aylantirilganda gildirak istalgan holatda to‘xtashi kerak. Ventilyatorni yigilgan holida oldindan belgilangan chiziqlar bo‘ylab joyiga qo‘yiladi. Ventilyator vali gorizontal holatda turishi kerak. Buning uchun kerak bo‘lganda stanina tagiga po‘lat qistirma (prokladka) qo‘yish mumkin. Tekshirishdan keyin ventilyator fundamentga yoki maydonchaga (kerak bo‘lganda vibrohimoya orqali) qotiriladi. Ventilyatorni ishlatishdan oldin ishchi gildirak va gilof orasida begona predmetlarning bo‘lmasligi, gildirakning bo‘sh aylanishi tekshiriladi. Fildirak gilofga tegmasligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng, ventilyatorni ishga tushirish mumkin. Elektrodvigatel ko‘pincha ventilyator bilan birga o‘rnatiladi, keyin havo trubalari ulanadi. Montaj qilingan ventilyator quyidagi talablarga javob berishi kerak: 1) ventilyator bir maromda, turtkisiz va qattiq shovqinsiz ishlashi kerak; 2) havo so‘radigan teshigiga temir setka o‘rnatish kerak; 3) g’ilofning ichki yuzasi tekis, qovariqsiz bo‘lishi kerak. Markazdan qochma ventilyatorlarni yig’ishda ruxsat etilgan chetlanishlar 1 - jadval
Download 71.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling