Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi
-rasm. 2021-yilda asosiy sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi
Download 0,59 Mb.
|
XALQARO MEHNAT TAQSIMOTIDA MAMLAKATLARNING ISHTIROKI DARAJASI VA XARAKTERI KO`RSATKICHLARINI BAHOLASH
7-rasm. 2021-yilda asosiy sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi.
7-rasmda 2021-yilda asosiy sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning yalpi ichki mahsulotdagi (YaIM) ulushini, xarid qobiliyatini hisobga olgan holda ko‘rsatadi. O‘sha yili Xitoyning jahon yalpi ichki mahsulotidagi (YaIM) ulushi taxminan 18,56 foizni tashkil etdi. Natijada qit'alar bo‘ylab mehnat taqsimoti Shimoliy-Janub ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tafovutiga to‘g‘ri keladi, bu erda Shimolda - dunyo aholisining to‘rtdan bir qismi - dunyo daromadining beshdan to‘rt qismini, janubda esa - uchtasini nazorat qiladi, dunyo aholisining to‘rtdan bir qismi - dunyo daromadining beshdan bir qismiga ega.Jahon xо‘jaligini XX asr ikkinchi yarmidagi faoliyatining о‘ziga xos tomonlaridan biri xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv ravishda rivojlanishidir. Davlatlar, davlatlar guruhlari, iqtisodiy guruhlar, alohida firma va tashkilotlar о‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar kengaymoqda va chuqurlashmoqda. Bu jarayonlar xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashishida, xо‘jalik hayotining baynalmilallashuvida, ularning bir-biriga bog‘liqligida va yaqinlashuvida, mintaqaviy xalqaro tizimlarning rivojlanishi va mustahkamlanishida namoyon bо‘lmoqda.Shunisi xarakterliki ushbu barcha о‘zaro hamkorlik, yaqinlashish jarayonlari qarama-qarshi, dialektik xarakterga ega. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning dialektikasi shundaki, ayrim mamlakatlarning iqtisodiy mustaqillikka, milliy xо‘jaliklarni mustahkamlashga intilishi oqibat natijada jahon xо‘jaligining yanada kо‘proq baynalminalashuviga, milliy iqtisodiyotlarning ochiqligiga, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuviga olib keladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar nazariyasi nimani о‘rganadi, uning predmeti nima? Xalqaro iqtisodiy munosabatlar predmeti ikki asosiy qismdan iborat xalqaro iqtisodiy munosabatlarning о‘zi va uni amalga oshirish mexanizmi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar о‘z ichiga alohida mamlakatlar, ularning mintaqaviy birlashmalari, shuningdek, alohida korxonalarning (transmilliy, kо‘pmillatli korporatsiyalar) jahon xо‘jaligi tizimidagi bir-biriga qarama-qarshi bо‘lgan iqtisodiy munosabatlarining majmuini oladi. Xorijiy davlatlar iqtisodiyotini emas balki, ular о‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning о‘ziga xos tomonlari tadqiq qilinadi. Har qanday fan singari xalqaro iqtisodiy munosabatlar ham, har qanday iqtisodiy munosabatlarni emas, balki eng kо‘p qaytariladigan, tipik,xarakterli,aniqlovchi,munosabatlarni-о‘rganadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mexanizmi о‘z ichiga huquqiy normalarni va ularni amalga oshirish vositalarini (xalqaro iqtisodiy shartnomalar, kelishuvlar, «kodekslar», xartiyalar va h.k.), xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish maqsadlarini amalga oshirishga yо‘naltirilgan xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning faoliyatini oladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimiga quyidagilar kiradi: 1.Xalqaro mehnat taqsimoti. 2.Xalqaro tovar va xizmatlar savdosi. 3.Xalqaro kapital va xorijiy investitsiyalar harakati. 4.Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi 5.Xalqaro valyuta-moliya va kredit munosabatlari. Ochiq iqtisodiyot ichki bozorning chet el kapitali, tovarlari, texnologiyalari, axborotlari, ishchi kuchining oqimi uchun aqlga tо‘g‘ri keladigan darajada ochiqligini,nazarda-tutadi.Ochiq,iqtisodiyotning afzalliklari quyidagilardir: - ishlab chiqarish ixtisoslashuvi va koperatsiyalashuvining chuqurlashishi; - resurslarni mulohazakorlik bilan samaradorlik darajasiga qarab taqsimlash; - xalqaro iqtisodiy aloqalar tizimi orqali jahon tajribasining tarqalishi; - jahon bozoridagi raqobat tomonidan rag‘batlantiriladigan milliy ishlab chiqaruvchilar,orasida,raqobatning,kuchayishi. Shakllanib bо‘lgan ochiq iqtisodiyot va ochiq iqtisodiyotga о‘tish bir xil narsa emas. Ochiq iqtisodiyot davlatning tashqi iqtisodiy aloqalarida nazoratsizlik va hamma narsa mumkin, chegaralar ochiq degani emas. Ochiq iqtisodiyot uning aqlga sig‘adigan darajada amalga oshirish mexanizmini shakllantirishda davlatning sezilarli aralashuvini talab qiladi. Hech bir mamlakatda iqtisodiyotning absolyut ochiqligi,yо‘q.Stixiyali ochiqlik nafaqat iqtisodiy rivojlanish yordam bermaydi, balki iqtisodiy xavfsizlikka xavf tug‘diradi. Samaradorlik, raqobatbardoshlik, milliy xavfsizlik tamoyillari asosida kо‘rilgan ochiqlik eksport beradi. Shunday qilib, eksportning YAIMga munosabati eksport kvotasi sifatida aniqlanadi: Agar Ek k 10% bо‘lsa, iqtisodiyotning ochiqligi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Iqtisodiyot ochiqligining boshqa kо‘rsatkichi import bilan YAIM munosabatidan kelib chiquvchi import kvotasi strukturasi va kapital harakati, shuningdek ular tashqi dunyo bilan о‘zaro ta’sirining faqat shakliga emas, balki valyuta, soliq, kredit va investitsiya siyosatini hisobga olmasdan turib tushunib bо‘lmaydi. Ochiqlik miqdorining 1-darajali indikatoriga eksport va importning ichki yalpi mahsulotdagi ulushini kiritish mumkin. Ularning kombinatsiyasi alohida milliy iqtisodiyotlarning jahon bozori bilan aloqalarining miqyosi haqida tushuncha kо‘rsatkichidir: Ochiqlikning kompleks kо‘rsatkichlaridan biri deb odatda tashqi savdo kvotasi kо‘rsatiladi: Bu kо‘rsatkichning kamchiligi unda kapital eksporti kattaligining hisobga olinmaganligidir. Quyida «katta yettilik» davlatlari uchun tashqi savdo kvotasi kо‘rsatkichlari keltirilgan: Angliya-41,8% Germaniya-50,8% AQSH-17,0% Yaponiya-17,8% Mamlakat ichki bozorining hajmi, uning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, shuningdek mamlakatning xalqaro ishlab chiqarishda qatnashuvining roli iqtisodiyot ochiqligi darajasi va xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi darajasiga ta’sir qiluvchi omillardir. Download 0,59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling